Yozma so`roq yoki anketaning afzalligi shundaki, uning yordamida bir vaqtning o`zida ko`pgina odamlar fikrini o`rganish mumkin bo`ladi. Unga kiritilgan savollar, ulardan kutiladigan javoblar (yopiq anketa), yoki erkin o`z fikrini bayon etish imkoniyatini beruvchi (ochiq anketa) so`rovnomalar aniq va ravon tilda javob beruvchilar tushunish darajasiga monand tuzilgan bo`lsa, shubxasiz, qimmatli birlamchi materiallar to`planadi. - Yozma so`roq yoki anketaning afzalligi shundaki, uning yordamida bir vaqtning o`zida ko`pgina odamlar fikrini o`rganish mumkin bo`ladi. Unga kiritilgan savollar, ulardan kutiladigan javoblar (yopiq anketa), yoki erkin o`z fikrini bayon etish imkoniyatini beruvchi (ochiq anketa) so`rovnomalar aniq va ravon tilda javob beruvchilar tushunish darajasiga monand tuzilgan bo`lsa, shubxasiz, qimmatli birlamchi materiallar to`planadi.
Psixologik eksperiment - Psixodiagnostik eksperimentning mohiyati shundaki, unda ataylab shunday sun’iy bir vaziyat shakllantiriladi va tashkil etiladiki, aynan shu vaziyatda qiziqtirayotgan psixik jarayon yoki xodisa ajratiladi, o`rganiladi, ta’sir ko`rsatiladi va baholanadi. Agar tabiiy eksperiment o`sha qiziqtirayotgan fenomen tekshiriluvchi uchun tabiiy hisoblangan sharoitlarda (masalan, mehnat jarayonida, kanikulda yozgi lagerda, litsey auditoriyasida va shunga o`xshash) maqsadli tashkil etilib, o`rganilsa, laboratoriya eksperimenti maxsus joylarda, maxsus asbob-uskunalar vositasida ataylab o`rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |