Mavzu: qatlamlararo bosimsiz va bosimli artezian er osti suvlari


Artezian suvlarining kimyoviy tarkibini zonalligi


Download 69.9 Kb.
bet3/3
Sana23.09.2023
Hajmi69.9 Kb.
#1686252
1   2   3
Bog'liq
7 - Ma\'ruza

Artezian suvlarining kimyoviy tarkibini zonalligi

  • Ma’lumki artezian suvlarining tarkibi ularni qaysi davr tog‘ jins qatlamlaridan o‘rin olganligiga,, xududning strukturaviy-geologik sharoitiga, u orada yuz berayotgan fizik-kimyoviy va bioximik jarayonlarga, er osti suvlarining vujudga kelish, harakat qilish va sarflanish oblastlarining gidrodinamik, gidroximik, gidrotermik sharoitiga, ma’lum geologik vaqt davomida suvni almashinib, yangilanib turish holatiga bog‘liq hamda yuz beradi. SHu bilan birga, u yoki bu hududning ma’lum maydonidagi (kesimdagi) bosimli suvlarining fizik va ximik hususityalarini er yuzasidan boshlab, pastki qatlamlar tomon o‘zgarib borish qonuniyatlari ham aniqlangan. Bu holat artezian xavzalaridagi mavjud suvlarning kimyoviy tarkibini butun bir region (maydon) bo‘ylab hamda uning ayrim qismlari bo‘ylab zonallashishini ko‘rsatadi va ayrim gidroximik zonallarga ajratish imkoniyatini beradi. Jumladan, N.I.Tolstixin, I.K.Zaysev va boshqa olimlar tomonidan maxsus sxema ishlab chiqilgan bo‘lib, unda sobiq ittifoq hududi to‘rtta gidroximik zonallarga ajratilgan:

1.Mineralizatsiya darajasi 1 g/l bo‘lgan chuchuk, aksariyat gidrokorbanat kalsiyli suvlar zonasi

  • 1.Mineralizatsiya darajasi 1 g/l bo‘lgan chuchuk, aksariyat gidrokorbanat kalsiyli suvlar zonasi
  • 2.Mineralizatsiya darajasi 1 dan 35 g/l bo‘lgan, sho‘r, aksariyat sulfatli va xlor-natriyli suvlar zonasi
  • 3.Minerlizatsiya darajasi 35 g/l yuqori bo‘lgan, xlor-natriyli, kalsiy-natriyli, kalsiy-magnili suvlar zonasi
  • 4 . Mineralizatsiya darajasi hilma-xil (turli-tuman) bo‘lgan suvlar zonasi

Qatlamlararo bosimli va bosimsiz artezion suvlar deganda er yuzasiga nisbatan ancha chuqur, yuqori va past tomonga qarab o‘zidan suv o‘tkazmaydigan, ikki va undan ortiq qatlamlar orasiga joylashgan g‘ovakli, yoriqli tog‘ jinslaridagi er osti suvlari tushuniladi. Qatlamlararo bosimsiz suvlarni oziqlanish maydoni tog‘li o‘lkalarda bo‘lganligi uchun va tog‘ jins qatlamlari oralig‘ida harakat qilganligi sababli kam mineralizatsiyalashgan, tozza va tiniq bo‘lib, eng asosiy ichimlik suvi manbai hisoblanadi.
Bosimli suv vujudga kelish oblastida u avval grunt suvi xolatida bo‘lib, vujudga kelish oblastidan uzoqlashgan sari suv bosimi tobora oshib artezian suvi xolatiga o‘tadi. Botiq (sinklinal) geologik strukturlardagi bosimli suv tarqalgan oblast artezian suvi havzasi deb ataladi. Havzani artezian suvi oqimi vujudga kelgan qismi uni oziqlanish yoki ta’minlash oblasti deyilib, er yuzasiga tabbiy oqib chiqish oblasti esa artezian suvini tabiiy sarflanish oblasti deyiladi
Xulosa
Download 69.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling