Mavzu: q аndоlаt mахsulоtlаri ishlаb chiqаrish


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana04.02.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1158164
1   2   3   4   5
Bog'liq
loyha dastur 1

I. NAZARIY QISM 
1.5.Klass. 
Ob’ektga yoʻnaltirilgan dasturlash tushunchasi. Yuqoridagi ikkita 
konsepsiyani amalga oshirish uchun C++ tilida sinflar ishlatiladi. Sinf termini bilan 
ob’ektlar tipi aniqlanadi. Sinfning har bir vakili (nusxasi) ob’ekt deb nomlanadi. Har 
bir ob’ekt oʻzining alohida holatiga ega boʻladi. Ob’ekt holati uning ma’lumotlar-
a’zolarning ayni paytdagi qiymati bilan aniqlanadi. Sinf vazifasi uning funksiya-
a’zolarining sinf ob’ektlari ustida bajaradigan amallar imkoniyati bilan aniqlanadi. 
Berilgan sinf ob’ektini yaratish konstruktor deb nomlanuvchi maxsus 
funksiya-a’zo tomonidan, oʻchirish esa destruktor deb nomlanuvchi maxsus 
funksiya–a’zo orqali amalga oshiriladi. Sinf ichki ma’lumotlarini murojaatni 
cheklab qoʻyishi mumkin. Cheklov ma’lumotlarni ochiq (public), yopiq (private) va 
himoyalangan (protected) deb aniqlash bilan tayinlanadi. Sinf, shu tipdagi 
ob’ektning tashqi dunyo bilan oʻzaro bogʻlanishi uchun qatʻiy muloqot shartlarini 
aniqlaydi. Yopiq ma’lumotlarga yoki kodga faqat shu ob’ekt ichida murojaat qilish 
mumkin. Boshqa tomondan, ochiq ma’lumotlarga va kodlarga, garchi ular ob’ekt 
ichida aniqlangan boʻlsa ham, dasturning ixtiyoriy joyidan murojaat qilish mumkin 
va ular ob’ektni tashqi olam bilan muloqotyaratishiga xizmat qiladi. Yaratilgan 
ob’ektlarni, ularni funksiya–a’zolariga oddiygina murojaat orqali amalga 
oshiriluvchi xabarlar (yoki soʻrovlar) yordamida boshqarish mumkin. Keyinchalik 
Windows xabarlari bilan adashtirmaslik uchun soʻrov termini ishlatiladi. Vorislik – 
bu shunday jarayonki, unda bir ob’ekt boshqasining xossalarini oʻzlashtirishi 
mumkin boʻladi. 
Vorislik orqali mavjud sinflar asosida hosilaviy sinflarni qurish mumkin 
boʻladi. Hosilaviy sinf (sinf– avlod) oʻzining ona sinfidan (sinf-ajdod) ma’lumotlar 
va funksiyalarni vorislik boʻyicha oladi, hamda ular satriga faqat oʻziga xos boʻlgan 
qirralarni amalga oshirishga imkon beruvchi berilgan va funksiyalarni qoʻshadi. 
Ajdod sinfdagi himoyalangan berilgan-a’zolarga va funksiyaa’zolarga ajdod sinfda 
murojaat qilish mumkin boʻladi. Bundan tashqari, hosilaviy sinfda ona sinf 


funksiyalari qayta aniqlanishi mumkin. Demak, vorislik asosida bir-biri bilan “ona-
bola” munosabatidagi sinflar shajarasini yaratish mumkin. Asosiy sinf termini 
sinflar shajarasidagi ona sinf sinonimi sifatida ishlatiladi. Agar ob’ekt oʻz 
atributlarini (ma’lumotlar-a’zolar va funksiyalar–a’zolar) faqat bitta ona sinfdan 129 
vorislik bilan olsa, yakka (yoki oddiy) vorislik deyiladi. Agar ob’ekt oʻz atributlarini 
bir nechta ona sinflardan olsa, toʻplamli vorislik deyiladi. 
Polimorfizm – bu kodning, bajarilish paytida yuzaga keladigan holatga 
bogʻliq ravishda uning turli xil amallarni bajarish xususiyatidir. Polimorfizm – bu 
faqat ob’ektlar xususiyati boʻlmasdan, balki funksiyalar-a’zolar xususiyatidir va ular 
xususan, bitta nomdagi funksiya-a’zoni, har xil tipdagi argumentlarga ega va 
bajaridagan amali unga uzatiladigan argumentlar tipiga bogʻliq boʻlgan 
funksiyalardanfoydalanish imkoniyatini beradi. Bu holatga funksiyalarni qayta 
yuklash deyiladi. Polimorfizm amallarga ham qoʻllanishi mumkin, yaʻni amal 
mazmuni (natijasi) operand (berilgan) tipiga bogʻliq boʻladi. Polimorfizmning 
bunday tipiga amallarni qayta yuklash deyiladi.
Polimorfizmning yana bir taʻrifi quyidagicha: polimorfizm – bu asosiy 
sinfga koʻrsatgichlarning (murojaatlarning), ularni virtual funksiyalarini 
chaqirishdagi turli qiymatlarni qabul qilish imkoniyatidir. C++ tilining bunday 
imkoniyati kechiktirilgan bogʻlanish natijasidir. Kechiktirilgan bogʻlanishda 
chaqiriladigan funksiya-a’zolar adreslari dastur bajarilishi jarayonida dinamik 
ravishda aniqlanadi. Anʻanaviy dasturlash tillarida esa bu adreslar statik boʻlib, ular 
kompilyasiya paytida aniqlanadi (oldindan bogʻlanish). Kechiktirilgan bogʻlanish 
faqat virtual funksiyalar uchun oʻrinli. 
C++ tili ob’ektga yoʻnaltirilgan dasturlash prinsiplarini qoʻllab quvvatlaydi. Bu 
prinsiplar quyidagilardan iborat: 1. Inkapsulyasiya 2. Vorislik 3. Polimorfizm. 



Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling