Mavzu: psixodiagnostika metodlari


G.Shakliga ko`ra: 1.Individual. 2.Guruhiy. D


Download 64.36 Kb.
bet5/6
Sana18.06.2023
Hajmi64.36 Kb.
#1589424
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
psixodiagnostika metodlari

G.Shakliga ko`ra: 1.Individual. 2.Guruhiy.

  • D.Metodikalarning sifatiga ko`ra:

    1.To`g`ri(anketalar).
    2.Qiyosiy(so`rovnomalar va maxsus testlar).
    3.Proyektiv metodikalar.
    Nemov R.S. ta`kidlashicha, psixodiagnostikada keng qo`llaniladigan metodlardan biri – so`rovnomalardir. So`rovnomalarda sinaluvchiga ochiq va yopiq, bevosita va bavosita savollar taqdim etiladi. Masalan, shaxs sifatlaridan biri bo`lgan xavotirlanishni diagnostika qilish uchun quidagi savollar bilan murojaat qilish mumkin:
    Bundan tashqari interv`yu, yani savollarga og`zaki javob olish metodlari ham mavju bo`lib, bunda tadqiqotchi savol beradi va sinaluvchi bergan javoblarni o`zi yozib oladi. Bunda beriladigan savollar so`rov, ya`ni yozma savolnomadagidek oldindan aniqlab olinadi. Psixodiagnostika metodlaridan biri – kontent tahlildir. Bunda faoliyat natijalarini tahlil qilish orqali shaxs xususiyatlari baholanadi. Oldindan tayyorlab qo`yilgan sxema asosida sinaluvchining yozma matnlari, asarlar, xatlar, faoliyat natijalari mazmuni jihatidan tahlil qilinadi. Kontetn-tahlilning vazifasi – insonning yozma ijodiyot mahsullarida namoyon bo`ladigan shaxsning psixologik tavsiflarini aniqlash va baholash hisoblanadi.
    Psixodiagnostika metodi sifatida eksperimentni qollanilishining o`ziga xos xususiyati shundaki, bunda sinaluvchining u yoki bu xislatini baholash uchun maxsus psixodiagnostik eksperiment tashkil etiladi. Shu xislat namoyon bo`lishi mumkin bo`lgan sun`iy vaziyat yaratiladi. Psixodiagnostik eksperimentni tashkil qilish va o`tkazish natijasida tadqiqotchi o`zini qiziqtirayotgan xususiyatni yoki holatni eksperimental vaziyatda sinaluvchi xulq-atvorini kuzatish orqali oladi. Masalan, xavotirlanish kabi shaxs xislatini baholash qiziqtirayotgan bo`lsa, tadqiqotchi uni hayotiy, real, aniq baholash maqsadida diagnostic eksperimentni quidagicha tashkil etish mumkin: Sinaluvchini imtihon vaziyati holatiga tushiriladi yoki qisqa vaqt ichida murakkab vazifani bajarish va uning natijalarini jiddiy baholash sharoitiga qo`yiladi. Sinaluvchi ishni bajarayotganda kuzatiladi va yuqori xavotirlanishning turli belgilari qayd qilinadi. Agar bunday belgilar haddan tashqari ko`p bo`lsa, o`rganilayotgan xislat bu sinaluvchida kuchli rivojlanganligi haqida xulosa qilish mumkin. Bunday belgilar kuzatilmasa, sinaluvchida ushbu xislat mavjud emasligidan darak beradi. Agar bunday belgilar kuchsiz namoyon bo`lsa, xavotirlanish holati o`rtacha darajada ekanligi to`g`risida xulosa qilish mumkin. Amaliyotda qo`llaniladigan ko`pchilik psixodiagnostik metodikalar blankali metodikalar hisoblanadi, ya`ni sinaluvchiga bir necha seriyada fikrmulohazalar va savollar taklif qilinib, ularga og`zaki yoki yozma ravishda javob berish so`raladi. Olingan natijalarga qarab,psixologik xususiyatlar haqida fikr yuritiladi. Bunday metodikalarni keng foydalanilishining sababi ularni qollash va natijalarni qayta ishlash unchalik qiyinchilik tug`dirmaydi.
    Diagnostikada ko`p qo`llaniladigan metodikalardan yana biri so`rov metodikalaridir. Ushbu metodikalarning ijobiy tomoni ular maxsus blankalar tayyorlashni talab qilmaydi hamda sinaluvchiga nisbatan o`ziga xos munosabatda bo`lish imkoni mavjud. Salbiy jihati – savollarni tanlash va javoblarni interpretatsiya qilishdagi sub`ektivlik; ularni standartlashtirish mushkul, yuqori ishinchlilikka erishish va olingan natijalarni taqqoslash myrakkab. Qollanilish chastotasiga ko`ra keyingi o`rinda rasmli psixodiagnostik metodikalar turadi. Ularda tekshiriluvchilarning psixologiyasi va xulq-atvorini o`rganish uchun chizgan rasmlaridan doydalaniladi (mavzusi berilgan va spontan xarakterdagi rasmlar). Ba`zida tekshiriluvchilar standart, tayyor tasvirlarni tavsiflab berishlari ham mumkin. Bunday tasvirlarda ko`rgazmali shaklda turli xil vazifalar, topshiriqlar berilib, tekshiriluvchidan ularni bajarishi talab qilinadi ( masalan, Raven progressive matricalari). Proektiv metodikalar turli shakllarda blankali, so`rovnoma va rasmli shakllarda bo`lishi mumkin. Ularning qo`llanilish chastotasi baland, chunki ularning validligi yuqori va informativligi kuchli. Yuqorida keltirilgan tasniflar asosida ta`kidlash mumkinki, psixodiagnostika bilan shug`ullanuvchi olimlar ushbu masalaga turlicha yondoshadilar. Lekin ular uchun xarakterli jihat shundaki, tasniflar shakli turlicha bo`lsada, ularning mazmun-mohiyati o`rtasida tafovutlar kuzatilmaydi.

    Download 64.36 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling