Mavzu: Pul bozori va undagi muammolar. I kirish I bob pul bozori
Download 414.32 Kb. Pdf ko'rish
|
Mavzu Pul bozori va undagi muammolar
- Bu sahifa navigatsiya:
- (M/P) D = k Y
M · V* = P · Y (Fisher tenglamasi), bundan:
P · Y 1 Саидова Г., Шадыбаев Т. Макроэкономика Т., ИПАК «Шарк» 2003, 34 с.. 7 M= ----------- V* P · Y – nominal YAIM mikdorini bildirishini va doimiy mikdorligini xisobga olsak, muomala uchun zarur bo`lgan pul mikdori ishlab chikarilayotgan tovarlar va xizmatlar mikdori va ularning baxosi o`zgarishlariga, boshkacha aytganda, nominal YAIM o`zgarishiga boglik. Muomaladagi pul massasining o`zgarishi, klassik nazariyaga ko`ra, Y sekin o`zgarishi tufayli asosan baxolar darajasiga ta`sir ko`rsatadi. Bu xolat “pulning neytralligi” nomini olgan. Monetaristlar koidasiga ko`ra xukumat pul massasining o`sish sur`atini, real YAMMning o`rtacha o`sish sur`ati darajasida ta`minlab tursalar iktisodiyotda baxolar darajasi barkaror bo`ladi. Fisher tenglamasidan tashkari bu tenglamaning boshka bir shakli Kembrij tenglamasidan xam keng foydalaniladi: M=k*PY Bu erda: k= 1/V – pulning aylanish tezligiga teskari mikdor. k - koeffitsientni nominal pul mikdori (M)ning daromadlar (P·Y)dagi ulushini ko`rsatadi. Kembrij tenglamasi turli darajada daromadli bo`lgan turlicha moliyaviy aktivlar mavjudligini va daromadni ularning kaysi biri ko`rinishida saklashni tanlash imkoniyati mavjudligini ko`zda tutadi. Pulga real talab kuyidagi ko`rinishda xisoblanadi: (M/P) D = k Y Bu erda: M/R – “real pul koldigi”, “pul mablaglarining real zaxirasi” deb nomlanadi. 1.2. Pulga talabning keynscha nazariyasi. Pul taklifi. Bank mul’tiplikatori. Pulga talabning Keyns nazariyasi, likvidlilikning afzalligi nazariyasi, pulni nakd ko`rinishda saklashga kishilarni undovchi uch sababni ajratib ko`rsatadi: 1. transaktsion sabab (joriy bitimlar uchun nakd pulga talab); 2. extiyotkorlik sababli (ko`zda tutilmagan xolatlar uchun ma`lum mikdorda nakd pullarni saklash); 8 3. spekulyativ sabab (foyda olish maksadida kimmatli kogozlar sotib olish uchun pulga talab). Spekulyativ sabab foiz stavkasi bilan obligatsiyalar kursi o`rtasidagi teskari bogliklikka asoslanadi. Agar foiz stavkasi ko`tarilsa, obligatsiyalar baxosi pasayadi, ularga talab esa oshadi. Bu esa o`z navbatida, nakd pul zaxiralarining kiskarishiga xamda nakd pullarga talabning pasayishiga olib keladi. Pul likvidlilik xususiyatiga ega bo`lganligi uchun xam axoli uni saklashni afzal biladi. Likvidlilikning afzalligi nazariyasi ko`rsatadiki pulga bo`lgan talab mikdori foiz stavkasiga boglik. Foiz stavkasi nakd pul vositalarini ko`lda ushlab turishning mukobil xarajatlari mikdorini, ya`ni, siz foiz olib kelmaydigan nakd pullarni ko`lda ushlab turgan sharoitda yo`kotadigan pul mikdorini bildiradi. Nonning narxi non talabi mikdoriga ta`sir kilganidek, nakd pullarni ko`lda ushlab turish mikdori xam pul zaxiralariga talab mikdoriga ta`sir ko`rsatadi. SHuning uchun foiz stavkasi oshganda, insonlar boyliklarini nakd pul shaklida kamrok ushlab turishga xarakat kiladi. Real pul zaxiralariga talab funktsiyasini kuyidagi ko`rinishda yozamiz: Download 414.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling