Mavzu: Qadimgi Xitoy
Download 359.26 Kb.
|
Mavzu Qadimgi Xitoy
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
XULOSAQadimgi Xitoy haqida xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, qadimgi Sharq madaniyati, davlatchilik tarixini u davlatsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki qadimgi Xitoy alohida ahamiyat kasb etgan o‘ziga xos madaniyatni o‘zida mujassam etgan. Qadimgi Xitoy davri dastlabki davlat birlashmalari bo‘lgan o‘sha qadimgi Shan davlati, undan so‘ng Chjou davlati, Sin sulolasi va Xan sulolalari davlati yashagan davrlarni o‘z ichiga oladi ya‘ni mil. avv uchinchi mingyillik o‘rtalaridan boshlab to milodiy 220-yilgacha, Xan davlati uchta davlatga bo‘lib ketgungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu katta davr ichida Xitoyda ancha o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Uning sivilizatsiyasi ham boshqa Sharq davlatlari singari daryo bo‘yida boshlangan. Daryodan oqib keluvchi serunum tuproq sun‘iy sug‘orma dehqonchilik uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Rivojlangan sun‘iy sug‘orma dehqonchilk keyinchalik o‘ziga xos madaniyat yutuqlariga erishishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu davrda xitoyliklar dunyo ahamiyatiga molik kashfiyotlar qilishgan. Bularga misol tariqasida mil. avv 5 asrda kashf qilingan ipak, mil. avv 1 asrda qog‘ozni, yer qimirlashini avvaldan biluvchi seysmograf, dunyo tomonlarini aniqlab beruvchi kompas( u har doim janubni ko‘rsatib turgan), iyerogliflardan iborat yozuv ( keyinchlik bu yozuv koreys, yapon hamda vetnam yozuvlariga asos bo‘lib xizmat qilgan)ni va boshqa ixtirolarni keltirishimiz mumkin. Xan sulolasini buyuk imperatori U Di (mil. avv 140-87 yy) hukumronligi davrida nafaqat Sharqda balki butun Osiyo va Yevropada katta ahamiyatga ega bo‘lgan Buyuk ipak yo‘lini ochilishi savdo-sotiq, madaniy aloqalarni almashishiga xizmat qilgan. Buyuk ipak yo‘li orqali sharqiy Osiyodagi Sariq dengizi bo‘yidagi davlatlar Xitoy hududidan o‘tib, sharqiy Turkiston, O‘rta Osiyo, Eron, Old Osiyo, Kichik Osiyo hududidan o‘tib Yevropa hududlarigacha borgan. Uni yo‘nalishidagi davlatlar ancha rivojlangan, bir-birlari bilan doimo aloqalar qilib turishgan. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:Каримов И. Юксак маънавият – енгилмас куч. –– Т.: Маънавият, 2008. O‘zbekiston Respublikasi Ensiklopediyasi. – Toshkent, Sharq, 2000-2004. Sagdullayev A. Qadimgi dunyo tarixi. – Toshkent: Sharq, 2008. Download 359.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling