Mavzu: Qarzdorning kreditga layoqatlilik tahlili va uning baholash usullari


Kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichlariga qarab mijozlarni sinfl arga ajratish


Download 186.48 Kb.
bet8/12
Sana22.06.2023
Hajmi186.48 Kb.
#1647594
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Qarzdorning kreditga layoqatlilik taxlili va uni baholash usullari

Kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichlariga qarab mijozlarni sinfl arga ajratish




Ko‘rsatkichlar


I sinf


II sinf


III sinf

1.

Qoplash koeffi tsiyenti (Kq)

Kq≥2,0

2,0≥Kq≥l,0

l,0≥Kq

2.

Likvidlilik koeffi tsiyenti (Kl)


K1≥1,5

1,5≥K1≥1,0

1,0≥K1

3.

Muxtorlik koeffi tsiyenti (Km)


Km≥60 %

60 % ≥Km≥30 %

30 % ≥Km



Kreditga layoqatli har bir sinfdagi korxonalar bilan banklar har xil kredit munosabatlari tuza oladilar. 1-sinfga mansub qarz oluvc hilarga bank kredit liniyasi ochishi, kontokorrent hisob raqami bo‘yicha kredit berishi, boshqa qarz oluvchilarga nisbatan past foiz larda ishonchli kreditlar berishi, kreditlar bo‘yicha ta’minganlik talab qilinmasligi mumkin.
2-sinfga mansub qarz oluvchiga esa umumiy asoslarda va odatdagi tartibda, ya’ni majburiyatni muvofi q shaklda ta’m inlanishi (kafolat, garov, kafi llik) sharoitida kredit beriladi, agar uning qo‘shimcha ko‘rsatkichlari ijobiy holda bo‘lsa, unda unga imtiyozlar berilishi mumkin, ammo ishonchli kred itlar berilmaydi. Agar qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha kamchiliklar bo‘lsa, uning moliyaviy ahvoli nobarqaror deb topilishi va uni yaxshilash uchun choralar ko‘rishni talab qi lish, kre dit bo‘yicha garovni mustahkamlash, foiz stavkalarini oshirish, ssudaning summasini va muddatini cheklash choralarini ko‘rish mumkin.
Bank uchun 3-sinfga mansub korxonalarni kreditlash jiddiy risklar bilan bog‘liqdir. Shuning uchun ular kamdan kam hollarda yuqori turadigan korxonalar kafolati hamda mulkni garovga qo‘ygan holatda eng yuqori foizlarda kreditlanadilar.
Agarda tahlil bo‘yicha mijozning moliyaviy holatida qoplash koeffi tsiyenti 0,5 dan (kk<0,5) kichik bo‘lsa, likvid mablag‘lari juda kam bo‘lsa yoki umuman mavjud bo‘lmasa, uning o‘z mablag‘lari miqdori ham kam bo‘lsa, u nolikvid balansga ega bo‘lgan, moliyaviy holati nochor korxona deb qaraladi va uni 4-sinfga kiritish mumkin. Bunday korxonlarga odatda umuman kredit ajratilmaydi.



Download 186.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling