Mavzu Pul mablag‘lari harakatini tezlashtirish imkoniyatlarini aniqlash Reja
Download 45.31 Kb.
|
Saydullayev Anis
- Bu sahifa navigatsiya:
- FAVQULODDA MODDALAR
XORIJIY VALYuTADAGI PUL OQIMLARI
19. Xorijiy valyutadagi opyeratsion faoliyatlaridan pul oqimlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan opyeratsion amalga oshirilgan kun uchun belgilab qo‘yilgan almashtirish qiymatidan foydalanib, O‘zbekiston Respublikasi valyutasida aks ettiriladi. 20. Xorijiy shu’ba jamiyatining pul oqimi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan pul oqimi kelib chiqqan vaqtdagi almashtirish kursi bo‘yicha qayta hisoblanishi kyerak. 21. Xorijiy valyutaning almashtirish kursi o‘zgarishidan kelib chiqadigan amalga oshirilmagan daromad va zarar pul mablag‘i harakati hisoblanmaydi. Biroq almashtirish kursi stavkalari o‘zgarishning xorijiy valyutada saqlanayotgan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan pul mablag‘iga yoki ularning ekvivalentlariga ta’siri pul mablag‘lari harakatini hisobot davri boshlanishi va oxirida bir-biriga muvofiqlashtirish uchun pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladi. Bu miqdor opyeratsion, investitsiya va moliya faoliyati natijasida vujudga keladigan pul oqimidan alohida ko‘rsatiladi va agar pul mablag‘larining bu harakati hisobot davrining oxiridagi pul almashtirish kursida aks etadigan bo‘lsa, tafovutga qo‘shiladi. FAVQULODDA MODDALAR 22. Favqulodda moddalar bilan bog‘liq pul oqimi ularning mansabiga qarab: opyeratsion, investitsiya yoki moliya faoliyatiga ta’sir etilishiga bog‘liq holda va alohida ochib byerilishi lozim. FOIZLAR VA DIVIDYeNDLAR 23. Foizlar va dividendlarni olish va to‘lash bilan bog‘liq pul oqimini alohida ko‘rsatish, bir hisobot davridan ikkinchi hisobot davriga izchillik bilan opyeratsion, investitsiya yoki moliya faoliyatidan pul oqimi sifatida tasnif etish lozim bo‘ladi. 24. Bank muassasalari uchun to‘langan va olingan foizlar hamda dividendlar opyeratsion pul oqimlari sifatida tasnif etiladi. Boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun to‘langan va olingan foizlar hamda dividendlar opyeratsion faoliyatidan keladigan pul oqimlari sifatida tasnif qilinishi mumkin, chunki ular sof daromad yoki zararni aniqlashga qo‘shiladi. 25. To‘langan dividendlar moliyaviy pul oqimi sifatida tasnif qilinishi mumkin, chunki ular moliyaviy resurslarni olish uchun to‘langan haq hisoblanadi. Download 45.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling