Mavzu: qatlamlararo bosimsiz va bosimli artezian er osti suvlari


Download 69.9 Kb.
bet1/3
Sana23.09.2023
Hajmi69.9 Kb.
#1686252
  1   2   3
Bog'liq
7 - Ma\'ruza


NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI KONCHILIK FAKULTETI
“ Gidrageologiya“ fanidan
MUSTAQIL ISH
Guruh: 23a-20 NRM
Tayyorladi:Zaripov J.______
Tekshirdi: Rashidova R.Q,_______

Mavzu: Qatlamlararo bosimsiz va bosimli artezian er osti suvlari

Reja:

  • 1.Qatlamlararo bosimsiz yer osti suvlari.
  • 2. Artezian suvlar va ularni asosiy hususiyatlari

Qatlamlararo bosimsiz va bosimli yer osti suvlari

  • Qatlamlararo bosimli va bosimsiz artezion suvlar deganda er yuzasiga nisbatan ancha chuqur, yuqori va past tomonga qarab o‘zidan suv o‘tkazmaydigan, ikki va undan ortiq qatlamlar orasiga joylashgan g‘ovakli, yoriqli tog‘ jinslaridagi er osti suvlari tushuniladi. Qatlamlararo bosimsiz suvlarni oziqlanish maydoni tog‘li o‘lkalarda bo‘lganligi uchun va tog‘ jins qatlamlari oralig‘ida harakat qilganligi sababli kam mineralizatsiyalashgan, tozza va tiniq bo‘lib, eng asosiy ichimlik suvi manbai hisoblanadi.
  • Bosimli suv vujudga kelish oblastida u avval grunt suvi xolatida bo‘lib, vujudga kelish oblastidan uzoqlashgan sari suv bosimi tobora oshib artezian suvi xolatiga o‘tadi. Botiq (sinklinal) geologik strukturlardagi bosimli suv tarqalgan oblast artezian suvi havzasi deb ataladi. Havzani artezian suvi oqimi vujudga kelgan qismi uni oziqlanish yoki ta’minlash oblasti deyilib, er yuzasiga tabbiy oqib chiqish oblasti esa artezian suvini tabiiy sarflanish oblasti deyiladi.

Qatlamlararo bosimsiz yer osti suvlari

  • Qatlamlararo bosimsiz yer osti suvlariga xos eng asosiy hususiyatlar quydagilardan iborat:
  • 1.Qatlamlararo bosimsiz suvlar ko‘p hollarda grunt suvlaridan pastda yotadi.
  • 2.Suv oqimi harakat qilayotgan hududni er yuzasi baland pastliklarldan iborat bo‘lib, daryo va uni irmoqlari bilan bo‘linib,qirqib tashlangan bo‘ladi.
  • 3.Er osti suv oqimi daryo o‘zaniga nisbatan ancha balandda joylashganligi bilan harakterlanadi.
  • 4.Qatlamlararo er osti suvlari daryo vodiylari, tog‘ yon bag‘irlari, jarliklarga buloqlar xolatida chiqib, er usti suvlari oqimini oziqlantiradi va ko‘paytiradi.
  • 5.Qatlamlararo suvlarning vujudga kelish oblasti ancha uzoqda o‘rta va baland tog‘li mintaqalarga to‘g‘ri keladi.
  • 6.Qatlamlararo er osti suvlari harakat qiluvchi tog‘ jins qatlamlarining bir tomoni o‘rta va baland tog‘li mintaqalarida bo‘lsa, ikkinchi tomoni daryo vodiylarida, tog‘ yon bag‘irlarida ochilmalar holatida bo‘ladi.
  • 7.Bu er osti suv oqimi harakat qiluvchi tog‘ jins qatlami suv bilan butunlay to‘lmagan bo‘ladi.

Download 69.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling