Mavzu: Purin-nuleotid guruh preparatalari taxlili


Download 0.63 Mb.
bet2/3
Sana08.11.2020
Hajmi0.63 Mb.
#142565
1   2   3
Bog'liq
Норкобилов С


Siydik kislota

Kuchsiz kislotali xossaga ega, odatdagi sharoitda molekuladagi uchta karbonil gruppadan faqat 2 tasi (2 va 8) enollanishini kuzatilatadi. Siydik kislota tuzlari uratlar deb ataladi.[7]

Ksantin - CHoy tarkibida uchraydi. Suvda yomon, ishqorda oson eriydi. Bu esa uning tautomer shaklda bo‘lishidan dalolat beradi. Amfoter xossasiga ega. [7]



Gipoksantin - U o‘simlik va hayvon dunyosida keng tarqalgan. Nuklein kislotalar gidrolizida hosil bo‘ladi.





1.2. Purin guruh dori moddalarining fizik-kimyoviy xossalari




Farmakopeya maqolasida keltirilgan “Mureksid” hosil qilish reaksiyasida preparat pergidrol yoki bromli suv hamda suyultirilgan xlorid kislota solingan chinni idishni to’la bug’languncha suv hammomida isitib, so’ngra unga bir-ikki tomchi ammiak eritmasi tomizilsa, pushti-qizil rangli “Mureksid” yoki tetrametilpurpur kislotaning ammoniyli tuzi hosil bo’ladi.[8]



Mureksid hosil bo’lish reaksiyasinmg boshlang’ich jarayonida tahlil qilinayotgan preparat, masalan, kofein, pergidrol yoki bromli suv ta’sirida oksidlanib, dimetilalloksan (uning tautomer shakl o’zgarishidagi izomeri 1, 3-dimetil dialur kislota) va metilmochevinaga (teofillinni tahlilida mochevinaga) parchalanadi:

Kofeinning chinligi yana Farmakopeya maqolasi ko'rsatmasi, bo'yicha uning eritmasidan xlorid kislota ishtirokida yod eritmasi ta’sirida qo‘ng‘ir cho'kma, poliyodid birikmasi holida cho'ktirib aniqlanadi.[12]



Teobromin va teofillinning og‘ir metall tuzlari bilan rangli cho'kma hosil qilidi. Masalan, Davlal farmakopeyasida keltirilgan usulga ko’ra. teofillinni natriy gidroksid eritmasi bilan neytrallab, olingan natriyli tuziga kobalt xlorid eritmasi qo'shilsa, och pushtiroq rangli oq cho'kma hosil bo'ladi. Teobromin kobalt xlorid bilan ko'kimtir-havo rangli cho'kma hosil qiladi.[13]






Teofillin va teobrominning natriy gidroksid eritmasi bilan neytrallab olingan natriyli tuzlari kumush nitrat eritmasi ta’sirida, teofillin isitilganda suyuqlanib ketadigan, sovutilganda esa yana qotib qoladigan massa, teobromin esa oq, modda hosil qiladi




Kofein natriy benzoatdagi benzoy kislota qoldig‘ini temir (III) xlorid eritmasi ta’sirida sariq-qizg‘ish cho'kma, eufillindagi etilendiamin qoldig'ini esa mis (II) sulfat eritmasi ta’sirida binafsha rangli kompleks tuz hosil qilishi bo'yicha aniqlanadi:[14]



Eufillin preparat tarkibidagi etilendiaminni oldindan neytral xlorid, sulfat yoki atsetat tuziga o'tkazib, so'ngra unga sariq-qo‘ng‘ir natriy rodizonat ta’sir ettirilsa, to‘q binafsha rangli kristall cho'kma hosil bo'ladi:[8]





Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling