Mavzu Pul mablag‘lari harakatini tezlashtirish imkoniyatlarini aniqlash Reja


PUL MABLAG‘I VA PUL EKVIVALYeNTLARI


Download 45.31 Kb.
bet3/8
Sana17.02.2023
Hajmi45.31 Kb.
#1208891
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Saydullayev Anis

PUL MABLAG‘I VA PUL EKVIVALYeNTLARI
6. Pul mablag‘i ekvivalentlaridan asosan investitsiyalar va boshqa maqsadlar uchun emas, balki faqat qisqa muddatli majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlar uchun foydalaniladi. Investitsiyalarni pul ekvivalenti deb hisoblash uchun ular erkin ravishda naqd pulga aylantiriladigan bo‘lishi va qiymatining o‘zgarishida biroz xavf bo‘lishi lozim. Shu sababli investitsiya qisqa muddatda to‘lanadigan bo‘lsa, ya’ni xarid qilingan paytdan boshlab taxminan uch oy ichida to‘lanadigan bo‘lsa, uni pul ekvivalenti deb hisoblash mumkin bo‘ladi.
7. Bank zayomlari moliyaviy faoliyatga taalluqlidir, lekin talab qilingan paytda to‘lanadigan bank ovyerdraftlari korxonalar pul mablag‘ini boshqarishning ajralmas qismi hisoblanadi. Shu munosabat bilan bank ovyerdraftlari pul mablag‘ining tarkibiy qismi yoki ularning ekvivalenti hisoblanadi.
8. Pul oqimi pul mablag‘lari va pul ekvivalentlari moddalari o‘rtasidagi harakatni o‘z ichiga olmaydi, chunki ular opyeratsion, moliya yoki investitsiya faoliyatiga kirmaydi yoki xo‘jalik yurituvchi sub’ektning pul mablag‘larini boshqarishga taalluqlidir. Pul mablag‘larini boshqarish pul mablag‘lari va pul ekvivalentlarining ortiqchasini ishga solishni o‘z ichiga oladi.
PUL OQIMLARI TO‘G‘RISIDAGI HISOBOTNI TAQDIM ETISh
9. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot, hisobot davri davomida opyeratsion, investitsiya yoki moliyaviy faoliyat natijasida xo‘jalik yurituvchi sub’ekt olgan pul oqimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishi lozim.
OPYeRASION FAOLIYaTI
10. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning opyeratsion faoliyati natijasida vujudga keladigan pul oqimi hajmi xo‘jalik yurituvchi sub’ekt amalga oshiradigan opyeratsion faoliyati natijasida olinadigan pul oqimlari harakati ssudalarni to‘lash, xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish quvvatlarini saqlab turish, dividendlarni to‘lash va moliyalashtirishning tashqi manbalariga murojaat qilinmay yangi investitsiyalar uchun qanchalik yetarli ekanini aks ettiruvchi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Opyeratsion faoliyatidan keladigan oldingi pul oqimining ayrim qismlari to‘g‘risidagi axborotdan opyeratsion faoliyatidan bo‘lajak pul oqimlarini prognoz qilish uchun axborotning boshqa turlaridan qo‘shib foydalanish mumkin bo‘ladi.
11. Opyeratsion faoliyatidan pul oqimi xo‘jalik yurituvchi sub’ektning asosiy faoliyatidan kelib chiqadi. Odatda xo‘jalik yurituvchi sub’ektning asosiy faoliyati mahsulotni sotishga, ishlarni bajarishga yoki xizmat ko‘rsatishga qaratilgan bo‘ladi. Opyeratsion faoliyatidan asosiy pul oqimiga quyidagilar kiradi:
11.1. Tovarlarni sotish va xizmat ko‘rsatishdan tushgan pul;
11.2. Royalti, badallar, vositachilik haqi va o‘zga yo‘llar bilan pul mablag‘lari tushumi;
11.3. Tovarlar va xizmatlar uchun ularni yetkazib byeruvchilarga pul to‘lovlari;
11.4. Xodimlarga va xodimlar nomidan to‘lovlar;
11.5. Sug‘urta kompaniyasining sug‘urta polislari bo‘yicha mukofotlari, talablari, yillik va o‘zga to‘lovlari bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari;
11.6. Soliqlar bo‘yicha pul to‘lovlari yoki uning o‘rnini bosuvchi to‘lovlar, agar ular investitsiya va moliya faoliyatiga taalluqli bo‘lmasa;
11.7. Savdo yoki dilyerlik maqsadlarida tuzilgan bitimlar bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari;
11.8. Boshqalar.
Asosiy vositalar birliklarini sotish kabi ayrim opyeratsion faoliyatlar bo‘yicha foyda kelishi va zarar ko‘rilishi mumkin, ular sof foyda yoki zarar qatoriga kiritiladi. Lekin bunday bitimlar bo‘yicha pul oqimi investitsiya faoliyatidan chiqadigan pul oqimlariga kiritiladi.
12. Korxona vositachilik yoki savdo maqsadlari uchun qimmatli qog‘ozlar yoki ssuda olgan bo‘lishi mumkin, bunday holatlarda ular qayta sotish uchun xarid qilingan tovar — moddiy zaxiralarga o‘xshash bo‘ladi.

Download 45.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling