Mavzu Pul mablag‘lari harakatini tezlashtirish imkoniyatlarini aniqlash Reja


Download 45.31 Kb.
bet5/8
Sana17.02.2023
Hajmi45.31 Kb.
#1208891
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Saydullayev Anis

MOLIYa FAOLIYaTI
14. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy faoliyatidan bo‘ladigan pul oqimlari to‘g‘risidagi axborotni alohida ko‘rsatadi. Bu axborot moliyaviy faoliyatdan bo‘lajak pul oqimlarini taxmin qilish uchun zarur bo‘ladi. Moliyaviy faoliyatdan keladigan asosiy pul oqimlariga quyidagilar kiradi:
14.1. Aksiyalar yoki o‘z mablag‘i bilan bog‘liq boshqa vositalarni chiqarishdan keladigan pul tushumlari;
14.2. Sub’ektlar aksiyalarining haqini to‘lash yoki sotib olish uchun ularning egalariga to‘lovlar;
14.3. Ta’minlanmagan obligatsiyalar emissiyasidan, moliya korxonalari tomonidan byerilgan ssudalardan, garovga qo‘yilgan va boshqa qisqa hamda uzoq muddatli zayomlardan pul tushumlari;
14.4. Zayomlarni to‘lash;
14.5. Moliyaviy lizing bo‘yicha majburiyatlarni qisqartirish uchun ijarachilarning to‘lovlari;
14.6. Va boshqalar.
OPYeRASION FAOLIYaTIDAN TUShGAN PUL OQIMLARI BO‘YICHA HISOBOT
15. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt opyeratsion faoliyatidan vujudga kelgan pul mablag‘lari harakatini quyidagilardan foydalanib, ochib byeradi:
15.1. Yalpi pul tushumlari va yalpi pul to‘lovlari asosiy turlari ochib byeriladigan bevosita usul;
15.2. Bilvosita usul. Bu usulga muvofiq sof daromad yoki zararga joriy aktivlar va majburiyatlarning o‘zgarishiga, ishonchsiz opyeratsionlarga, shuningdek opyeratsion investitsiya yoki moliya faoliyati natijasida olingan daromadlar va ko‘rilgan zararlarga qarab o‘zgartirish kiritiladi.
INVYeSTISIYa VA MOLIYa FAOLIYaTIDAN TUShGAN PUL OQIMLARI BO‘YICHA HISOBOT
16. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt investitsiya va moliya faoliyatidan yalpi pul tushumlari va yalpi pul to‘lovlarini hisobotda alohida-alohida aks ettirishi kyerak, netto asosida** hisobga olinadigan va quyidagi ikki paragrafda bayon qilinadigan pul oqimlari bundan mustasnodir.
17. Mijozlar nomidan pul oqimlari netto asosida ochib byeriladi, bunda pul oqimlarining harakati yuridik shaxsning faoliyatiga nisbatan mijoz faoliyatini ko‘proq aks ettiradi, masalan:
17.1. Investitsiya tashkiloti o‘z mijozlarining topshirig‘iga binoan ushlab turadigan jamg‘armalar;
17.2. Mulk egasi nomidan undiriladigan va unga byeriladigan ijara to‘lovlari.
18. Tezda aylanadigan, katta miqdordagi mablag‘ni o‘z ichiga oladigan va to‘lash muddati qisqa bo‘lgan moddalar bo‘yicha pul oqimlari ham netto asosida ochib byerilishi mumkin, masalan:
18.1. Pul tushumlari hamda to‘lash vaqti qayd etilgan depozitlarni olish va to‘lash bo‘yicha to‘lovlar;
18.2. Depozitlarni joylashtirish va ularni boshqa moliya muassasalaridan qaytarib olish;
18.3. Mijozlarga byerilgan pul bo‘naklari va kreditlar hamda bu bo‘naklar va kreditlarning to‘lanishi.
** Netto-asos — sof oqim yoki hisobot davrida pul mablag‘ining kamayishi.

Download 45.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling