Texnika xavfsizligi
Qandlashtirilgan suslani sovutish uchun issiqlik almashinuv uskunalariga xizmat ko’rsatayotgan vaqtda luyklarni ochish man etiladi, belkurak va boshqa narsalar bilan korpusiga urmaslik, barda chiquvchi va bug’ beruvchi trubalarni qul bilan ushlamaslik talab etiladi. Shuningdek elektr uskunalaridan foydalanmaslik va yong’in chiqishini oldini olish uchun sigaret chekish va gugurtdan foydalanish qat’iyan ma’n etiladi. Qurilma ishlayotgan vaqtda monometr va termometr ko’rsatgichlarini nazorat qilib turish kerak. Gidrosistemada bosim ortib ketmasligi kerak. Kolonnani ta’mirlash ishlari tugagach, uning ichidan tuzatish asboblari va boshqa narsalarni olib qo’yish kerak. Spirt sexida ishlayotgan shaxsning ishchi kiyimlari tartibga solingan bo’lishi kerak. Ish joylarida xalaqit beruvchi narsalar bo’lmasligi kerak. Sexni har doim toza tutish zarur. Ish kunining oxirida ishlatilgan asboblar tozalanib xizmat ko’rsatish maydonlari yaxshilab yuvilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |