Mavzu: qandli moddalar ishlab chiqarish texnologiyasida
Lavlagidan qand ajratib olish texnologik
Download 209.85 Kb.
|
OOvOMB 9 Maruza 2023 qandli moddalar ishlab chiqarish texnologiy
Lavlagidan qand ajratib olish texnologik sxemasi. Qand lavlagisidan qand shakar ishlab chikarish texnologiyasi quyidagicha olib boriladi. Qand lavlagisi zavodga keltiriladi, lavlagi yuvish jixozida yuviladi, yuvilgan lavlagi avtomat tarozida o‘lchanadi, maydalanadi va diffuzion apparatga kelib tushadi.Bunda maydalangan lavlagi 70-75oS xaroratgacha kizdiriladi va issik suv bilan tarkibidagi qandi ajratiladi. Ekstraksiya (diffuziya) natijasida lavlagidan qand va qand bo‘lmagan moddalar, lavlagi sharbati suv bilan birga aralashadi. Bunday eritma diffuzion sharbat deyiladi. Qanddan ajratilgan lavlagi bo‘laklari (jom), presslab siqiladi va xavodan chiqariladi. Jom presslangan suvga issiklik ishlov beriladi. Issiklik ishlov berilgan suv tin- diriladi va diffuzion apparatga qaytadan yuboriladi.
Diffuziyalangan sharbat o‘z tarkibida 12-18 kg gacha (100 kg km xisobiga) har-hil chiqindilar bo‘ladi. Shu chiqindilardan kimyoviy va fizkimyoviy tozalash maqsadida oxak (SaSo3)ni kuydirish natijasida xosil qilingan kal’siy oksid va dioksid uglerod ishlatiladi. Tozalash va fil’trdan o‘tkazish natijasida sharbat tarkibidagi chiqindilarning hammasi va uchdan bir qism eruvchan moddalar ham yuqotiladi. Rang beruvchi moddalar paydo bo‘lishini kamaytirish maqsadida tozalangan sharbat dioksid, oltingugurt, gazi bilan sulfitatsiyalanadi. So‘ngra sharbat tarkibida quruq moddalari 60-65 % tashkil etguncha bug‘latish uskunasida quyuliriladi. Olingan sharbat yana bir marta sulfidlanadi, filtrdan utkaziladi va shakar kristallashga yuboriladi. Toza kristallangan shakar (qand kukuni) olish uchun sharbat tuyinguncha vakuum apparatda qaynatiladi. So‘ngra kukunni tuyib, kristallar xosil kilinadi. Ular birinchi kristallangan utfel deb ataladi. Xosil bo‘lgan aralashma qand, shakar va birinchi ottekga ajratiladi. Qand-shakar, issik suv bilan yuvib, syentrafugalanadi va 2 ottek olinadi. Syentrafugadan chikkan qand, shakar quritiladi, bir va ikkinchi oteklar esa ikkinchi kristallizatsiyalangan utfel olish uchun qaynatishga boradi. Tayyor kristallangan utfel tarkibidagi qand issik suv bilan yuviladi va syentrafugalanadi. Ikkinchi kristallangan utfeldan olingan 1 va 2 - oteklar, uchinchi kristallizatsiyalangan utfelni qaynatishga ketadi, xosil bo‘lgan sariq shakar klerovka tayerlashga ketadi. Uchinchi kristallangan utfel vakuum apparatda qaynatiladi. So‘ngra kristallashni davom ettirish uchun kristallizasion qurilmada sovutiladi. Tarkibidagi qand miqdori qolmagan utfel eritmasi syentrofugadan keyin chiqarib tashlanadi. Bunday ottek melassa deyiladi. Uchinchi kristallangan qand tarkibida birinchi kristallangan qandga nisbatan ko‘p miqdorda chiqindi bo‘ladi, shuning uchun birinchi kristalizatsiya utfeldan olingan ottek bilan aralashtiriladi. Bunday eritma affinirlangan eritma deyiladi. Aralashtirish natijasida chiqindilarning bir qismi (inertli qand, kalsiy tuzi, rang beruvchi, modda va boshqalar) ottekga o‘tadi va qand tozaroq bo‘ladi. Xosil qilingan affinirlangan eritma ikkinchi kristallangan utfel bilan birga qo‘shiladi va syentrafugalanadi. Qand ajratib olingan chiqindilar, (jom,melassa) yem- xashakkorm sifatida ishlatiladi. Download 209.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling