- Metallik nazariyasi
- Ushbu nazariya namoyondalari qimmatbaho metallar oltin va kumushgina pul vazifasini o’tay oladi degan g’oyani ilgari surishgan.
- Ular oltin va kumush pulning barcha vazifalarini bajaradi.
- Jamiyatning boyligi qimmatbaho metallarning mavjud zaxirasi bilan o’lchanadi, ya’ni qaysi mamlakatda oltin va kumush zaxirasi ko’p bo’lsa, o’sha jamiyat boy bo’ladi degan xulosaga kelishgan.
- Ular vaqti kelib metall pullar o’rnini qog’oz pullar egallashini tushunib yetishmaydi.
- Ishlab chiqarish sharoitining tubdan o’zgarishi, uning yiriklashishi sanoat kapitalining o’sishi iqtisod fani oldiga qator vazifalar qo’ydi. Huddi shu davrda pul nazariyalari to’g’risidagi ilk fikrlar yuzaga keldi. Bu nazariyalar: metallik va nominallik pul nazariyalari bo’lib, ularning o’sha davrdagi muammolarni yechishdagi o’rni beqiyosdir.
Bu nazariya XIX asrning birinchi yarmida rivojlanib kelayotgan sanoat burjuaziyasini qoniqtira olmadi va inqirozga yuz tutdi. Lekin XIX asrning II yarmiga kelib nemis iqtisodchisi K.Knis metallik nazariyasini himoya qilib chiqdi. Bu g’oyaning tiklanishiga 1873-yilda Germaniyada kiritilgan oltin tanga standarti sabab bo’ldi. - Bu nazariya XIX asrning birinchi yarmida rivojlanib kelayotgan sanoat burjuaziyasini qoniqtira olmadi va inqirozga yuz tutdi. Lekin XIX asrning II yarmiga kelib nemis iqtisodchisi K.Knis metallik nazariyasini himoya qilib chiqdi. Bu g’oyaning tiklanishiga 1873-yilda Germaniyada kiritilgan oltin tanga standarti sabab bo’ldi.
- K. Knis metallik nazariyasini yangi sharotiga moslashtirib, u pul sifatida faqat metallni emas, balki Markaziy bank banknotalarini ham hisoblash mumkin deb bildi. Agar ular metall bilan ta’minlangan bo’lsa, hech bir cheklovlarsiz almashtirilsa pul tizimi mustahkam bo’ladi. Ammo bu muvozanat urushlar tufayli buzildi. Oltinning erkin pulga almashishi, chetga chiqarilishi bekor qilindi.
- Birinchi jahon urushidan keyin oltin quyma standarti joriy qilindi. Oltin tanga standartidan asosiy farqi muomaladagi banknotalar endi oltin quymaga (12-12,5 kg) almashtirila boshlandi. Bu asosan xalqaro bozorlarda qo’llaniladigan bo’ldi. Ko’pgina davlatlarda banknotalarni oltinga almashtirish amaliyotda bekor qilindi. Oltin quyma standartiga kirmagan davlatlar o’z valyuta (pullar)ni kirgan davlatlar devizlariga (valyutalariga) almashtirish ko’zda tutilgan edi. AQSH dollari asosiy deviz (valyuta) hisoblanib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |