Mavzu: Purin-nuleotid guruh preparatalari taxlili


Purin guruh dori moddalarini miqdorini aniqlash usullari


Download 0.63 Mb.
bet3/3
Sana08.11.2020
Hajmi0.63 Mb.
#142565
1   2   3
Bog'liq
Норкобилов С


1.3. Purin guruh dori moddalarini miqdorini aniqlash usullari
Ksantin guruhi preparatlarining miqdori ularning kimyoviy xossalari asosida, turli usullar yordamida aniqlanadi. Masalan, sof kofeinni barcha organik asoslarga o'xshash suvsiz muhitda kislota-asos titrlash usuli bo'yicha aniqlanadi. Bunda preparatning suvsiz atsetat kislota va benzoldagi eritmasini kristall binafsha indikatori ishtirokida suyuqlik sariq rangga o'tguncha, perxlorat kislotaning suvsiz atsetat kislotadagi 0,1 mol/1 eritmasi bilan titrlanadi:[9]



Kofeinning miqdorini yodometrik usul bo'yicha aniqlash farmatsevtik tahlilda keng qo’llanadi. Ayniqsa, undan kofein-natriy benzoatni va murakkab dori turlari tarkibida kofeinni aniqlashda foydalaniladi. Yodometrik usul bo'yicha aniqlashda ma’lum miqdordagi preparatning suvdagi eritmasiga kislotali muhitda 0,1 mol/1 yod eritmasidan aniq hajmda ortiqcha qo'shiladi. So'ngra filtratda reaksiyaga kirishmay qolgan yodning ortiqchasi natriy tiosulfatning 0,1 mol/1 eritmasi bilan titrlanadi. Bu usul kofeinni yod bilan qo'sh molekular poliyodid birikma hosil qilishga asoslangan (reaksiya chinligini aniqlashda keltirilgan).

Yodometrik usul kofein benzoat natriy tarkibidagi kofeinning miqdorini aniqlashda asosiy usul sifatida keltirilgan.[15]

Preparat tarkibidagi natriy-benzoatning miqdori neytrallash usuli bo'yicha aniqlanadi. Bunda kofein benzoat-natriyning suvda eritilgan ma’lum miqdori efir va aralash indikatori (1 tomchi metil ko'ki va 2 tomchi metiloranj eritmasi) ishtirokida xlorid kislotasining 0,1 mol/1 eritmasi bilan titrlanadi;




Teofillin va teobromin miqdori bevosita neytrallash usuli bo'yicha aniqlanadi. Bunda ma’lum miqdordagi preparatning suvdagi eritmasiga aniq hajmda kumush nitratning 0,1 mol/1 eritmasi qo'shiladi va reaksiya natijasida ekvivalent miqdorda ajralib chiqqan nitrat kislotasi fenol-qizil indikatori ishtirokida eritma qizil-binafsha rangga o‘tguncha natriy gidroksidining 0,1 mol/1 eritmasi bilan titrlanadi:[18]

Eufillin miqdorini aniqlashda, uning tarkibini tashkil qiluvchi teofillin va etilendiaminning har qaysisi ayrim holda aniqlanadi. Undagi toefillinni sof teofillinga o‘xshash bevosita neytrallash usuli bo'yicha aniqlanadi.[8]

Bunda avval ma’lum miqdorda tortib olingan preparatni 125-130°C haroratda quritish shkafida bug'latish yo’li bilan etilendiamindan ozod qilib, so’ngra idishda qolgan teofillinning miqdori aniqlanadi.

Eufillin tarkibidagi etilendiamin qoldig’i preparatning suvdagi eritmasida metiloranj indikatori ishtirokida xlorid kislotasining 0,1 mol/1 eritmasi bilan titrlab aniqlanadi:[9]



Diprofillin miqdori undagi azot asosida Keldal usuli bo‘yicha aniqlanadi. Uni yana neytrallash usuli bo‘yicha aniqlash ham tavsiya qilinadi. Bunda ma’lum miqdordagi preparatga piridin va sirka angidridi solingan kolbani qaytar-sovutgichga ulangan holda tegishli vaqtgacha qizdirib, diprofillinni atsetillanadi. Atsetillash natijasida hosil bo’lgan sirka kislotasi fenolftalein indikatori ishtirokida natriy gidroksidning 0,1 mol/1 eritmasi bilan titrlanadi:[9]




1.4. Purin guruh dori moddalarining tibbiyotda qo’llanilishi




Kofein va kofein-natriy benzoat qon tomirlari spazmasida yurak ish faoliyatini yaxshilovchi (kardiotonik) modda sifatida 0,05-0,1 gdan kuniga 2-3 marta ichiriladi.[10]

Kofein-natriy benzoat sof kofeindan suvda oson erishi bilan farqlanadi. Uni 10 %li va 20 %ii eritma holida inyeksiyalarda ham ishlatiladi.

Teofillin va teobromin o‘zaro kimyoviy tuzilishlari bilangina o‘xshash bo‘lib qolmasdan, balki, farmakologik ta’sirlari jihatidan ham yaqindir.

Ular yurak ish faoliyatiga kuchaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Qon tomirlari va bronx mushaklariga kengaytiruvchi (spazmolitik) ta’sir ko‘rsatadi.[12]

Teofillin va teobromin diuretik (siydik haydash) ta’sirga ham egadir. Teofillinni diuretik va bronxolitik modda sifatida 0,1-8,2 gdan kuniga 2-4 marta ichiriladi.

Teofillin hosilalaridan eufillin va diprofillin, asosan, bronxial hamda yurak astma kasalligida va miya qon aylanishini yaxshilovchi modda sifatida ishlatiladi. Eufillinni 0,1-0,15 g dan kuniga 2-4 marta ichiriladi. Eufillin va diprofillinni eritma holida inyeksiyalarda ham ishlatiladi.

Masalan, eufillinning 24 %li eritmasi 1-1,5 ml dan, 12 %li eritmasi esa 2-3 ml dan mushak orasiga yoki 2,4 %li eritmasi 5-10 ml dan venaga yuboriladi. Diprofillinning 10 %li eritmasi 3-5 ml dan mushak orasiga, 2,5 %li eritmasi esa 5-10 ml dan venaga yuboriladi.



Ksantinol nikotinat periferik tomirlami kengaytiruvchi va qon aylanishini yaxshilovchi preparat hisoblanadi. Uni diabet, migren va boshqa ba’zi kasalliklami davolashda 0,15 g dan kuniga 3 marta ichiriladi, 15 %li eritmasi 2 ml dan mushak orasiga yoki venaga yuboriladi. [16]



II.Tajriba qism

2.1. Riboksin dori moddasining DF X bo’yicha to’liq tahlili


Tasvirlanishi-Xidsiz, oq va och sariq tusli oq kristall kukun.

Eruvchanligi- Suvda sekin va qiyin eriydi. Spirtda juda kam eriydi
2.2. Riboksin miqdorini Spektrofotometrik usulda aniqlash

Chinligi: Riboksinning chinligi ham ATF kislotasiga o’xshash, uning tarkibidagi a-riboza qoldig’iga xos ortsin reaktiv ta’sirida ko’k-yashil rangli birikma hosil qilish orqali aniqlanadi.

Preparatning chinligini spektrofotometrik usul bo’yicha ham aniqlanadi. Uning 0.001%li eritmasini to’lqin uzunligi 210nm dan 285nm sohadagi maksimum nur yutish spektri 249nm ga tengdir.Riboksinning miqdori spektrofotometrik usul bo‘yicha aniqlanadi. Uning 0,001 %li suvdagi eritmasining optik zichligini 249 nm to’qin uzunligida spektrofotometrda o’chab, miqdori aniqlanadi.


2.3. Riboksin dori moddasining miqdorini Spektrofotometriya va Keldal usulida aniqlash

Preparatning miqdori yana uning tarkibidagi azot asosida Keldal usuli yordamida yoki fosfat kislota qoldig'i bo'yicha aniqlanadi. Bunda preparatni oldindan nitrat kislota bilan qizdirib gidrolizla­ nadi va hosil bo'lgan eritmadan fosfat kislotani molibden suyuqligi bilan fosfatmolibden kislotaga o'tkaziladi. So'ngra unga birorta qaytaruvchi xossali modda, jumladan, askorbin kislota ta’sirida ko‘k- yashil rangli birikma «molibden ko‘ki»ga o‘tkazib, optik zichligini fotoelektrokolormetrda aniqlanadi.



2.4.Olingan natijalarni matematik-statistik hisoblash
Riboksinni spetkofotometriya usulida hisoblash



V, ml

a,g

X, %

1.

99,83

0,3000

100,0

2.

99,70

0,3010

99,87

3.

99,75

0,3015

99,92

4.

99,71

0,3012

99,88

5.

99,73

0,3010

99,89



  • Foizlar o’sib borishi:

99,87; 99,88; 99,89; 99,92; 100,0

  • O’ratacha qiymati

==

Chetlanish qiymati

d1=|X1-|=|99,87-|=0,04

d2=|X2-|=|99,88-|=0,03

d3=|X3-|=|99,89-|=0,02

d4=|X4-|=|99,92-|=0,01



d5=|X5-|=|100,0-|=0,09

  • Dispersiya

f=n-1n=5 f=5-1=4

  • Dispersiyani hisoblash

S2==

Ayrim aniqlashdagi kvadrat chetlanish

S==

Nazorat mezonini hisoblash



R=|Xmax-Xmin|=|100,0-99,87|=0,13

Q1==

Q2==

Q3==

Q4==

  • Ishonchlilik oralig’ining qiymati



Ishonchlilik oralig’ining o’rtacha qiymati



==0,0655

  • O’rtacha va nisbiy o’rtacha xatolik ( %da)

==0,1466%

==0,0656 %
Argentometriya usulida riboksinni aniqlash




V, ml

a,g

X, %

1.

22,19

0,4000

100,0

2.

22,10

0,4010

99,59

3.

22,08

0,4015

99,50

4.

22,15

0,4012

99,82

5.

22,05

0,4010

99,37



  • Foizlar o’sib borishi:

99,37 99,50; 99,59; 99,82; 100,0

  • O’ratacha qiymati

==

Chetlanish qiymati

d1=|X1-|=|99,37-|=0,29

d2=|X2-|=|99,50-|=0,16

d3=|X3-|=|99,59-|=0,07

d4=|X4-|=|99,82-|=0,16



d5=|X5-|=|100,0-|=0,34

  • Dispersiya

f=n-1n=5 f=5-1=4

  • Dispersiyani hisoblash

S2==

Ayrim aniqlashdagi kvadrat chetlanish

S==

Nazorat mezonini hisoblash



R=|Xmax-Xmin|=|100,0-99,37|=0,63

  • Znachenie kontrolnogo kriteriya

Q1==

Q2==

Q3==

Q4==

  • Ishonchlilik oralig’ining qiymati



Ishonchlilik oralig’ining o’rtacha qiymati



==0,3146

  • O’rtacha va nisbiy o’rtacha xatolik ( %da)

==0,7056%

==0,3156 %

III.Xulosa
Men kurs ishini yozish davomida purin hosilalari guruhiga kiruvchi dori moddalarning olinishi, asosiy sinflari, fizik va kimyoviy xossalari, ularning DF bo’yicha chinligi va miqdorini aniqlash yo’llari, ularning tibbiyotda qo’llanilishi haqida turli adabiyotlar bila tanishib chiqdim.

Keyingi vaqtlarda olimlar tomonidan yaratilgan purin qator sintetik preparatlardan allopurinol, merkaptopurin, azotiopirin va fopurin kabi preparatlar tibbiyotda turli kasalliklarni davolashda keng qo’llanilayotganini o’rgandim.

Bu guruh vakillaridan riboksin preparati chinligi va miqdorini DF bo’yicha hisoblash natijasida olingan natijalarni matematik-statistik usulda qayta hisobladim.

Preparatning molekular tuzilishidagi riboza qoldig’ini aniqlashda unga ortsin (5-metil rezorsin), xlorid kislota va temir (III) xlorid aralashmasidan iborat reaktiv qo‘shib, suv hammo- mida isitilganda, ko‘k-yashil rangga bo‘yaladi. Preparatning miqdori yana uning tarkibidagi azot asosida Keldal usuli yordamida yoki fosfat kislota qoldig'i bo'yicha aniqlanadi. Bunda preparatni oldindan nitrat kislota bilan qizdirib gidrolizla­ nadi va hosil bo'lgan eritmadan fosfat kislotani molibden suyuqligi bilan fosfatmolibden kislotaga o'tkaziladi. So'ngra unga birorta qaytaruvchi xossali modda, jumladan, askorbin kislota ta’sirida ko‘k- yashil rangli birikma «molibden ko‘ki»ga o‘tkazib, optik zichligini fotoelektrokolormetrda aniqlanadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, menga berilgan eufillin preparati DF talabiga javob berdi.



IV.Foydalanilgan adabiyotlar

1.Aksenova E.N., Andrianova O.P., Arzamassev A.P. i dr. Rukovodstvo laboratornыm zanyatiyam po farmatsevticheskoy ximii. M., Meditsina, 1987 g.-412 s.

2. Arzamassev A.P. Senov P.L. Standartnыe obrazsы lekarstvennыx veщestv. M., 1978.- 254 s.

3. Arzamassev A.P., Pechennikov V.M., Radionova G.M. i dr. Analiz lekarstvennыx smesey-M., “Sputnik”, 2000 g.- 276 s.

4.Arzamassev A.P., YAskina D.S. Ultrofioletovыe i infrakrasnыe spektrы lekarstvennыx veщestv, M.,1975.-245 s.

5. Arzamassev A.P.i dr. Farmatsevticheskaya ximiya. M.: «Geotar-Med», 2005.-620 s.

6. Arzamatsev A.P.i dr. Analiz lekarstvennыx smesey. Moskva, 2000 g.-354 s

7. Bazisnaya i klinicheskaya farmakologiya. V 2 t/pod. redak. Katsunga B.G., M.: Binom; 1998 g.

8. Belikov V.G. Laboratornыe rabotы po farmatsevticheskoy ximii M., 1989. -375 s.

9.Belikov V.G. Farmatsevticheskaya ximiya. –Moskva. MEDpress, 2008.

10.Bershteyn I.E., Kaminskiy YU.L. Spektrofotometricheskiy analiz v organicheskoy ximii., L., 1975. -453 s.

11. Bulatov M.I., Kalinkin I.P. Prakticheskoe rukovodstvo po fotokolorimetricheskim i spektrofotometricheskim metodom analiza. L., 1976. -407 c.

12. Gosudarstvennaya farmakopeya, X izd, 1968.

13. Gosudarstvennaya farmakopeya, XI izd, T 1. M. 1987.

14. Gosudarstvennaya farmakopeya, XI izd, T 2. M., 1990.

15. Ibodov A.YU. Farmatsevtik kimyo. I t. Toshkent, Abu Ali ibn Sino, 1996.

16. Ibodov A.YU. Farmatsevtik kimyo. II t. Toshkent, Abu Ali ibn Sino, 1996

18. Kirxner YU. Tonkosloynaya xromatografiya. 1 t. M.. 1981.

19. Kirxner YU. Tonkosloynaya xromatografiya. 2 t. M.. 1981.

20. Loginova N.V., Polozov G.I. Vvedenie v farmatsevtichekuyu ximiyu. Minsk Elektronnaya kniga BGU, 2004.

22. Mashkovskiy M.D. Lekarstvennыe sredstva, M., Meditsina, T. 2. 1998.

22. Mejdunarodnaya farmakopeya (Obщie metodы analiza). Jeneva, 1981, 1 t.

23. Mejdunarodnaya farmakopeya (Sertifikatsii dlya kontrolya kachestva farm preparatov). Jeneva, 1983, 2 t.


VI.Mundarija
Kirish

Mavzuni dolzarbligi va ahamiyati………………………………..2


I. Adabiyotlar sharhi

1.1. Purin guruh dori moddalari olinishi………………………....3

1.2. Purin guruh dori moddalarining fizik-kimyoviy xossalari….6

1.3. Purin guruh dori moddalarini miqdorini aniqlash usullari…10

1.4. Purin guruh dori moddalarining tibbiyotda qo’llanilishi…..14
II.Tajriba qism

2.1. Eufillin dori moddasining DF X bo’yicha to’liq tahlili …..15

2.2. Eufillin tarkibidagi etilendiaminni miqdorini Atsidimetriya usulda aniqlash……………………………………………………16

2.3. Eufillin dori moddasining miqdorini Argentometriya usulda aniqlash……………………………………………………………17

    1. Olingan natijalarni matematik-statistik hisoblash………..18


III.Xulosa…...……………………………………………………22

IV.Foydalanilgan adabiyotlar……………………….…………23

V.Mundarija…………………………………………………….25



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling