Mavzu: Pushti Kishmish, Kishmish Vir. Reja: I kirish II asosiy qism


Ilm-fan taraqiyoti yo’lida uzum navlarini yaratish


Download 1.25 Mb.
bet5/8
Sana16.06.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1509021
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi Pushti Kishmish, Kishmish Vir

2.3 Ilm-fan taraqiyoti yo’lida uzum navlarini yaratish
Uzumchilik xalqimizning bogʻdorchilik anʼanasi sifatida juda qadimdan mavjud. Tarixiy manbalarda bu haqda koʻplab maʼlumotlar uchraydi. Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sino asarlarida uzumning shifobaxsh xususiyatlari haqida soʻz borsa, Xitoyning miloddan avvalgi II-I asrlarga mansub “Shiji” solnomasida yurtimiz hududida yashagan oʻtroq aholi uzumchilik bilan shugʻullanishi, har bir xonadonda uzum yetishtirilishi, uning sharbati va shinnisi turli hajmdagi xumlarda qishga saqlab qoʻyilishi haqida hikoya qilinadi. Ilm-fan taraqqiy etgan bugungi kunga kelib, dunyoda zamonaviy uzumchilik va vinochilik sanoati ham misli koʻrilmagan darajada rivojlandi. Ushbu sohani zamonaviylashtirish va unga innovatsiyalarni joriy etishni davrning oʻzi talab qilmoqda. Bugun qoʻllanayotgan uzum navlaridan ularni parvarishlash, meva yetishtirish, yigʻishtirib olish va qayta ishlash texnologiyalarigacha boʻlgan tizim tubdan yangilanadi. Soha ravnaqi borasidagi munosabat va tushunchalarimizni qayta koʻrib chiqib, tarmoq bugungi kun talablariga mos holda yangi bosqichga koʻtariladi.
Darhaqiqat, dunyoda mavjud hosildor va tezpishar uzum navlari seleksiyasi shiddatli kechyapti. Jahon uzumshunoslik fani genetika va seleksiya fanlari bilan hamkorlikda bu ajoyib neʼmatning turli iqlimlarga moslashtirilgan, kasalliklarga chidamli oʻnlab yangi navlarini taqdim qilgan.
Masalaga ilm-fan nuqtayi nazaridan qarasak, dunyo uzumshunoslik reyestridan oʻrin olgan navlarning barchasi xuddi inson “barmoq izlari” kabi oʻzining genlar toʻplamiga ega. Deyarli barcha taniqli navlarning DNK barkodlari yaratilgan boʻlib, dunyo maʼlumotlar bazasida roʻyxatdan oʻtkazish tizimi mavjud. Shu sababli mahalliy va qadimiy tok navlarining hamda xorijdan keltirilayotgan navlarning yurtimiz iqlimiga, oldimizga qoʻyilgan maqsadlarga qay darajada mosligi bilan birga, har bir tok turining intellektual mulk deb hisoblanishiga ham eʼtibor qaratish zarur. Bu, oʻz navbatida, nafaqat oʻz navlarimizni himoya qilish, balki xorijiy navlardan bogʻ-rogʻ yaratib, yetishtirilgan mahsulotni jahon bozoriga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Genomika va bioinformatika markazida molekulyar DNK markerlar yordamida ilk bor Markaziy Osiyodagi 150 dan ortiq uzum navining genetik pasporti yaratildi. Yevropa komissiyasining 1994-yil 20-iyunda qabul qilingan amaldagi GENRES 081 standarti boʻyicha Markaziy Osiyo uzum navlarining maʼlumotlar bazasi shakllantirildi. Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi buyurtmasiga koʻra, uzumning hozir keng ekilib parvarishlanayotgan 135 dan ortiq mahalliy navining genetik pasporti yaratilmoqda. Germaniyalik hamkorlar bilan birga uzum genomining genetik xaritalari tuzilib, kasallikka chidamlilik genlariga genetik birikkan molekulyar markerlar aniqlandi. Ular asosida birinchi marta uzum seleksiyasini ikki barobar tezlashtiradigan, markerlarga asoslangan seleksiya platformasi yaratilib, amaliyotda keng qoʻllanmoqda. Genomika va bioinformatika markazi olimlari tomonidan uzumning qator mahalliy va qadimiy navlari, jumladan, istiqbolli sakkizta navi — shardone, pino-gri, sovinyon, kaberne, dyubre de marsel, puke, qizil malvaziya, alfons lavale navlari In vitro usulida koʻpaytirildi. Sanoatbop uzumning 8 navi uchun import oʻrnini bosuvchi maxsus sunʼiy ozuqa muhiti tuzib chiqildi va ular samarali ravishda In vitro usulida yaratildi. Eksport salohiyati yuqori boʻlgan mahalliy xoʻraki uzum navlarining urugʻsiz muqobillarini yaratish boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Bunday navga xos In vitro ozuqa muhiti Qishloq xoʻjaligi vazirligi laboratoriyalarida va qator xususiy mahalliy kompaniyalarda ham yaratilmoqda. Asosiy maqsad, mamlakatimizdagi eskirgan va deyarli hosil bermay qoʻygan tokzorlarni yangilab olish va hosildorlikni tiklashdir. Xatirchi tumanida Amir Temur davridan buyon yetishtirib kelinayotgan, eng qadimiy oqdum va ommalashgan qizildum uzum navlari In vitro sharoitida qayta tozalanib, yangi sogʻlom koʻchatlar olishga kirishildi. Genetik tahlillar va molekulyar pasportlash ishlari olib borildi. Natijada oqdum qizildumga nisbatan qadimiy nav ekani aniqlandi. Qisqa muddatda bu ikki nav uchun yangi ozuqa muhiti yaratilib, maxsus oʻstirish va klonlash yordamida virus va boshqa infeksiyalardan tozalanib, sogʻlomlashtirildi. Ahamiyatli jihati, ular yurtimiz sharoitida zamonaviy In vitro usulida olingan va fermerning bir gektar dalasiga yetib borgan ilk nihollar hisoblanadi. Hozir ular toʻliq mevaga kirdi va yuqori hosildorlikni namoyon etmoqda. Endigi vazifa esa qalamchalash usuli bilan bu koʻchatlardan bir necha yuz minglab nihol tayyorlab ekish va tokzorlarni yangilashdir. Bu qadimiy navlar boshqa hududlarga ham tarqatilmoqda. Xususan, Namangan viloyati Chust tumanini innovatsion hududga aylantirish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi doirasida tumandagi “Yangi tomorqa xizmati” fermer xoʻjaligining bir gektar yeriga In vitro usulida olingan oqdum va qizildum navlari koʻchatlari ekilgan. Kelgusida qalamcha usulida koʻpaytirilib, tayyor boʻlgan nihollardan yangi uzumzorlar tashkil etiladi.
Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida ham shunday koʻchatzor tashkil qilinmoqda. Mazkur hududdagi 5 ming gektar uzumzorni yangilash haqida topshiriq berilgan. Bu borada koʻlamli ishlar bajarilmoqda.
Innovatsion rivojlanish vazirligi oldida qisqa muddatda Rossiya va Chilidagi qator ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik oʻrnatish va uzumchilikdagi ilgʻor texnologiyalarni sohaga joriy etish vazifasi turibdi. Rossiyada bu sohada katta yutuqlarga erishgan maskan Kurchatov instituti milliy tadqiqotlar markazidir. Oxirgi ikki yilda markazda uzumning Rossiya tarixidan maʼlum boʻlgan qadimiy navlari genomlari toʻliq oʻqildi va uzumchilik klasteri rivojlanishida asosiy ishtirokchiga aylandi. Hozirgi kunda 4 ming gektardan ortiq maydonda uzumchilik va vinochilik sohasida genetik tadqiqotlar oʻtkazilmoqda.
Vazirlik mutasaddilari va tadqiqotchilar ishtirokida Kurchatov instituti olimlari bilan videokonferensaloqa tarzida uchrashuv tashkil etilib, amaliy hamkorlik va istiqboldagi rejalar muhokama etildi. Birlamchi qadam sifatida Kurchatov instituti bilan birgalikda oʻzaro hamkorlik bitimini imzolashga kelishildi.
Mazkur hamkorlik doirasida joriy yil yakuniga qadar uzumning 10 ta mahalliy va qadimiy navi (jumladan, oqdum va qizildum navlari) hamda vinochilik va oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan mikroorganizmlarning bir necha noyob shtammlari tanlab olinib, toʻliq genomlari oʻzbek olimlari ishtirokida Kurchatov institutidagi katta hajmli DNK sekvenatorlarda oʻqiladi.
Aniqlangan genom axboroti asosida uzum seleksiyasi uchun yangi avlod genom texnologiyalarini yaratish hamda uning asosida uzumning yuqori mahsuldor urugʻsiz (danaksiz) navlarini yaratish texnologiyalari ishlab chiqiladi. Hamkorlik doirasida hozir mavjud istiqbolli Rossiya navlarini Oʻzbekistonga olib kelib, In vitro sharoitda koʻpaytirishni yoʻlga qoʻyish hamda In vitro koʻpaytirish texnologiyasini oʻzlashtirish va joriy qilish ham koʻzda tutilmoqda.
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya institutidagi mikroorganizmlarning sanoat shtammlari genomlari Kurchatov institutining 2500 dan ortiq shtammiga qiyosiy oʻrganilib, institutdagi kolleksiyada mavjud boʻlmagan yangi shtammlar bilan boyitiladi hamda vinochilikda oʻzbek brendi sifatini oshirish uchun yangi shtammlar sanoatga joriy qilinadi.
Xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshiradigan yana bir ishimiz Chili tajribasini yoʻlga qoʻyishdan iborat. Bejiz bu davlat tajribasini oʻrganish va u yerdagi ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlik oʻrnatishga kirishilmadi. Sababi, Chili uzum va vinochilik klasterida qoʻshimcha qiymat yarata olgan eng ilgʻor davlatlardan, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Masalan, Chilidagi Talka universitetining qishloq xoʻjaligi fanlari fakulteti negizida uzumchilik va vinochilik texnologiyalari markazi faoliyat koʻrsatadi. Markazdagi 5 ta laboratoriya kichik ishlab chiqaruvchilarning anʼanalarini saqlab qolish, ularni ragʻbatlantirish va vinochilikda tannarxni arzonlashtirish bilan birga, qoʻshimcha qiymat yaratish maqsadida mahsulotlarni sopol idishlarda ishlab chiqish, saqlash va tarqatish uchun prototiplar yaratilishini doimiy qoʻllab-quvvatlaydi. Bu yoʻnalishda muntazam izlanishlarni yoʻlga qoʻygan. Sunʼiy intellekt yordamida turli hududlarda yetishtirilayotgan uzumzorlar hosildorligini prognozlaydi va uzum navlarining genetik sofligini taʼminlaydi.
Bunday yangiliklar joriy qilinishi mamlakatda kambagʻallikni qisqartirish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Xonadon uzumchiligi esa unutilgan asriy anʼanamizni tiklash bilan birga, xususiy tadbirkorlikning yangi shakllariga yoʻl ochadi. Fransiya, Ispaniya kabi mamlakatlarda ana shunday xonadonlarning oʻz mashhur brendlari bor. Ular mahsulotlarini bir qancha mamlakatlarga eksport qiladi. Endi bunday imkoniyat yurtimiz mirishkorlari uchun ham yaratiladi.


Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling