Mavzu: psixodiagnostika metodlari


Formallashgan metodikalar


Download 64.36 Kb.
bet3/6
Sana18.06.2023
Hajmi64.36 Kb.
#1589424
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
psixodiagnostika metodlari

Formallashgan metodikalar.

  • Kam formallashgan metodikalar.

    Formallashgan metodikalar – aniq shakldagi qoidalarga qat`iy amal qilishni talab qiluvchi metodikalar.
    Kam formallashgan metodikalar – bu qo`llashning qat`iy, aniq qoidalariga ega bo`lmagan metodikalar bo`lib, ko`proq psixodiagnostning psixik intuitsiyasi va kasbiy tajribasiga bog`liq metodkalar.
    Birinchi guruh metodikalariga quidagilarni kiritish mumkin:

    Ushbu metodikalar uchun xarakterli jihatlar:

    • Aniq reglamentatciya.

    • Tadqiqot yoki tekshiruv jarayonining ob`ektivizatciyasi ( ko`rsatmaga to`g`ri amal qilish, stimul materialini namoyish qilishning qat`iy usullari, sinaluvchi faoliyatiga tadqiqotchining aralashmasligi).

    • Standartlashtirish (ya`ni, diagnostik eksperiment natijalarini qayta ishlash va taqdim etishning qabul qilingan tartibini joriy etilishi).

    • Ishonchlilik.

    • Validlik.

    Ushbu merodikalar nisbatan qisqa vaqt ichida diagnostic axborotni qo`lga kiritish hamda individlarni o`zaro miqdor va va sifat jihatdan taqqoslash imkoniga ega.
    Kam formallashgan metodikalarga quidagilarni kiritish mumkin:

    • Kuzatish.

    • Suhbat.

    • Faoliyat mahsulini tahlil qilish.

    Kuzatish metodi mustaqil ilmiy tadqiqot metodi bo’lishi bilan bir qatorda boshqa metodlar bilan hamohang qo’llanilishi mumkin. Kam formallashgan metodikalar guruhga kiruvchi metodikalar sinaluvchi haqida qimmatli ma`lumotlarni qo`lga kiritish imkonini beradi.
    Ayniqsa buni tadqiqot predmeti ob`ektivlashtirish mumkin bo`lmagan psixik jarayonlar va holatlar bo`lganida yaqqol sezish mumkin. Masalan, yaxshi anglanilmaydigan sub`ektiv kechinmalar yoki mazmun jihatdan juda o`zgaruvchan psixik jarayon va holatlar – maqsad, kayfiyat, holatlar dinamikasi.
    Shuni inobatga olish vat a`kidlash zarurki, kam formallashgan metodikalarn o`tkazish katta mehnatni talab etadi (masalan, sinaluvchini kuzatish ba`zida oylab davom etishi mumkin) va ko`p jihatdan psixodiagnostning psixologik tayyorgarligi va professional tajribasiga asoslanadi. Psixologik suhbat, kuzatuvlarning yuksak madaniy darajada o`tkazilishi tekshiruv natijalariga tasodifiy omillar ta`siridan saqlashi mumkin. Kam formallashgan diagnostik metodikalarni formallashgan metodikalarga qarshi qo`yish mumkin emas. Odatda ular o`zaro bir-birini to`ldiradi. To`laqonli diagnostic tadqiqotda ikkala turdagi metodikalarni uyg`un holda qo`llash darkor. Masalan, test yordamida ma`lumot to`plashdan avval sinaluvchi bilan tanishish (tarjimai holi, moyilliklari, faoliyat motivatsiyasi haqidagi axborot) bosqichi o`tkaziladi. Bunda interv`yu, suhbat, kuzatishdan foydalaniladi.
    Test – standrtlashtirilgan, faollikni talab etuvchi, vaqt jihatdan chegaralangan holda bajariladigan topshiriqlar bo`lib, uning natijasi miqdor va sifat jihatdan baholanib, shaxs individual-psixologik xususiyatlarini aniqlash imkonini beruvchi metod.

    Download 64.36 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling