Mavzu: Qattiq jism statikasiga kirish
§ Bog‘lanishlar va ularning reaktsiyalari
Download 367.07 Kb. Pdf ko'rish
|
1- Маъруза. Кириш
1.4 § Bog‘lanishlar va ularning reaktsiyalari
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, agar jism fazoning bir joyidan uning istalgan joyiga ko‘cha olsa, bunday jismlar erkin jismlar deyiladi (masalan, havodagi sharning harakati). Agar jismning biror tomonga sodir qilishi mumkin bo‘lgan harakati qisman cheklangan bo‘lsa, bunday jismlar erkin bo‘lmagan jismlar deb ataladi. Erkinmas jismlarning fazodagi harakat erkinligini chegaralanishiga
erkinmas bo‘lgan jismlarning o‘zlari ham boshqa jismlarning harakatlarini qisman cheklab qo‘yishlari mumkin, shu sababli ana shunday jismlar keyinchalik bog‘lanish sifatida ishtirok etishlari mumkin.
Masalan, stolning ustida joylashgan jism, sharnirga osib qo‘yilgan eshik va shu kabilar erkinmas jismlarga misol bo‘la oladi. Bu misollarda stol jism uchun, sharnir eshik uchun bog‘lanish hisoblanadilar. Chunki stol jismni vertikal pastga tushishiga yo‘l qo‘ymaydi, sharnir esa eshikni faqat aylanma harakatdan boshqa hamma harakatlariga to‘sqinlik qiladi.
Bog‘lanishga ega bo‘lgan erkinmas jismlar harakat qilganlarida, ular bog‘lanishlarga ma’lum yo‘nalishda va miqdorda bo‘lgan bosim kuchlari bilan ta’sir ko‘rsatadilar. O‘z navbatida bog‘lanishlar ham jismga ta’sir va aks ta’sir qonuniga asosan, xuddi shunday qiymatda, lekin qarama-qarshi yo‘nalishda bo‘lgan aks ta’sir kuchi ko‘rsatadi. Erkinmas jismning harakatini cheklovchi bog‘lanishlar (jismlar)ning jismga nisbatan ko‘rsatgan aks ta’sirlari, reaktsiya (aks ta’sir)kuchlari yoki bog‘lanish reaktsiyalari deb ataladi.
Bog‘lanishlarning reaktsiyasi oldindan ma’lum bo‘lmaydi, u faqat jismning unga nisbatan ko‘rsatgan ta’siriga bog‘liq holda bo‘ladi (agar bog‘lanishga hech qanday kuchlar ta’sir etmasa, uning reaktsiyasi nolga teng bo‘ladi); ularni aniqlash uchun mexanikaning tegishli masalalarini echish lozim. Bog‘lanishlarning
yo‘nalishdagi harakatini cheklayotgan bo‘lsa, bunday bog‘lanishning reaktsiyasini yo‘nalishi ham oldindan ma’lum bo‘lmaydi va tegishli masalalarni echish orqali aniqlanadi.
Bog‘lanish reaktsiyalarining yo‘nalishlarini to‘g‘ri aniqlanishi mexanika masalalarini echishda muhim ahamiyatga ega. Shu sababli ko‘p uchraydigan ba’zi bog‘lanishlarning reaktsiyalari qanday yo‘nalishlari mumkinligini o‘rganib chiqamiz.
1. S i l l i q t e k i s l i k ( y u z a , s i r t ) y o k i t a y a n c h . Silliq yuzali bog‘lanish deb, ishqalanishga ega bo‘lmagan yoki ishqalanish kuchi e’tiborga olinmagan yuzaga aytiladi. Bunday yuzalardan iborat bog‘lanishlar faqat shu yuzalarga tik bo‘lgan (normal) yo‘nalishdagi harakatgagina qarshilik ko‘rsatishlari mumkin (8-a shakl)
[6] . Shu sababli silliq yuzadan yoki silliq tayanchdan iborat bo‘lgan bog‘lanishlarning reaktsiyalari - , ularning tutashgan joylariga qo‘yilgan bo‘lib, tutashuvchi jismlarning umumiy normali bo‘yicha yo‘naladi. Agarda tutashuvchi jismlardan biri nuqtadan iborat bo‘lsa, (8- b shakl) reaktsiya kuchi ikkinchi yuzaning normali bo‘ylab yo‘naladi.
2. I p. Cho‘zilmaydigan egiluvchan ipdan iborat bo‘lgan bog‘lanishlar (9 - shakl). M jismni A nuqtadan MA masofadan uzoqda bo‘lgan masofaga borishiga qarshilik ko‘rsatadi xolos. Shu sababli tarang ipdan iborat Download 367.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling