Mavzu: Qandlashtirilgan suslani sovutish uchun issiqlik almashinuv


Download 0.79 Mb.
bet1/8
Sana05.01.2022
Hajmi0.79 Mb.
#217806
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Muhamedjanova M (Kurs ishi)


Mavzu: Qandlashtirilgan suslani sovutish uchun issiqlik almashinuv

uskunasining loyihasi.



1

2



3

4

5



6

7

8



9

10


Mundarija

Topshiriq

Kirish


O’xshash uskunalar tavsifi

Asosiy uskunaning tuzilishi va ishlash prinsipi

Mahsulotlar hisobi

Uskunalar hisobi

Issiqlik, gidravlik va mexanik hisoblar

Texnika xavfsizligi

Foydalanilgan adabiyotlar

1

2



3

6

11



14
20

24

25



Topshiriq

Kirish

XXI asr kompyuter va texnologiyalar asridir. Hozirda har bir ishlab chiqarish zavod va korxonalarda biror maxsulot tayyor bo’lishi uchun bir yoki bir necha marta turli texnologik jihoz va uskunalar yordamida tayyor bo’ladi. Oziq-ovqat texnologiyasi sohasida ham bu uskunalar va jihozlar orqali insonlarga sifatli mahsulot yetkazib berilmoqda. Hozirda davlatimiz tomonidan innovatsion texnologiyalarni biladigan zamonaviy malakali mutaxassislar yetishishi uchun katta imkoniyatlar yaratilmoqda. Biz bu kurs ishimizda spirt va uning ishlab chiqarish texnologiyasini, turlarini, unda bo’ladigan jarayonlar va boshqa ma’lumotlarga ega bo’lamiz. Shu bilan birga, qandlashtirilgan suslani sovutish uchun issiqlik almashinuv uskunasini loyihalashni o’rganamiz.

Spirtlar deb, R – OH umumiy formulaga mos keluvchi birikmalarga aytiladi, bunda R–alkil yoki almashingan alkil guruhlari. Bu guruhlar birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi; atsiklyoki sikl, qo’shbog’ yoki uchbog’, galogen yoki aromatikhalqa saqlashi mumkin.

Masalan:




Spirtlar tabiatda erkin holda va murakkab efirlar holida uchraydi. Spirt galogenalkillarni gidrolizlab (amil, benzil S. va boshqalar), olefinlarni gidrolizlab (etil, izopropil, trimetilkarbinol va boshqalar) olinadi. Spirt koʻpincha, karbonli birikmalar (aldegidlar, ketonlar, karbon kislotalar va boshqalar)ni natriy, litiy, alyuminiy gidrid, vodorod bilan qaytarib olinadi. Alkogol ichimligi uchun ishlatiladigan etil spirt qand moddalarini bijgʻitib olinadi. Spirtning amaliy ahamiyati muhim: boʻyoqlar, sintetik tolalar, plastmassalar, xushboʻy dori va yuvuvchi vositalar, plastifikatorlar va portlovchi moddalar ishlab chiqarishda xom- ashyo hisoblanadi.

Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat spirtini 80% qismi ichki bozorni vino va aroq korxonalarini,”Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi bo’linmalarini, “Oziq-ovqat sanoati” uyushmasi va boshqa korxonalar ehtiyojini ta’minlaydi. O’zbekiston Spirt sanoati korxonalarida 4032,8 ming dal xom-ashyo etil spirti, shu jumladan, “O’zKimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi 2637,1 ming dal oziq-ovqat spirti ishlab chiqariladi. Rivojlangan davlatlarda etil spirti ishlab chiqarish, asosan, AQSH, Germaniya,Italiya,Fransiya va boshqa davlatlarda rivolangan.

Ma`lumki, sanoatning turli sohalarida xilma-hil xom - ashyo va mahsulotlarni qayta ishlashda issiqlik almashinish jarayonlari va ularni amalga

oshiruvchi qurilmalar juda keng miqyosda qo’llaniladi. Jarayonlarni o’tkazish

shartlari va qurilmalarni qillash sohasiga qarab, issiqlik almashinish

qurilmalarning tuzilishi turlicha bo’ladi.

Ishlash prinsipiga qarab issiqlik almashinish qurilmalari sirtiy (rekuperativ),

regenerativ va aralashtiruvchi (gradirnya, skrubber, aralashtiruvchi kondensator

va h.) qurilmalarga bilinadi.

Sirtiy issiqlik almashinish qurilmalarida issiqlik elitkichlari devor bilan

ajratilgan bo’lib, ularda bir muhitdan ikkinchisiga issiqlik ushbu devor orqali

uzatiladi. Konstruktsiyasiga ko’ra sirtiy issiqlik almashinish qurilmalari qobiq -

trubali, zmeevikli, plastinali, spiralsimon, qirrali, g’ilofli, blok-grafitli va maxsus

issiqlik almashinish qurilmalariga bo’linadi.

Regenerativ issiqlik almashinish qurilmalarida bir issiqlik almashinish

yuzasi galma-gal issiq va sovuq elitkichlar bilan yuvilib turadi. Agar, issiqlik

almashinish yuzasi issiq elitkich bilan yuvilib tursa, muhitning issiqligi hisobiga

isiydi, sovuq eltkich bilan yuvilganda esa - iz issiqligini beradi. SHunday qilib,

issiqlik almashinish yuzasi issiqlik eltkichning issiqligini yig’ib oladi, so’ng esa

sovuq elitkichga beradi.

Aralashtiruvchi issiqlik almashinish qurilmalarida ikkala elitkich bevosita

o’zaro aralashuvi paytida issiqlik almashadi.

Issiqlik almashinish turiga ko’ra qurilmalar isitkich, bug’latkich, sovutkich va

kondensatorlarga ajratiladi.

Konstruktsiyasiga qarab ushbu turdagi qurilmalar qobiq - trubali, “truba

ichida truba”, zmeevikli, spiralsimon, yuvilib turuvchi, plastinali, qirrali, g’ilofli,

blok-grafitli, shnekli va hokazo bilishi mumkin.

qobiq - trubali issiqlik almashinish qurilmalari xalq xo’jaligining turli

sohalarida eng keng tarqalgan va ko’p ishlatiladigan turidir.



Linza kompensatorli issiqlik almashinish qurilmasi. Ushbu turdagi

qurilmalar suyuqliklar temperatura farqi katta bo’lganda ishlatiladi. Linzali

kompensatorlar temperatura deformatsiyasini bartaraf qiladi. Bu turdagi

qurilmalar truba va trubalararo bo’shliqlari bosimlar R ≤ 6⋅106 N/m2 bo’lganda

ishlatiladi. Linzali kompensator issiqlik almashinish qurilmalar qobig’iga payvandlab qo’yiladi va u elastik deformatsiya ostida siqiladi yoki uzayadi. Bunday qurilmalar tuzilishi sodda va ixcham. Undan tashqari, vertikal qilib yasalgan linza kompensatorli qurilmalar kip joy egallamaydi.

Harakatchan qalpoqchali issiqlik almashini qurilmasi. Truba va qobiqning katta siljishini ta`minlash zarur bilgan hollarda harakatchan qalpoqchali issiqlik almashinish qurilmalaridan foydalaniladi. Qurilmaning pastki teshikli truba panjarasi harakatchan bilganligi uchun butun trubalar irami qizg’almas qobig’ga nisbatan mustaqil, erkin harakat qila oladi. Bu esa havfli bilgan trubalar temperatura deformatsiyasi, ularning teshikli panjara bilan zichlanishining buzilishi oldini olish imkoniyatini beradi. Qo’shaloq trubali issiqlik almashinish qurilmasi. Qurilmaning bir tomonida

ikkita teshikli truba panjarasi o’rnatilgan bo’ladi Bunday qurilmalarda temperatura ta`sirida trubalar bir – biridan bevosita istalgan miqdorda uzayishi mumkin.




Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling