Targetirlash - pul massasi hajmining o‘zgarishini o‘rnatilgan usullar yordamida chegaralash demakdir. Targetirlashda ma’lum bir davrda pul massasi hajmining taxminiy yuqori va past darajasi belgilab beriladi.
мarkaziy bank targetirlashni pul muomalasini muvofiqlashtirishning boshqa vositalari bilan birgalikda olib boradi. Targetirlashning ahamiyati shundaki, ma’lum bir davrda haqiqatda muomalaga chiqarilgan pul massasini taxminiy belgilab berilgan pul massasi bilan solishtirish natijasida pul muomalasidagi ahvol to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish mumkin va oldindan zaruriy choralar ishlab chiqish hamda amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lish mumkin. Bu esa o‘z navbatida Markaziy bank pul-kredit siyosatining samaradorligini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |