Mavzu: Qadimgi Rimdagi siyosiy ta’limotlar. Reja
Mark Tulliy sitseron (M.avv.106-43 yy)
Download 25.06 Kb.
|
1 2
Bog'liq6-мавзу.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avreliy Avgustin (354-430 yy)
- Avreliy Avgustin inson hayoti evolyusiyasini o‘rganib uni davrlashtirgan.
Mark Tulliy sitseron (M.avv.106-43 yy)-taniqli Rim noibi, davlat arbobi va mutafakkir. Ko‘p yillar davomida Rim Respublikasida noib, siyosiy faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lgan. Kvitor, konsul bo‘lib ishlagan. Ayniqsa, siyosat, davlat masalalarigakatta e’tibor qaratgan.
“NOTIQ HAQIDA” “DAVLAT HAQIDA” “QONUNLAR TO‘G‘RISIDA” “MAJBURIYaTLAR XUSUSIDA” Mark Tulliy sitseron “DAVLAT”, “HUQUQIY DAVLAT”g‘oyasini asoslab bergan mutafakkirlardan biri. U haqiqiy davlatni- xalqning ishi, mulki sifatida ta’riflaydi. Uning fikricha, davlat nafaqat barcha erkin kishilarning umumiy manfaatlarini ifoda etuvchi, balki muvofiqlashgan, kelishilgan huquqiy muomala hamdir. Sitseron tabiiy huquq har qanday davlatdan oldin qaror topgan, deb hisoblaydi. Davlat o‘zining mohiyatiga ko‘ra tabiatda mavjud bo‘lgan adolat va huquqning gavdalanishidir. Uning fikricha, davlat paydo bo‘lishining asosiy sababi-kishilarning zaifligi va ularning qo‘rquvi emas (Polibiy qarashi bo‘yicha), blki ularning o‘zlari bilan tug‘ilgan birgalikda yashash ehtiyojidir. Sitseron davlat va mulkning azaldan aloqadorligini ta’kidlab, mulkni himoya qilish-davlat tashkil topishining asosiy sababidir, deb hisoblaydi. Xususiy va davlat mulki daxlsizligining buzilishini sitseron davlat va huquqning oyoq osti qilinishi va buzilishi sifatida tavsiflaydi. Sitseron davlat tuzilishi turli shakllarining mezonini davlatni idora etuvchilarning “xarakteri va irodasi”dan izlaydi. Boshqaruvning uchta oddiy shaklini: Podsho hokimiyati-bu oliy hokimiyat bir kishi qo‘lida to‘plangan davlat tuzilishidir; Optimatlar hokimiyati-oliy hokimiyat saylangan bir to‘da kishilar qo‘lida bo‘lgan davlat boshqaruvidir; Xalq hokimiyati (demokratiya)-bu barcha hokimiyat xalq qo‘lida to‘plangan jamoadir. Sitseron fikricha, davlatchilikning buzilishi davlat tuzimining eng yaxshi, aralash turi sharoitida to‘xtatish mumkin. ARALASh DAVLAT-bu davlatning yaxshi, oqilona shaklidir. U boshqaruv uchta oddiy shakllarining yaxshi xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtiruvi natijasida shakllanadi. Uning ta’kidlashicha, hokimiyatning bir qismi ilg‘or birinchi safdagi kishilarga qaratilishi va berilishi, uning ayrim ishlari esa xalqning hukmiga va irodasiga havola etilishi maqsadga muvofiqdir. ARALASh DAVLAT tuzumining eng muhim belgisi-davlatning mustahkamligi va uning fuqarolarining huquqiy tengligidir. Sitseron aralashgan davlatda u yoki bu tomonga og‘ib ketishlikning xavfli ekanligini ko‘rsatadi. Mark Tulliy sitseron o‘zining ijodida va siyosiy faoliyatida(senator,kvestor, pretor, konsul lavozimlarida) alohida kishilarning to‘la hokimiyatiga, jumladan harbiy diktaturaga qarshi chiqadi. U senat Respublikasi tuzimini, uning an’analarini himoya qiladi. Xristianlik milodning boshlarida Rim imperiyasi hududida paydo bo‘lgan. Bu din ilgari turli-tuman g‘oya va tasavvurlarga tayanib mavjud tartiblarni tanqid qilib kishilarning umumiy tengligi va erkinligini targ‘ib qilib chiqadi. Ilk xristianlikning tashabbuskorlari barcha boylar va hukumdorlarga hujumlar va la’natlar bilan chiqishadi. Imperiyadagi tartiblarni qoralaydi, kishilarning erkin va qullarga bo‘linishini inkor etadi. Millodning 2 asriga kelib xristian jamoalari hayotida muhim o‘zgarishlar bo‘ldi, jamoa rahbarlarining hokimiyati kuchaydi, cherkov amaldorlari shakllandi. Bu bilan birga rasmiy diniy ta’limot shakllanish jarayoni yuz berdi. Cherkov hokimiyatga bo‘ysunishni, itoat etishni targ‘ib qilib va zo‘ravonlikka qarshilik ko‘rsatishni qoralab, har qanday hokimiyatning ilohiy xarakteriga e’tibor qaratadi. Bu davrda xristian ta’limoti va siyosiy mafkurasining taniqli vakili sifatida Avreliy Avgustin (354-430 yy) maydonga chiqadi. Aflotun, sitseron asarlarini o‘rgangan, keyinchalik 395 yildan umrining oxirigacha Gipponda(Shim.Afrikada)yepiskop bo‘lib xizmat qilgan. Avreliy Avgustinning siyosiy qarashlari uning: “TANGRI JAMIYaTI (GRAD) HAQIDA); “ERKIN IRODA HAQIDA” kabi asarlarida bayon qilingan. Uning fikricha, barcha sotsial davlat va huquqiy muassasalar, ko‘rsatmalar insonning inson sifatida qilgan gunohlarining oqibatidir. U “TANGRI JAMIYaTI (GRAD) HAQIDA)”gi asarida: “Odam Ato va Momo havoning buyuk jinoyati natijasida paydo bo‘lgan inson zoti shunga olib keldiki, “insonning tabiati yomon tomonga o‘zgardi va gunohga va muqarar o‘limga, aybdor bo‘lishlik avlodlarga berildi”. Bu gunohkorlikning o‘zi tangri taolo tomonidan oldindan belgilab qo‘yilgan. Avreliy Avgustin inson hayoti evolyusiyasini o‘rganib uni davrlashtirgan. Chaqaloqlik, bolalik (xotira rivojlanadigan vaqt) O‘spirinlik(“pastki aql”ning, ahloqiy ongning tarqalishi) Qarilik boshlanishi (ruhning tangriga yetishishi)davrlariga bo‘ladi. U insoniyatning eng yetuk va ulug‘ yoshi - bu dinning tantanasi deb biladi.Uning fikricha, xristianlikning tantanasi tomon tarixiy harakatning keyingi davri Xristosning tug‘ilishidan boshlab to uning ikkinchi kelishigacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga qamrab oladi. Download 25.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling