Mavzu: Pul tizimi mazmuni,turlari va elementlari Reja


Download 0.64 Mb.
Sana11.05.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1451129
Bog'liq
Pul muomilasi



Mavzu: Pul tizimi mazmuni,turlari va elementlari


Reja:


  1. Pul tizimi va uning turlari

  2. Pul tizimining asosiy elementlari

  3. O’zbekiston pul tizimining tashkil topishi va rivojlanishi



Pul tizimi
Bu mamlakatda tarixan takib topgan va milliy qonunchilik bilan tasdiqlangan pul muomalasini tshkil qilish shaklidir.
Pul tizim turlari pul qanday shaklda amal qilishiga bog’liq,ya’ni umumiy ekvivalent-tavor sifatida yoki qiymat belgisi sifatida bo’lishiga qarab quyidagicha pul tizimlar mavjud bo’lgan.
1.Metall pul muomalasi tizimlari
2.Qog’oz va kredit pullar muammalasi tizimlari

Birinchi tizimda pul bevosita muammolada bo’ladi va pulning barcha funksiyalarini bajaradi,pullar esa metallga almashinishi mumkin;


Kredit va qog’oz pullar muammolaga kiritilishi bilan
Qog’oz pullar muomalasi tizimi yuzaga kelgan
Mamlakatda umumiy ekvivalent sifatida qabul qilingan metalga va pul muomalasi bazasiga qarab pul tizimi bimetalizm va monometalizm pul tizimlariga bo’linadi

Bimetalizm - pul tizimida umumiy ekvivalent rolini metall (ko'pincha oltin va kumush) bajargan, bu tizimda ikkala metalldan ham tangalarning erkin muomalaga chiqarilishi va ularning cheksiz almashishiga amal qilingan. Bimetalizm 16-17 asrlarda keng tarqalgan bo'lib, g'arbiy Yevropaning qator Prezi mamlakatlariga 19 asrda yetib kelgan.

Monometalizm - bu pul tizimida yagona metall (oltin yoki kumush) umumiy ekvivalent va pul muomalasining asosi bo'lib xizmat qiladi. Amal qilayotgan tanga va boshqa qiymat belgilari qimmatbaho metallarga almashiniladi

Kumush monometalizmi Rossiyada 1843-1852-yillarda, Gollandiyada - 1847-1875-yillarda mavjud bo'lgan.

Ilk bor oltin monometalizmi (standart) pul tizimi sifatida Buyuk Britaniyada 18-asr oxirida qaror topgan va qonun bilan 1816-yilda tasdiqlangan. ko'pchilik boshqa davlatlarda bu tizim 19 asrning oxirlarida joriy qilingan: Germaniyada - 1871-1873. Fransiyada - 1876-1878. Rossiya va Yaponiyada - 1897. AQSHda - 1900- yillarda. Prezi


Zamonaviy pul tizimi quyidagi elementlarni o'z ichiga oladi: 1.Pul tizimini tashkil etish tamoyillari;
2. pul birligi:
3. baholar masshtabi;
4. pul ko'rinishlari;
5. emissiya tizimi;
6. pul muomalasini tartibga solishning usullari;
7. mamlakatda pul oborotining tarkibi va uni tashkil etish. Pul tizimining tarkibiy qismi milliy valyuta tizimidir, nainki u nisbatan mustaqil bo'lsa ham. Pul biriligi - qonuniy tarzda o'rnatilgan pul belgisi bo'lib, barcha tovarlar bahosini o'zaro solishtirish va ifodalash uchun xizmat qiladi.

O'zbekistonda pul tizimining shakllanishi so'm milliy valyutasini muomalaga kiritish bilan bog'liq. Mamlakat pul tizimining shakllanishini milliy valyuta So'm muomalaga kiritilgan davrlarga asoslanib, uni uch bosqichga bo'lib o'rganish maqsadga muvofiqdir.

Birinchi bosqichi. Pul tizimining birinchi bosqichi 1991-yil sentyabrdan 1993-yil noyabr oyiga qadar bo'lib o'tgan davri o'z ichiga oladi. Ikkinchi bosqich. 1993-yil noyabrdan 1994- yil iyun oyiga to'g'ri keladi. Ushbu davrda, yani 1993-yil 15 noyabrda muomalaga oraliq «so'm- kupon» lar kirtildi. Pul tizimining uchinchi bosqichi 1994-yildan hozirgi kunchagacha o'tgan davri o'z ichiga oladi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasi va «O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining asoslari to'g'risida»gi qonunning 11-moddasi, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1993-yil 3- sentyabrdagi 952-XI-sonli qaroriga muvofiq 1994-yi 1- iyuldan boshlab O;zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to'lov vositasi bo'lgan milliy valyuta «So'm>> muomalaga kirtildi.

O'zbekiston pul tizimining elementlari mamlakatimiz mustaqillikka erishgan 1991 yildan buyon shakllanib kelmoqda. Bunga quyidagilar kiradi.
-pul birligi "so'm bo'lib, 1 so'm 100 tiyindan iborat;
-baxo masshtabi tovarlar va xizmatlarga bo'lgan talab
va taklif asosida aniqlanadi;
-muomalada qog'oz va tanga pullar to'lov vositasini
bajaradi. Qog'oz pullar 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000 so'm qiymatdagi banknotalardan, tanga pullar 1, 3, 10, 50 tiyin, 10, 25, 50 va 100 so'mdan iborat; -banknota va tangalarni
emissiya qilish va muomaladan qaytarib olish O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yuklatilgan bo'lib, muomaladagi barcha pullar uning majburiyati hisoblanadi;
-Markaziy bank pul-kredit siyosati instrumentlari asosida mamlakatda pul muomalasini tartibga soladi; - mamlakatda pul aylanmasi va naqd pulsiz hisob-kitob shaklidan iborat bo'lib, pul aylanishi tarkibida asosiy ulush naqd pulsiz hisob-kitoblar hissasiga to'g'ri keladi. Markaziy bank pul muomalasi aylanmasini tashkil etadi va hisob-kitoblarning shakllarini belgilaydi

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling