Mavzu: psixologiya fani predmeti maqsadi va vazifalari reja: Psixologiya fanining predmeti va vazifalari


Download 108.49 Kb.
bet25/31
Sana12.03.2023
Hajmi108.49 Kb.
#1264565
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31
Bog'liq
Психология фанига оид материаллар

Mavzu: Miya
1) odam va hayvonlar nerv sistemasining markaziy boʻlimi, Miya organizmning eng murakkab hayotiy funksiyalari va muhit oʻzaro munosabatlarining boshqarilishini taʼminlaydi. Umurtqasiz hayvonlarda Miya koʻndalang va boʻylama tutashtirgichlar orqali oʻzaro tutashgan nerv hujayralari toʻplami — nerv tugunlari (gangliylar)dan iborat. Halqali chuvalchanglar, tuban mollyuskalar va boʻgʻim-oyoklilarda nerv tugunlari qorin nerv zanjirini hosil qiladi. Bu hayvonlarning koʻpchiligida qorin nerv zanjirining halqum usti va halqum osti nerv tugunlari kuchli rivojlangan boʻlib, bosh miya deyiladi. Miya qattiq, oʻrgimchak uyasisimon va tomirli parda bilan qoplangan. Boʻgʻimoyoklilar va bosh-oyoqli mollyuskalarning halqum usti nerv tugunlari 2—3 boʻlimdan tashkil topgan. Tuban xordali hayvonlar Miyasi naysimon, alohida qismlarga boʻlinmagan. Umurtqali hayvonlar va odam Miyasi bosh hamda orqa miyadgm iborat. Evolyusiya jarayonida bosh Miya oldingi, oʻrta va keyingi yoki rombsimon Miyani, bundan keyingi rivojlanish davomida oldingi Miya oxirgi va oraliq Miyani, rombsimon Miya orqa va uzunchoq miyani hosil qiladi. Bir qancha umurtqalilarda oxirgi miya (Miya katta yarim sharlari) kuchli rivojlanadi. Sut emizuvchilar va odamda organlar faoliyatini boshqaruvchi sifatida Miya katta yarim sharlari poʻstlogʻi shakllanadi. Oxirgi Miyaning ostki yuzasida 2 ta hidlash piyozchasi joylashgan. Oralik, Miyada koʻrish boʻrtiklari va 2 ta oʻsimta: ustki epifiz va pastki gipofiz hosil boʻladi. Oʻrta Miya tuban umurtqalilarda yaxshi rivojlangan. Yuksak umurtqalilarning oʻrta Miyasida koʻrish, eshitish va muvozanat organlari bilan bogʻlangan 4 tepalik shakllanadi. Baliklar, suvda va quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlarda rombsimon Miya miyachadan iborat. Sut emizuvchilarda rombsimon Miyaning pastki qismida Varoli koʻprigi hosil boʻladi. Uzunchoq Miya hamma hayvonlarda bir xilda tuzilgan; orqa Miya uning bevosita davomi hisoblanadi. Umurtqali hayvonlar Miyasi Miya poʻsti bilan qoplangan. Miya poʻstlari oraligʻida orqa Miya suyukligi (likvor) boʻladi. Miya odamda tafakkur organi hisoblanadi;
2) odam va umurtqali hayvonlar suyagi boʻshliqlarini toʻldirib turadigan toʻqima (koʻmik). 




ПСИХОФИЗИОЛОГИЯ

ПСИХОФИЗИОЛОГИЯ – психик ва физиологик жараёнлар ўртасидаги муносабатларни ўрганувчи фан соҳаси. Психофизиологиянинг асосий вазифаси психофизик масалани илмий ҳал қилишдан иборат. “Психофизиология” – терминини 1830 йилда француз файласуфи Н. Массиас (1764-1848) қўллаган бўлсада, немис психологи В.Вундт психофизиологияни асосчиси ҳисобланади. Сезги органлари психофизиологияси бир мунса кенг тарқалган ва илмий жиҳатдан ишлаб чиқилган. Айни шу соҳада .......


жуда аниқ методлари қўлланилган ва кўпгина муҳим психофизиологик қонуниятлар белгиланган. Психофизиология масалаларини психологлар ҳам, физиологлар ҳам, шунингдек, бошқа шуларга яқин фанлар вакиллари ўрганадилар. Психофизиология ва дифференциал психология орасида дифференциал психофизиология пайдо бўлди ва жадал ривожланиб бормоқда.
Психология фанининг моддий асослари ва тиббий хусусиятлари юзасидан маълумот берадиган соҳалари қаторига дифференциал психология ва дифференциал психофизиология киради.
Дифференциал психология (лотинча “differentia” – фарқ, тафовут – деган маънони англатади) – индивидлараро ва гуруҳлаларо психология фарқини ўрганнувчи ва бу фарқларнинг сабаблари ҳамда оқибатларини татбиқ этувчи психологиянинг соҳасидир.

Download 108.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling