Mavzu: Pushti Kishmish, Kishmish Vir. Reja: I kirish II asosiy qism


O’zbekistonda uzumchilikning ahamiyati va zamonaviy invitro usulida ko’paytish istiqbollari


Download 1.25 Mb.
bet6/8
Sana16.06.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1509021
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi Pushti Kishmish, Kishmish Vir

2.4 O’zbekistonda uzumchilikning ahamiyati va zamonaviy invitro usulida ko’paytish istiqbollari
O‘rta Osiyo respublikalarida uzumchilik tarixi uzoq asrlardan boshlangan. O‘rta Osiyo zonasida tok Aleksandr Makedonskiy yurishi boshlagandan oldin ekila boshlagan. I asrlarda ya’ni greklar O‘rta Osiyoni bosib olishida tokchilik va vinochilik yaxshi rivojlangan. Farg‘ona vodiysida feodallar tokchilikni yaxshi rivojlantirib ulardan yuqori sifatli vinolar tayyorlaganlar. Bu vinolarni 10-15 yil saqlaganlar. Arab hukumdorlari O‘rta Osiyo qit’asiga Arabistondan, Hindistondan va Erondan ko‘p miqdorda xo‘raki navlarni olib kelib ekkanlar. Tok o‘simligi O‘rta Osiyoni sun’iy sug‘oriladigan Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, Zarafshon vodiysida, Qashqadaryoda va Xorazmda ko‘p ekilgan. Uzumdan tayyorlangan mayiz, shinnilarni qo‘shni sharq mamlakatlarga va Volga bo‘yi rayonlarga olib borib sota boshlaganlar. Mongollarni O‘rta Osiyoga xujumi dehqonchilikni xarobaga aylantiradi. Shu jumladan tokchilik butunlay yakson bo‘ladi. Lekin tokchilik sekin astalik bilan tiklanadi va shu asrning 2 chi yarmida O‘rta Osiyodagi feodal davlatlarda yoki Xorazmda, Buxoro, Qo‘qonlarda musulmon diniga asosan vino ichish man etiladi. Natijada vinobop uzum navlarini tuplari bilan olib tashlanadi. Lekin hozirgi vaqtgacha vinobop sortlardan Baxtiyoriy, Obak, Vasarg‘a va Buvaki navlari hozirgacha uchraydi. O‘rta Osiyoning Rossiyaga qo‘shilishi bilan xo‘raki so‘rtlar va undan tayyorlangan mayizlar Rossiyani bozorlariga olib borib sotila boshlaydi va shuning bilan bir qatorda vinochilik tez suratlar bilan rivojlanadi. Qrim, Moldaviya, Kavkaz respublikalaridan O‘rta Osiyoga yangi navlar olib kelib ekila boshlaydi. Ayniqsa vino tayyorlaydigan sortlar ana shulardan: Bayan Shirey, Saperavi, Muskat vengerskiy va boshqalar. Bu navlar O‘rta Osiyo respublikalarida o‘zining 2 chi vatanini topib oladi va yaxshi o‘sadi, mo‘l hosil beradi. O‘rta Osiyo uzumchiligini rivojlanishida Rossiya bog‘dorchiligi katta rol o‘ynagan. Keyinchalik Turkiston bog‘dorchilik, uzumchilik zo‘nasiga aylantiriladi. 1911-yildan boshlab tokchilikni rivojlantirishda kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashda yangi tokchilik ko‘chatlarini tashkil etishda va agrotexnika tadbirlarni hosilga kirgan tokzorlarda qo‘llashda judayam katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Tokzorlarning hosili ko‘pincha o‘tkaziladigan materialning sifatiga bog‘liq. Tok urug‘idan va vegetativ qismlari (poyasi, qalamchalari), shuningdek parxeshdan va payvand yo‘li bilan ko‘paytiriladi. Vegetativ ko‘paytirishda tok o‘tqazilgandan 2-3 yildan keyin, urug‘dan ekilganda esa anchagina kech hosilga kiradi. Yangi navlar yetishtirishda seleksiya maqsadlaridagina tok urug‘idan ko‘paytiriladi. Xo‘jalik sharoitida tok qalamchalarini parvarish qilish yo‘li bilan o‘stirilgan ko‘chatlardan ko‘paytiriladi. Kamdan-kam xollarda qulay sharoitda bevosita qalamchalardan ko‘paytiriladi. Uzumni in-vitro usulida sog‘lomlashtirilgan ko‘chatlarni olish uchun maxsus labaratoriyalarda uzum o‘simligining barglari va poyalaridan olingan hujayralarni maxsus ozuqa muxitida ko‘paytirish .O‘tkazilgan ko‘plab tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki uzumning Sapravi, Bayan Shirey, Pushti toifi va Rizamat, Alivka, Velika ,Karnaval,Avatar navlaridan sog‘lom avlod olish uchun eksplantlarni in-vitro usulida ko‘paytirishda bir qancha ozuqa muhitlaridan foydalaniladi. Bu jarayonda Murasiga-Skuga Murashige & Skoog (MS), Woody plant medium (WPM), Anderson Rhododendron (AR) ва Ericsson medium (ER) tarkibida makro va mikro tuzlarning konsentratsiyasi turlicha bo‘lgan ozuqa muhitlaridan foydalaniladi. Sog‘lom birlamchi tok novdalarini olish va in-vitro mikro qalamchalash usuli uchun ozuqa tanlanadi. Ozuqa muhitlarida eksplantlarni kurtak o‘sishi, poyasini rivojlanishi,barg plastinkalarini kattalashishi va ildiz rivojlanishiga taqqoslanadi. Sog‘lom birlamchi tok novdalari steril sharoitda o‘sish-vegetatsiya davrida tok novdasining uchki apikal qismidan olingan eksplantlar sekin o‘sadi va bo‘g‘in oralig‘i qisqa bo‘ladi. Virus, bakteriya zamburug‘lardan holi bo‘lganligini bilish uchun maxsus laboratoriyalarda polimerazali zanjirli reaksiya usuli orqali DNK yoki RNK analiz qildiriladi. Uzumni in-vitro usulida sog‘lomlashtirilgan ko‘chatlarni issiqxonalarda akklimatizatsiya jarayoninida harorat va namlik ta’siri,ozuqa muhitinig tarkibi o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi, yashovchanligi hamda hosildorlikda hosil sifati kabi ko‘rsatgichlari xizmat qiladi. Laboratoriyalarda uzumning quyidagi navlari in-vitro usulida ko‘paytirilmoqda: ALIVKA Ertapishar nav; Yuqori hosildor va sifatli; Kuchli o‘sish xususiyatiga ega; Sovuqqa chidamliligi yuqori(-23-25 ℃) Kasalliklarga chidamli. VELIKA Serhosil; Sovuqqa chidamliligi o‘rtacha (-22℃); Ertapishar; KARNAVAL Erta va o‘rta pishar nav; Zamburug‘li kasalliklarga chidamliligi o‘rtacha; Yuqori hosildor; Kuchli o‘sish xususiyatiga ega; Mevalari yangiligida iste’mol qilinadi. AVATAR O‘rta pishar nav; Mevasi ovalsimon,yirik va mazali; Kuchli o‘sish xususiyatiga ega; Kasalliklarga chidamliligi o‘rtacha. Uzumni in-vitro usulida sog‘lomlashtirilgan ko‘chatlarni issiqxonalarda akklimatizatsiya jarayoninidan o‘tgan ko‘chatlar ekish uchun ona tokzorlar tashkil etiladi. Ona tokzorlar sog‘lom va sifatli qalamchalar tayyorlashga mo‘ljallangan alohida tokzor maydoni. U aprobatsiya,ommaviy, klon va fitosanitariya seleksiyalaridan o‘tgan navdor, sarxil tok ko‘chatlaridan barpo qilinadi.Buning uchun suv bilan yaxshi ta’minlangan, unumdor, tekis joylar tanlanadi,rejalanadi,tuprog‘iga ishlov beriladi,o‘g‘itlanadi va ko‘chatlarning qator va tup oralig‘i 2-2,5 m qalinlikda ekiladi.Tok sim-bag‘azlarda o‘stirilib,ularga ko‘p zangli yelpig‘ichsimon shakl beriladi.Novdalari kuzda 3-5 kurtak qoldirilib kesiladi. An'anaviy usullar bilan ekish materialini yetishtirish bilan solishtirganda (birinchisi ko'proq mehnat talab qiladi). Shuning uchun, ko'pincha in-vitro to'g'ridan to'g'ri olingan material bilan in vivo dalalarini, pitomnikning birinchi maydonini yoki findiq plantatsiyalarini barpo etiladi.


Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling