Мавзу: Pul-kredit sektorining iqtisodiy tahlili


Download 123.29 Kb.
bet3/4
Sana06.02.2023
Hajmi123.29 Kb.
#1171417
1   2   3   4
Bog'liq
ПУЛ- КРЕДИТ

Tijorat banklari o‘zlarining xo‘jalik mavqeiga ko‘ra aksionerlik tipidagi muassasalar hisoblanadi. Huquqiy mavqeiga ko‘ra, faoliyatning biron bir turiga xizmat ko‘rsatuvchi, ixtisoslashgan yoki milliy bank bo‘lishi mumkin.
Ixtisoslashgan tijorat banklar – iqtisodiyotning turli sohalarida tijorat tamoyillarida kredit-pul operatsiyalarining muayyan turlarini amalga oshiradi. Jumladan, respublikamizda Sanoat qurilish banki – sanoat, transport, aloqa va moddiy-texnika ta’minoti sohalarida; Agrobank – agrosanoat majmui tarmoqlari va sohalarida; Tadbirkor banki kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, kooperativ va yakka tartibdagi mehnat faoliyati sohasida kredit-pul operatsiyalarini amalga oshiradi.
Xalq banki – mamlakatda omonat ishlarini tashkil etish, naqd pulsiz hisob kitob qilish va aholi uchun kassa vazifasini amalga oshirish, aholiga shaxsiy ehtiyojlarga kredit berish kabi operatsiyalarni ta’minlaydi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki eksport-import operatsiyalarini bevosita amalga oshiruvchi korxona va muassasalarga kredit beradi, qo‘shma korxonalarga kredit berishda qatnashadi, yig‘ma valyuta rejasining ijrosini, valyuta resurslaridan tejab foydalanishini nazorat qiladi, shuningdek tashqi iqtisodiy operatsiyalarga oid hisob-kitoblarni tashkil qiladi va amalga oshirishni ta’minlaydi
Investitsion banklar – maxsus kredit muassasalari bo‘lib, obligatsiya hamda qarz majburiyatlari boshqa turlarini chiqarish yo‘li bilan uzoq muddatli ssuda kapitalini jalb qiladi va ularni mijozlar (asosan davlat va tadbirkorlar) ga taqdim qiladi
Investitsion kompaniyalar o‘zlarining qimmatli qog‘ozlarini chiqarish yo‘li bilan huquqiy investorlar pul resurslarini to‘playdi va ularni korxona (milliy va chet el)lar aksiya va obligatsiyalariga joylashtiradi. Bunday kompaniyalar to‘liq investorlar manfaatini ifodalaydi va ularning asosiy maqsadi qo‘yilgan kapital hisobiga foyda olish hisoblanadi
Ipoteka banklar – bu ko‘chmas mulk (er va inshoot) hisobiga uzoq muddatli ssuda berishga ixtisoslashgan kredit muasasalari. Ipoteka bankining resurslari o‘zlarining ipoteka obligatsiyalari hisobiga shakllanadi. Olingan ssudadan uy-joy va boshqa inshootlar qurish, korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish uchunfoydalaniladi.
Banklarning asosiy maqsadi pul mablag‘larini kreditorlardan qarz oluvchilarga va sotuvchilardan xaridorlarga o‘tkazishda vositachilik kilishdir. Banklar bilan bir katorda, bozorlarda pul mablag‘larni o‘tkazishni boshqa moliyaviy va kredit - moliyaviy tashkilotlar: investitsion fondlar, sug’urta kompaniyalari, brokerlar va xokozolar bajarilishlari mumkin.
Bankning birlamchi va asosiy funksiyasi bulib, vaqtinchalik bush pul mablag‘larini akkumlyasiya kilish, yigish funksiyasi hisoblanadi. Akkumlyasiyasining uziga xos tamoyillarni hisobga olish zarurdir. Banklar bush pul mablag‘larini yigish va ularni kapitalga aylantirish funksiyasini bajara turib mavjud bush pul daromadlari va jamgarmalarni yigadi. Chunki banklar nafakat uzlarining, balki begonalarning vaqtinchalik bush pul mablag‘larini yigadilar.
Banklarning ikkinchi funksiyasi - pul muomalasini tartibga solish funksiyasi. Banklar turli xujalik sub’ektlar orqali utadigan to‘lov muomalasi (oboroti) ning markazi sifatida chikadilar. Hisobkitoblar tizimi orqali banklar uzlarining mijozlariga ayirboshlashni amalga oshirishni, pul mablag‘lari va kapitalni aylanishi uchun sharoit yaratib beradilar.
Kredit quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi: - Ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytiradi; - Moliyaviy resurslarni qayta taqsimlaydi; - Amalga oshirish xarajatlarini tejashga yordam beradi; - Kapitalning konsentratsiyasini tezlashtiradi; - Kredit pullarini (banknotalar, veksellar va boshqalar) yaratadi; - Iilmiy-texnik taraqqiyotni tezlashtirishga hissa qo‘shadi
Kredit o‘z harakatini turli shakllarda (tijorat, bank, xo‘jaliklararo, iste'mol, lizing, ipoteka, davlat, faktoring, xalqaro) amalga oshiradi. Tijorat krediti- bu korxonalar, firmalar va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan tovarlarni kechiktirilgan to‘lov bilan sotish shaklida bir biriga beradigan qarzdir.
Bank krediti - bu banklar tomonidan naqd pul shaklida beriladigan kredit. Uning hajmi tijorat sifatida cheklanmagan va aylanma mablag‘larni shakllantirish uchun qisqa muddatli - 1 yilgacha, o‘rta muddatli - 1 yildan 5 yilgacha va uzoq muddatli - 5 yoshdan yuqori bo‘lganlarga bo‘linadi. Bu kreditning asosiy shakli
Xo‘jaliklararo krediti - bu xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bir birlariga aktsiyalar, obligatsiyalar, banknotalar va boshqa turdagi qimmatli qog‘ozlarni chiqarish yo‘li bilan beriladigan kredit. Iste'mol krediti - bu savdo kompaniyalari, banklar va maxsus kredit-moliya tashkilotlari tomonidan uzoq muddatli mahsulotlarni (mebel, mashina, muzlatgich va boshqalarni) sotib olish uchun jismoniy shaxslarga beradigan kredit.
Lizing krediti- bu yuridik jihatdan mustaqil shaxslar tomonidan mehnat qurollarini (traktorlar, avtoulovlar va boshqalarni) keyinchalik ularning qiymatini to‘lash bilan uzoq muddatli ijaraga berish uchun beriladigan kreditdir. Lizing - tovar kreditining bir shakli. Bunday bitimlar 1 yildan 15 yilgacha bo‘lgan muddatga tuziladi. Ipoteka krediti- bu ko‘chmas mulk (er, bino va boshqalar) garovi bilan uzoq muddatli kreditlarni berishdir. Tijorat banklari qarz beruvchi hisoblanadi.
Davlat krediti - aholi, xususiy biznes tomonidan davlatga beriladigan kredit. Bitim vositasi bo‘lib davlat tomonidan chiqarilgan va aholi va tadbirkorlar o‘rtasida taqsimlanadigan obligasiyalar, zayom majburiyatlari. Faktoring krediti - bu tijorat banklari birovning qarzini qaytarib sotib olish yoki qayta sotish yoki kelishuv asosida tijorat operatsiyalarini amalga oshirishda kreditning yangi shakli.
Xalqaro kredit - bu xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi kredit kapitalining harakati.
Markaziy bankning pul-kredit siyosatining asosiy instrumentlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: a) majburiy zahiralar normasi; b) valyuta siyosati; v) diskont (hisob stavkasi) siyosati; g) ochiq bozordagi operatsiyalar siyosati; d) Targetirlash va boshqalar.
Majburiy zahiralar siyosati – Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining depozit bazasiga foiz darajasida o‘rnatiladigan majburiy zahiralar yaratish talabidir. Majburiy rezervlar bevosita kreditlash imkoniyalarini chegaralaydi va depozit emissiyasini qisqartiradi. Shu bilan birga majburiy zahiralar ko‘p hollarda ma’muriy instrument sifatida namoyon bo‘ladi
Majburiy zahiralar siyosatidan quyidagi maqsadlarni amalga oshirish uchun foydalaniladi: - Pul-kredit siyosatning instrumenti sifatida; - Investor va omonatchilar manfaatini himoya qilish maqsadlarida; - Tijorat banklarining likvidligiga ta’sir qilish uchun; - Pul massasini kamaytirish maqsadida ushbu instrument qo‘llaniladi.
Diskont (inglizcha Diskount - «chegirma» so‘zidan olingan) – bank amaliyotidagi hisob stavkasi hisoblanadi. Diskont siyosati - Markaziy bankning hisob stavkasini o‘zgartirish yo‘li bilan milliy valyuta kursiga va to‘lov balansining holatiga ta’sir etishsiyosatidir.
Ochiq bozor siyosati deganda Markaziy bankning o‘z mablag‘lari hisobidan ochiq bozordan qimmatbaho qog‘ozlarni sotib olishi va sotishi tushuniladi. Bu - pul-kredit siyosatning hozirda ko‘p ko‘llanilayotgan usuli hisoblanadi. Shuningdek, ushbu usul tijorat banklarining likvidlik darajasiga tezda ta’sir o‘tkaza oladigan (moslashuvchan), amaliy va operativ usul sanaladi

Download 123.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling