Mavzu: Pulga talabning Keynscha nazaryasi
Keyns modelida pulga bo’lgan talab nazariyasi
Download 0.51 Mb.
|
Xolmuminov Umirzoq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Real pul zahiralariga talab funksiyasini quyidagi ko’rinishda yozamiz
- 3) foiz stavkasi.
- (M/P) D =f (R, Y);
3. Keyns modelida pulga bo’lgan talab nazariyasi. Pulga talabning Keynscha nazariyasi quyidagi sxema boyicha tuziladi: 1. Boylikning muqobil shakllarini aniqlash - bu pullar yoki obligatsiyalar bo‘ladi. Aksiyalar va g‘azna veksellari obligatsiyalarning sub stitutlari sifatida ko‘rib chiqiladi va alohida hisobga olinmaydi. Pul bozori — Tovarlar bozori Pullar barcha tomonidan muomala vositasi sifatida qabul qilinadigan va foiz ko ‘rinishida foyda keltirmaydigan aktiv sifatida izohlanadi; obligatsiyalar - hukumatning muddatsiz qarz majburiyatlari, ularning kupon stavkasi qat'iy belgilanadi. Individ pul shaklida saqlashga moyil bo ‘lgan boylik ulushini aniqlash. Individning eng kam risk bilan o‘z aktivlar portfelidan darom adni maksimallashga intilishi. Pulga talabning Keynscha nazariyasi pulni jamg ‘arishning uch motivini nazarda tutadi — transaksion, spekulativ va kutilmagan maqsadlarga (yoki ehtiyotkorlik motivi).Pul likvidlilik xususiyatiga ega bo’lganligi uchun ham aholi uni saqlashni afzal biladi. Likvidlilikning afzalligi nazariyasi ko’rsatadiki pulga bo’lgan talab miqdori foiz stavkasiga bog’liq. Foiz stavkasi naqd pul vositalarini qo’lda ushlab turishning muqobil xarajatlari miqdorini, ya’ni, siz foiz olib kelmaydigan naqd pullarni qo’lda ushlab turgan sharoitda yo’qotadigan pul miqdorini bildiradi. Nonning narxi non talabi miqdoriga ta’sir qilganidek, naqd pullarni qo’lda ushlab turish miqdori ham pul zahiralariga talab miqdoriga ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun foiz stavkasi oshganda, insonlar boyliklarini naqd pul shaklida kamroq ushlab turishga harakat qiladi.Bu yerda: R – foiz stavkasi; Y – real daromad. Chiziqli bog’liqlikni e’tiborga olsak, quyidagicha formula hosil bo’ladi: (M/P)D = kY - hR Bu yerda: k va h – pulga talabning daromadlar va foiz stavkasiga ta’sirchanligini ifodalovchi koeffisiyentlar; k – foiz stavkasi (real foiz stavkasi). Real foiz stavkasi nominal foiz stavkasidan inflyasiya sur’atini ayirib topiladi.Real pul zahiralariga talab funksiyasini quyidagi ko’rinishda yozamiz:M/R = f(R)Klassik va keynschilarga xos yondashuvlarni umumlashtirib, pulga talabning quyidagi omillarini ajratib ko’rsatish mumkin:1) daromadlar darajasi;2) pulning aylanish tezligi;3) foiz stavkasi.Agar klassik nazariya pulga talabni asosan, real daromad hajmi bilan bog’lasa, keynschilarda esa pulga talab asosan, foiz stavkasiga bog’liq deb hisoblanadi.Pulning aylanish tezligini hisobga olmaganda, real pul qoldig’iga talab formulasi quyidagicha bo’ladi:(M/P) D =f (R, Y);Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling