Mavzu: Qadriyat tushunchasining ma'nosi va uning turlari. Falsafa tarixida qadriyatlarga oid qarashlar Reja


Download 27.5 Kb.
bet4/5
Sana29.10.2023
Hajmi27.5 Kb.
#1733412
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu Qadriyat tushunchasining ma\'nosi va uning turlari. Falsaf

Qadriyat o’zi nima?
Qadriyat tushunchasi nihoyatda hilma-hil ma`noda, turli sohalarda qo’llaniladi.
Qadriyatning kundalik hayotdagi ma`nosi kishilar o’rtasidagi muloqotlarda, ommaviy ahborot vositalarining habarlarida o’ziga hos tarzda namoyon bo’lmoqda. Kundalik hayotda, ko’pchilik nazarida narsalar (masalan, qimmatbaho buyumlar, taqinchoqlar), tabiat hodisalari, ijtimoiy voqealar, jamiyatdagi talablar, orzu-umidlar, an`ana va marosimlar, madaniy boyliklar va boshqalar qadriyat sifatida tushuniladi. Bundan tashqari, odamlar o’zlari ishonib, gohida intilib, qiziqib yoki orzu qilib yashaydigan maqsad, orzu yoki ideallarga ham «qadriyat» tushunchasini qo’llaydilar. Hullas, kundalik hayotda ko’pchilik tomonidan qo’llaniladigan «qadriyat» iborasi, odamlar uchun biror zarur ahamiyat kasb etadigan ob`ekt, narsa, hodisa va boshqalarga nisbatan ishlatiladi.
Tabiat va madaniyat buyumlarining inson ehtiyojini qondirishi va uning maqsadlariga hizmat qilishi ta`kidlanganida, asosan ularning foydasi, qimmati nazarda tutiladi. Haqiqatan ham, buyumlarning iqtisodiy qimmati kishilar uchun katta ahamiyat kasb etadi. Ammo buyumning qadri hisobga olinmasa, masalaning aksiologik jihati ochilmaydi. Qadriyat kategoriyasi buyum yoki narsalarning iqtisodiy qimmatini ifodalaydigan tushunchadan farq qiladi.
Shu ma`noda qadriyat narsa va buyumlarning qimmatiga nisbatan qo’llanilmasdan, balki inson uchun biror ahamiyatga ega bo’lgan voqelikning shakllari, holatlari, narsalar, voqealar, hodisalar, jarayonlar, holatlar, sifatlar, talab va tartiblar va boshqalarning qadrini va ijtimoiy ahamiyatini ifodalash uchun ishlatiladigan falsafiy kategoriyadir. Bu kategoriya o’zida qadriyat ob`ektining nafaqat qimmatini, balki ijtimoiy ahamiyatini, falsafiy-aksiologik mazmunini, jamiyat va inson uchun qadrini ham ifodalaydi.
Qadriyat, baho va qadr. Qadriyatlar muammosiga bag’ishlangan (asosan rus tilidagi) ilmiy-falsafiy manbalarning ko’pchiligida qadriyat (cennost’) tushunchasini baho (ocenka) tushunchasi bilan qiyoslash, ularga bir hil daraja va ko’lamdagi tushunchalar sifatida qarash hollari uchraydi. Bu ikki tushuncha qiyoslanayotganda, qadr tushunchasi e`tiborga olinmaydi. Balki, bunday holga rus tilidagi «ocenka» va «cena» so’zlarining o’xshash ma`noli (ko’proq iqtisodiy) tushunchalar ekanligi sabab bo’lishi ham mumkin. Rus tilida qadr iborasi ishlatilmaydi, uning ruscha tarjimasi yo’q. Qadr tushunchasi o’zbek tilida serqirra ma`no va mazmunga ega, u tilimizdagi ba`zi ibora va so’zlarda o’ziga hos sharqona falsafiy mazmun borligidan dalolat beradi.
Qadriyatning mazmuni va ahamiyati «baho» tushunchasida to’la-to’kis aks etmasligi, turlicha ifodalanishi ham mumkin. Qadriyatning haqiqiy qadrini, mazmuni va ahamiyatini bahosiga qarab aniqlash qiyin bo’ladigan hollar ham uchraydi. Aslida qadriyatning qadrini bilish, uning ahamiyatini anglab olish va baholash bir-biri bilan uzviy bog’liq jihatlarni tashkil qiladi. Qadriyatning ahamiyati anglab olinmasa, qadri tug’ri tushunilmasa, unga tug’ri baho berib bo’lmaydi. Aynan shu ma`noda qadriyatni baholash unga bo’lgan munosabatni ham ifodalaydi, bu esa o’z navbatida kishilarning talablari, ehtiyojlari va maqsadlari bilan bog’liqdir. Qadriyatni baholashda qancha hilma-hil maqsad va ehtiyojga ega bo’lgan kishilar ishtirok etsa, uning haqiqiy bahosini aniqlash ham shuncha qiyinlashib boraveradi.
Qadriyatning ob`ekti va sub`ekti. Qadriyatshunoslikda qadriyat tushunchasi bilan bu tushuncha boQlangan ob`ekt o’rtasida farq bor, deb qaraladi. Agar qadriyat berilgan qadrni ifodalaydigan falsafiy tushuncha sifatida qaralmasa, unga ta`riflarning son-sanoqsiz bo’lishi aniq. Negaki, dunyoda qadrlanadigan narsalar, hodisalar, voqealar, jarayonlar, joylar va sifatlar, ideal va maqsadlar nihoyatda ko’p. Qadriyat tushunchasi esa ularning birortasi uchun tug’ridan-tug’ri ism, atama yoki bevosita nom bo’la olmaydi, balki ularning qadrini anglatadigan tushuncha sifatida namoyon bo’ladi.
Qadriyatlar va ijtimoiy jarayonlar. Odamlar bitta jamiyatda, bir davrda va o’xshash sharoitlarda yashayotganliklariga qaramasdan, u yoki bu narsaning qadri turlicha anglab olinadi, tushuniladi va talqin qilinadi. Ijtimoiy jarayonlar ta`sirida kishilarning qadriyatlar tug’risidagi tasavvuri, qarashlari o’zgaradi, bu esa taraqqiyot jarayonida odamlarning turmush sharoitlari, hayoti va ma`naviy qiyofasidagi o’zgarishlar bilan bog’liqdir.
Ana shunga ko’ra, hammada ham qadrlash tuyg’usi doimo bir hil bo’lavermaydi, ijobiy va salbiy qarashlar, turli hil jihatlar har qanday qadriyatning qarama-qarshi tomonlarini tashkil qiladi. Ijobiyligi va salbiyligi, baholanishi va ahamiyatiga ko’ra bir-biriga mutlaqo ziddek bo’lib ko’rinadigan yahshilik va yomonlik, haqiqat va haqsizlik, baht-saodat va Qam-kulfat, taraqqiyot va tanazzul kabi tushunchalar hayotning bir-biriga zid va chambarchas boQlangan tomonlarini ifodalaydi.
Shuni alohida ta`kidlash kerakki, qadriyatlar jamiyatning rivoji va kishilar hayotining turli davrlarida turlicha ahamiyat kasb etadi, tarixiy zaruriyatga mos ravishda goh u, goh bu qadriyat ijtimoiy taraqqiyotning eng oldingi poQonasiga chiqib oladi, boshqalarini hiralashtirganday bo’lib tuyuladi. Natijada ijtimoiy rivojlanish va taraqqiyot qonuniyatlariga mos ravishda, oldinga chiqib olgan qadriyatni barqaror qilishga intilish nisbatan kuchayadi. Masalan, yurtni yov bosganida – ozodlik, imperiya hukmronligi nihoyasida — istiqlol, urush davrida — tinchlik, tutqunlikda — erkinlik, kasal va bemorlik onlarida — salomatlikning qadri oshib ketadi, ularga intilish kuchayadi.
Ta`lim tarbiyaning muhim omillari bo’lgan qadriyatlarning namoyon bo’lish shakllari orasida o’z ahamiyatini, ijobiylik hususiyatlarini doimiy saqlab qoladiganlari ham bor. Bular — inson vujudining tirikligi, umri va hayoti, sihat-salomatligi, mehnati, bilimi, muomalasi. ular inson va jamiyat bor ekan, o’zining ijtimoiy ahamiyatini saqlab qolaveradi. Afsuski, ularning qarama-qarshisi bo’lgan kasallik, ma`nosiz hayot kechirish, bilimsizlik va boshqalar ham tarixiy jarayonlarning hamrohi. Tiriklik bor ekan — o’lim, borliq eng buyuk ma`vo ekan — yo’qlik, inson tirik jonzod ekan — kasallik, hayot kechirishdan maqsad mazmunli umr ekan — ma`nosiz qo’yilgan ba`zi qadamlar, yashashning zaruriy shartlaridan biri bilish va anglash ekan — bilimsizlik, taraqqiyotga intilish bor ekan — tanazzul va boshqalar insoniyatni doimo ta`qib qiladi. Yuqoridagi ijobiy qadriyatlarning ahamiyati ham ularga teskari bo’lgan jihatlarga nisbatan aniqlanadi. YOshlarda, ayniqsa, talaba va o’quvchilarda ma`naviy etuk tuyg’ularni shakllantirishda ana shunday aksiologik bog’liqliklarning botiniy va zohiriy tomonlarini o’rgatish katta ahamiyat kasb etadi.
Qadriyatlar tizimi. Har qanday jamiyat, ijtimoiy-tarixiy birliklar (uruQ, qabila, elat, halq, millat), ijtimoiy sub`ektlar va boshqalar o’ziga hos qadriyatlar tizimiga ega bo’ladi. Bu qadriyatlar tizimida asosiy bo’lmagan qadriyatlar muayyan qatorni tashkil qiladi, turli holatlarda namoyon bo’ladi. Jamiyat rivojining muayyan davri yoki biror davlatda ham ana shunday qadriyatlar tizimi mavjud bo’ladiki, u o’sha davr, jamiyat va davlat kishilari, ularning faoliyati uchun umumiy mezon vazifasini o’taydi. Har bir ijtimoiy tarixiy birlik, sinf va partiyalar ham ana shunday qadriyatlar tizimi asosida faoliyat ko’rsatadilar, ulardan foydalanadilar yoki ularga erishishning turli usullarini qo’llaydilar.
U yoki bu qadriyatning ahamiyatini aniqlashda ana shunday tizimlar mavjud ekanligini unutmaslik, uning biror davr, ijtimoiy birlik, soha, jarayon va boshqalar uchun qanday mavqega ega ekanligini nazardan qochirmaslik lozim.
Qadriyatlarning namoyon bo’lish shakllari. Bir qarashda qadriyatlarning shakllari son-sanoqsiz va nihoyatda tartibsizga o’hshab ko’rinadi. Aslida esa bashariyat, olam, tabiat va jamiyatda ajabtovur uyg’unlik mavjud. Qadriyat shakllari ham ularga mos ravishda ana shunday uyunlikda, qonuniy bog’lanishda, umumiy aloqadorlikdadir. Bunday holatda ularning klassifikaciyasida tabiat va jamiyatdagi narsa, voqea, hodisa, jarayonlar muayyan ko’lamda, qadriyat shakllari esa ular bilan bog’liq holda namoyon bo’ladi.
Makon va zamonda ushbu qadriyat ob`ektlari borliqning biror shakli, jihati, voqelikning biror qismi, olamdagi narsalar va atrof-muhitning eng muhim tomonlari sifatida namoyon bo’ladi. ushbu ma`noda qadriyatlarning umumbashariy, umumsayyoraviy va mintaqaviy hamda biror kichik hudud yoki joyga bog’liq bo’lgan shakllarini. ko’rsatish mumkin. Bunda umumiylik, hususiylik va alohidalikning dialektikasi zamonaviy atamalar «global», «zonal» va «lokal» qadriyat ob`ektlarining o’zaro munosabati tarzida zohir bo’ladi.
Jamiyatning yashashi, odamlarning hayot kechirishi uchun yuqoridagi qadriyatlar bilan birga jamiyatdagi umumijtimoiy va umuminsoniy qadriyatlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning jamiyat, uning tuzilishi, ijtimoiy birliklar va ijtimoiy ong shakllariga aloqador turkumlarini ko’rsatish mumkin. Masalan, jamiyatning tuzilishiga hos milliy, sinfiy, irqiy va boshqalar yoki ijtimoiy ongning shakllariga bog’liq: siyosiy, huquqiy, ahloqiy, diniy, hamda jamiyatning asosiy sohalariga bog’liq: iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma`naviy. Ijtimoiy qadriyat shakllari orasidagi farqlar aslo mutlaq emas, balki nisbiydir. ular orasida o’tib bo’lmas chegaralar yo’q.
Bugungi kunga kelib qadriyatlar iborasi nihoyatda mashhur bo’lib ketdi. Uni juda keng ma`noda ishlatish, ayniqsa, madaniy-ma`naviy hodisalar, urf-odatlar, an`analar va boshqalarga nisbatan umumiy nom yoki atama sifatida qo’llash hollari ko’p uchramoqda. Kundalik muloqotda qadri bor narsa, voqea, hodisa, hususiyat va boshqalarni «qadriyat» deb atashga ko’pchilik o’rganib qoldi. Ammo har bir so’z, atama va tushunchaning mohiyati va mazmunini o’ziga siQdiradigan sifat chegarasi bor. U yoki bu tushunchadan ana shu mazmunga sig’maydigan ko’lamni talab qilishning keragi yo’q. Zero, qadriyat tushunchasining ommalashib, mashhur bo’lib ketganligi juda yahshi. Lekin uni yanada kengroq ma`noda yoki zarur bo’lmagan hollarda ham ishlatish bu tushunchaning mazmunini hiralashtirishi, uning mohiyatini ifodalaydigan sifat chegarasini sarobga aylantirib qo’yishi, qadrini tushirishi mumkin.
Halqimizning «Qadrsiz qadriyat yo’q!», «Qadrlanmaydigan qadriyat sarobga o’xshaydi», degan hikmatlari bor. Ana shu sababdan ham, mamlakatimiz taraqqiyoti hozirgi davrining yuksak ifodalari bo’lgan istiqlol, buyuk kelajak, vatanparvarlik, insonparvarlik, demokratiya, qonunning ustuvorligi kabi serqirra qadriyatlarni nihoyatda qadrlashimiz lozim. Ularning birinchisi — istiqlol e`lon qilgan O’zbekiston taraqqiyotining yangi asr bo’saQasidagi asosiy haqiqati, ikkinchisi - istiqboldagi eng oliy orzu-idealimiz, boshqalari esa qurilayotgan jamiyatimizning ijtimoiy va ma`naviy tamoyillarini belgilaydigan purma`no qadriyatlarimizdir.
Inson qadri. Istiqlol inson qadri, uning manfaat va ehtiyojlari bilan bog’liq masalalarni dolzarblashtirib yubordi. Inson qadri uning ijtimoiy hususiyatlari, jamiyatda amalga oshirgan faoliyati, boshqalarga va atrof-muhitga munosabati, kamolotga etganligi, ijtimoiy hususiyatlarni o’zlashtirib olganligi va ularni ma`naviy qiyofasida namoyon qila olganligida ham ko’rinadi. Odam bolasining shahsga aylanishi, o’z qadrini va o’zgalar qadrini anglash jarayoni uzoq yillar davom etadi.
Umuman, odamzod naslining hozirgi avlodi uchinchi ming yillikni kutib olayotgan bugungi kunlarda butun dunyoda qadrlash falsafasining umuminsoniy mezonlarini amaliyotda qo’llashga ehtiyoj kuchaydi. Taassufki, inson zoti sayyoramizda yashagan ilk davridan boshlab qadr va qadriyatni ustuvor bilganida, Er yuzining zamonaviy manzarasi butunlay boshqacha tus olgan, kishilikni ekologik bo’hronlar, urush havfi va ma`naviy tanazzul kabi umumbashariy muammolar kutib turmagan bo’larmidi?
Bugungi kunga kelib, insoniyat yana tabiat va odamzod naslining uyg’unligini saqlab qolish uchun qadr va qadriyat nihoyatda zarur ekanligini angladi. HH asrning ohirgi va HHI asrning boshlanishidagi birinchi besh yilliklar BMT tomonidan «Inson huquqlari o’n yilligi» deya e`lon qilinganligi, kishilik jamiyati esa yangi ming yillikka umuminsoniy qadriyatlarni barqaror qilishga bel bog’lab o’tayotganligi bejiz emas. Hozirgi O’zbekistonda inson manfaatlari va haq-huquqlarini ro’yobga chiqarish, qadrlashning umuminsoniy tamoyillarini ustuvor qilish bilan bog’liq faoliyatlar butun jahonda bu boradagi umumiy hamkorlikni mustahkamlash harakatining tarkibiy qismiga aylanmoqda.
Yoshlar va qadrlash tamoyillari. Insonning butun umri shahsiy qadriyatlarni takomillashtirish, o’z qadrini kamolga etkazish, o’zgalar, jamiyat, zamon va undagi sodir bo’layotgan o’zgarishlar qadrini anglashga intilish jarayonidan iboratdir. O’z shahsi va boshqalar qadrini anglab etish uchun insonning kamoloti davomida shakllangan ma`naviy qiyofasi va dunyosi ezgulikka hizmat qilishi, yuksak ijtimoiy sifatlarga ega bo’lishi, uning o’zi esa hayotning mohiyati va maqsadini tug’ri anglaydigan darajada tarbiyalangan bo’lmoQi lozim. Ushbu ma`noda, Suqrotning «O’z o’zingni angla!» — shiori G’oyat katta ahamiyat kasb etadi.
Shaxsning qadri u yashayotgan zamon, undagi jarayonlar, ijtimoiy, tarixiy shart-sharoitlar bilan dialektik aloqadorlikda namoyon bo’ladi. Muhit va davr talablari shahs qadrini shakllantirib, sayqallab boradi, uning o’zi esa o’z qadrining shahsiy talablari, ehtiyojlari va maqsadlari bilan naqadar aloqadorligini chuqurroq anglab olish tomon boradi.



Download 27.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling