Mavzu: Qattiq jism statikasiga kirish
Download 367.07 Kb. Pdf ko'rish
|
1- Маъруза. Кириш
bog‘lanishning reaktsiyasi -
, shu ipning tarangligi bo‘yicha yo‘nalgan bo‘ladi.
3. Ts i l i n d r s i m o n sh a r n i r (p o d sh i p n i k). Tsilindrik sharnir (yoki sharnir) ikki jismni bir-biriga shunday bog‘laydiki, natijada bir jism ikkinchi jismga nisbatan umumiy o‘q, ya’ni sharnir o‘qi atrofida faqat aylanma harakat qila oladilar xolos.
Agar AB jism qo‘zg‘almas D tayanchga sharnir orqali biriktirilgan bo‘lsa, jismning A nuqtasi sharnir o‘qiga perpendikulyar bo‘lgan hech qaysi bir tomonga harakat qila olmaydi. Shu sababli tsilindrik sharnirdan iborat bo‘lgan bog‘lanishning reaktsiyasi - , sharnir o‘qiga perpendikulyar bo‘lgan tekislikda joylashgan bo‘lib, ixtiyoriy yo‘nalishda bo‘lishi mumkin, ya’ni Axy tekisligida ixtiyoriy ravishda joylashgan bo‘ladi. Bu holda - reaktsiya kuchining na moduli R - ni, na yo‘nalishini (a - burchakni) oldindan aniqlab bo‘lmaydi.
4. S f e r a s i m o n s h a r n i r , t o v o n . Sferasimon sharnir bilan biriktirilgan jismlar A nuqtadan o‘tuvchi ixtiyoriy o‘q atrofida xohlagan tomonga aylanishi N T R R
8 -shakl
9 -shakl 10 -shakl.
mumkin. U holda jismning A nuqtasi (11 -shakl) qo‘zg‘almas bo‘ladi. Shu sababli, sferasimon sharnirdan iborat bog‘lanishning reaktsiya kuchi - , A nuqtaga qo‘yilgan bo‘lib, u fazoning ixtiyoriy tomoniga yo‘nalgan bo‘lishi mumkin. Bu holda ham yuqoridagi kabi - reaktsiya kuchining na modulini va Axyz o‘qlari bilan tashkil etgan burchaklarni oldindan aniqlab bo‘lmaydi.
11-b,shaklda tasvirlangan t o v o n (tayanch podshipnik)dan iborat bog‘lanishning reaktsiyasi -ning fazodagi yo‘nalishini ham oldindan aniqlab bo‘lmaydi.
5. B a z n s i z s t e r j e n. Agar sterjenning sof og‘irligi, u ko‘tarib turgan yukning og‘irligidan bir necha marta kichkina bo‘lsa, bunday sterjen vaznsiz deb ataladi. Faraz qilaylik muvozanatda bo‘lgan jismga vaznsiz sterjenlar A va B nuqtalaridagi sharnirlar orqali (12- a shakl) mahkamlangan bo‘lsin.
U holda sterjenga faqat A va B nuqtalarga qo‘yilgan ikkita kuch ta’sir etishi mumkin, agar jism muvozanatda bo‘lsa bu kuchlar o‘zaro muvozanatlashuvchi kuchlar sistemasini tashkil etib, AB to‘g‘ri chiziq bo‘ylab (4-a,b,shakl) yo‘naladilar. U holda ta’sir va aks ta’sir qonuniga asosan sterjen jismga ham shu AB chiziq bo‘ylab yo‘nalgan kuchlar bilan ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli vaznsiz sterjendan iborat bog‘lanishlarning reaktsiya kuchlari - , sterjenning o‘qi bo‘ylab yo‘nalgan bo‘ladi
Agar bog‘lanish egri chiziqli vaznsiz sterjendan iborat bo‘lsa (12 -b shakl), u holda
ham bunday
sterjenning reaktsiyasi A va B nuqtalardan o‘tuvchi o‘q bo‘ylab yo‘nalgan bo‘ladi. (12-a,shakl).
Statika
masalalarini echishda, reaktsiya kuchlari aniqlanishlari zarur bo‘lgan noma’lum kattaliklar hisoblanadilar. Ularni aniqlash orqali, ta’sir va aks ta’sir qonuniga, asosan bog‘lanishga ta’sir etayotgan kuchning miqdori aniqlanadi, ular esa o‘z o‘rnida konstruktsiyalarning mustahkamligini ta’minlashda foydalaniladigan asosiy parametrlar bo‘lib hisoblanadi.
R R N
11- shakl
Download 367.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling