Mavzu Pul mablag‘lari harakatini tezlashtirish imkoniyatlarini aniqlash Reja


Download 45.31 Kb.
bet2/8
Sana17.02.2023
Hajmi45.31 Kb.
#1208891
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Saydullayev Anis

UMUMIY QOIDALAR
1. Buxgaltyeriya hisobining ushbu milliy standarti (BHMS) «Buxgaltyeriya hisobi to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Qonuni asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida buxgaltyeriya hisobini me’yoriy boshqarish tizimining bir qismi hisoblanadi.
MAQSADI
2. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot undan foydalanuvchilarga xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy ahvolidagi o‘zgarishlarni baholashga imkon byeradi, ularni hisobot davrida qancha pul tushgani va qancha pul chiqqani to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlaydi.
Ushbu standartning maqsadi xo‘jalik yurituvchi sub’ektning pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlari bo‘yicha majburiy ravishda axborot taqdim etishini belgilab qo‘yishdan iborat. Bu axborot pul mablag‘lari oqimi to‘g‘risidagi hisobot ko‘rinishida bo‘lib, unda hisobot davrida opyeratsion, investitsiya va moliya faoliyatida yuz byeruvchi pul oqimlari harakati tasnif etiladi.
AMAL QILISh SOHASI
3. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ushbu standart talablariga muvofiq ravishda pul oqimi to‘g‘risida hisobot tayyorlaydi va uni har bir hisobot davri uchun tuziladigan moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi sifatida taqdim etadi.
PUL OQIMI HARAKATI TO‘G‘RISIDAGI AXBOROTNI BILISh FOYDALILIGI
4. Boshqa moliyaviy hisobotlar bilan birga foydalanish chog‘ida pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot axborotlari moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektning pul mablag‘larini va ularning ekvivalentlarini jalb etish qobiliyatini baholashga baza bo‘lib xizmat qilishi bilan foydalidir. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot pul tushumlari va to‘lovlarini uchta asosiy toifaga ajratadi: opyeratsion faoliyati, investitsiya faoliyati va moliyaviy faoliyat. Har uch toifaning pul mablag‘iga birgalikda ta’siri hisobot davrida pul mablag‘ining sof o‘zgarishini belgilab byeradi. Pul oqimlari harakati to‘g‘risidagi axborot bo‘lajak pul oqimlari prognozi to‘g‘riligini tekshirish chog‘ida, foyda olish va pul oqimlarining sof harakati va narx o‘zgarishi ta’siri o‘rtasidagi aloqalarni tahlil qilish chog‘ida zarur bo‘ladi.
TUShUNChALAR
5. Ushbu standartda foydalanilgan tushunchalar:
Pul mablag‘lari — kassadagi naqd pul va talab qilib olinadigan depozitlar, shuningdek bankning hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlaridagi mablag‘lar.
Pul ekvivalentlari — ma’lum pul mablag‘iga tez va oson almashtiriladigan hamda qiymatidagi o‘zgarishlar tufayli uncha ko‘p bo‘lgan qisqa muddatli, yuqori likvidli investitsiyalar (moliyaviy qo‘yilmalar).
Pul oqimlari — pul mablag‘lari hamda ular ekvivalentlarining oqimi (tushumi) va chiqimi (sarflanishi, chiqishi)dan iborat.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot — hisobot davrida pul mablag‘i oqimlarini batafsil ko‘rsatuvchi ko‘rsatkichlar yig‘indisi.
Opyeratsion faoliyati — xo‘jalik yurituvchi sub’ektning daromad keltiruvchi asosiy faoliyati, shuningdek sub’ektning investitsiya va moliya faoliyatiga oid bo‘lmagan o‘zga xo‘jalik faoliyati.
Investitsiya faoliyati — pul ekvivalentlariga kiritilmagan uzoq muddatli aktivlar va boshqa investitsiya obyektlarini sotib olish va sotish.
Moliyaviy faoliyat — xo‘jalik yurituvchi sub’ektning faoliyati bo‘lib, uning natijasida o‘z mablag‘i va qarz mablag‘lari miqdori va tarkibida o‘zgarishlar yuz byeradi.

Download 45.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling