Мавзу: Pul-kredit sektorining iqtisodiy tahlili


Download 123.29 Kb.
bet1/4
Sana06.02.2023
Hajmi123.29 Kb.
#1171417
  1   2   3   4
Bog'liq
ПУЛ- КРЕДИТ

МАВЗУ: Pul-kredit sektorining iqtisodiy tahlili

1, Pul kredit sektorining tarkibi. Pul vositalarining oqimi

2. Moliyaviy tashkilotlar. Davlatning to‘lov vositalarini yaratuvchi moliyaviy muassasalar. Pul yaratmaydigan moliyaviy muassasalar

3. Pul-kredit nazorat qiluvchi va pul depozit banklari.

4. Zahira pullari. Xorijiy valyuta zahiralari tahlili.

5. Pul massasi, davlat sektorining iqtisodiy tahlili. Pul massasi, davlat sektorining iqtisodiy tahlili.


Iqtisodiyotda narxlar barqarorligining ta’minlanishi aholi turmush darajasini oshirish va tadbirkorlik faoliyati uchun qulay ishbilarmonlik muhiti yaratilishining fundamental asoslaridan hisoblanadi. Mamlakatda ichki narxlarning barqarorligi aholi daromadlari va jamg‘armalarining xarid qobiliyatini saqlash, biznes vakillari uchun esa uzoq muddatli davrga mo‘ljallangan rejalarni tuzishlari uchun qulay sharoitlar yaratish imkonini beradi
Iqtisodiyotda inflyasion jarayonlar aksariyat holatlarda talab omillari natijasida, ya’ni iqtisodiyotda tovar va xizmatlarga bo‘lgan talabning ishlab chiqarish hajmlariga nisbatan tezroq sur’atlarda o‘sishi natijasida yuzaga keladi. Yalpi talabning o‘sishi esa, asosan, davlat byudjeti xarajatlari va iqtisodiyotga yo‘naltirilgan kreditlar hajmining o‘sishi, aholi va tadbirkorlik sub’ektlari daromadlarining oshishi hisobiga ro‘y beradi.
Pul-kredit siyosati instrumentlarini qo‘llash orqali Markaziy bank yalpi talab hajmiga ta’sir etadi va shu orqali iqtisodiyotda inflyasion bosimni pasaytiradi. Shuningdek, Markaziy bank tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar, amalga oshirilayotgan ishlar va mos ravishda kommunikatsion siyosat aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining inflyasion kutilmalarini shakllantiruvchi omil sifatida inflyasion jarayonlarga ta’sir ko‘rsatadi
Markaziy bankning asosiy foiz stavkasi bo‘yicha hamda pul-kredit sharoitlarini belgilash bo‘yicha qarorlari banklararo pul bozoridagi foiz stavkalarining shakllanishiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi, ya’ni ushbu bozordagi qisqa muddatli moliyaviy resurslar narxini belgilaydi. O‘z navbatida, pul bozoridagi foiz stavkalari darajasi tijorat banklari tomonidan uzoq muddatli pul resurslari, ya’ni jalb qilinadigan depozitlar va beriladigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarining shakllanishiga asos bo‘ladi
Ushbu jarayon pul-kredit siyosatining transmissiyasi (o‘tkazma kanallari) orqali iqtisodiy agentlarning ishlab chiqarish, jamg‘arish va iste’mol bo‘yicha qarorlariga ta’sir o‘tkazadi. Bunda, pul-kredit siyosati sohasidagi chora tadbirlar asosan iqtisodiyotni qisqa muddatli tartibga solish, mavsumiy va davriy tebranishlarni muvozanatlash hamda iqtisodiy o‘sish sur’atlarining mamlakat iqtisodiy salohiyatidan og‘ib ketishining oldini olishga qaratilgan bo‘lib, umuman olganda qisqa muddatli ta’sirga ega bo‘ladi.
Pul-kredit siyosati choralari iqtisodiy jarayonlarga (ko‘rsatkichlarga) qarorlar qabul qilingan paytdan ma’lum bir vaqt kechikish va surilishlar bilan ta’sir qiladi. Shu bois Markaziy bank qarorlar qabul qilishda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning joriy dinamikasiga emas, aksariyat hollarda kelgusi davrda kutilayotgan o‘zgarishlar va prognozlarga asoslanadi
Shu sababli samarali va ta’sirchan qarorlar qabul qilish Markaziy bankda kuchli tahliliy va prognozlash salohiyati mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning keng qamrovli tahlili, prognozlari va kelajakdagi dinamikasi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lish va bu boradagi salohiyatni rivojlantirib borish orqali pul-kredit siyosatida qabul qilinayotgan qarorlardagi xatoliklar kamayib boradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomalasini ta’minlashda banklar muhim rol o‘ynaydi. Banklar pul mablag‘larini to‘plash, joylashtirish va ularning harakatini tartibga solish bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiy muassasadir

Download 123.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling