Mavzu: Qazib chiqarilgan suyuqlik miqdori va sifatini hisobga oluvchi uskunalar. Reja: 1


Download 388.67 Kb.
bet4/4
Sana30.10.2023
Hajmi388.67 Kb.
#1734898
1   2   3   4
Bog'liq
55-maruza

3.Asboblarning asosiy
tavsiflari Sarf o‘lchagichning parametrlari

1UDR – 011

1UVR – 011

Quvurning ichki diametri, mm

140 – 1600

190 – 1600

Oqim tezligini o‘lchash diapazoni, m/s

0.1 – 6

0.1 – 6

Sarfni o‘lchash diapazoni m3/soat
O‘lchash xatosi, % ko‘pi bilan

0.4 – 43000
2

2.3 – 43000
1.5

Datchiklarning ishchi haroratlari diapazoni, 0C

+20 ÷ +100

+20 ÷ +100

Elektron blok ishchi haroratlari diapazoni, 0C

+5 ...40

+5 ...40

Elektron blokning gabaritlari, mm

340×40×250

340×40×250

Elektron blokning massasi, kg ko‘pi bilan

2.5

2.5

Ta’minot kuchlanishi, V

yoki 12 V 20 35 220

yoki 12 V 20 35 220

Iste’mol qilinadigan quvvat, Vt ko‘pi bilan

12

10

Datchiklar va elektron blok orasidagi masofa, ko‘pi bilan

70

70

4.25 – rasm. Neft mahsulotlari suyuqligi sarfini og‘irlik hisobi tizimi 79

Datchiklar o‘lchash o‘zgartkichlari 3 bilan biriktirilgan bo‘lib, uning chiqish signali davri neft mahsulotlari bo‘lgan rezervuar og‘irligiga chiziqli bog‘liq. Rezervuarlar egiluvchan silfonlar yordamida texnologik o‘tkazish quvuri 4 tizimi bilan biriktirilgan bo‘lib, ular bo‘ylab rezervuarlarga navbati bilan neft mahsuloti oqib keladi va ulardan navbati bilan to‘kiladi. Bu jarayonni boshqarishni operatorning buyrug‘iga ko‘ra elektr boshqariluvchi quyish A va to‘kish B ventillari yordamida mikrokantroller 5 amalga oshiradi. Tizimning kirishi va chiqishidagi mahsulot sarfi drossellar D orqali tartibga solinadi. C ventillar jarayonni avariya holatida to‘xtatiladi. A va B ventillar vazifasini takrorlaydi. Bevosita quyib berish krani E orqali to‘kish operatsiyalarida jarayonni ishga tushirish va to‘xtatish imkoniyati ko‘zda tutilgan. Rezervuarlardagi mahsulot sathini nazorat qilish quyi QS va yuqori YuS sathlarining magnit boshqariluvchi datchiklari yordamida amalga oshiriladi. Sath datchiklari o‘zgartkichlaridan kelayotgan signallar va ventillar holatini bildiruvchi kvitirlovchi signallar mikrokontrollerga keladi va tizimni boshqarish uchun foydalaniladi uning holatini nazorat qilish va hamma quyib berilgan va qabul qilib olingan mahsulotni hisoblash uchun foydalaniladi.


Neft mahsulotlarini quyib berishdagi tizimning ishlashini ko‘rib chiqamiz (4.23–rasm). Faraz qilaylik, masalan, boshlang‘ich paytda rezervuar 1a bo‘shatilgan, rezervuar 1b esa to‘ldirilgan bo‘lsin. Bu holda «Ishga tushirilsin» («Pusk») buyrug‘idan so‘ng to‘ldirilgan rezervuarning og‘irligi RNV ni aniqlash va uni xotiraga yozish ishi bajariladi, keyin bu rezervuarning B ventileni ochishga buyruq beriladi. 1b rezervuardan mahsulot quyib olina boshlaydi. Shundan so‘ng 1a rezervuarni to‘ldirish ventili A ni ochishga buyruq berildadi. Bunda quyish tezligi tukish tezligidan ortiq bo‘ladi. Shuning uchun 1a rezervuardagi mahsulot sathi boshqa rezervuarni bo‘shatish jarayonida YuS datchigiga yetib oladi. Bu datchikdan berilgan signalga binoan 1a rezervuarning A ventili berkitiladi va suyuqlikni hamda rezervuarni tinchlantirish uchun zarur bo‘lgan τ vaqt o‘tgandan so‘ng kontroller to‘ldirilgan 1a rezervuarning RNA og‘irligini aniqlash va xotiraga olishni amalga oshiradi. Og‘irlikni aniqlash A va B ventillar berkitilgan holda, ya’ni statik rejimda amalga oshirilishini ta’kidlab o‘tamiz. Bu xatolikning dinamik tashkil etuvchilari 80

paydo bo‘lishining oldini oladi. Shu o‘lchashdan so‘ng 1b rezervuardagi mahsulot sathi datchikning QS holatigacha pasaygan va bu datchik ishlab ketgan paytda mikrokantroller 1b rezervuardan mahsulotni chiqarishni (to‘kishni) to‘xtatadi va shu bilan bir vaqtda 1a rezervuardan mahsulotni to‘kishni (chiqarishni) boshlaydi. Uning buyrug‘iga ko‘ra bir rezervuarning B ventili berkitiladi va ikkinchisining B ventili ochiladi. Tinchlantirish vaqti τ o‘tgandan so‘ng 1b bo‘shatilgan rezervuarning REV og‘irligini aniqlash va bir siklda berib yuborilgan mahsulotning R1=RNV – RSV porsiyasining og‘irligini hisoblash amalga oshiriladi. Og‘irlikning kilogramm hisobidagi qiymati indikatsiyaga chiqariladi. So‘ng bo‘shatilgan 1b rezervuarni to‘ldirish uchun A ventil ochiladi. YuS datchigidan kelgan signalga ko‘ra uni to‘ldirish to‘xtatiladi, τ vaqtdan so‘ng to‘ldrilgan rezervuar og‘irligining yangi Rnv qiymatini aniqlash va xotirlash amalga oshiriladi. Endi 1a rezervuardagi mahsulot sathi datchikning QS holatigacha pasaygandan so‘ng mikrokontroller 1a rezervuardan to‘kishni va 1b rezervuardan to‘kish boshlanishilishini bir vaqtda to‘xtatish uchun buyruq beradi, τ vaqtdan keyin to‘kilgan (bo‘shatilgan) 1a rezervuarning Rsa og‘irligini aniqlash, ikkinchi siklda berib yuborilgan mahsulotning R2≈Rna-Rsa porsiyasi og‘irligini hisoblash va berilgan mahsulotning yig‘indi og‘irligi R1+R2 ni hisoblash amalga oshiriladi. Bu qiymat indikatsiyaga chiqariladi. Keyin 1a rezervuarni takroriy to‘ldirish boshlanadi va sikl takrorlanadi. Keyingi har bir silkda berilgan (jo‘natilgan) mahsulot og‘irligining qiymati oldin berib yuborilgan mahsulot og‘irligiga qo‘shiladi va indikatsiyalanadi. Mahsulotni berish boshqarish pultidan «To‘xta» («Stop») signaliga ko‘ra to‘xtatiladi. Berilgan mahsulotning maksimal miqdori amaldagi indikatsiya sig‘imiga ko‘ra aniqlanadi. Tizimda u 100 t teng deb tanlangan, shuning uchun indikatsiyaga oltita o‘nlik raqam chiqariladi (og‘irlik klogram hisobida). Berilgan mahsulotning to‘liq og‘irligi, indikatsiyadan tashqari, ikkilik o‘nlik kod bilan (oltita xona) iste’molchilar bilan hisob–kitob qilish tizimida bundan keyin foydalanish uchun maxsus buferli registorga chiqariladi. 81



4.26 – rasm. Og‘irlik hisobi tizimi ishlashning vaqtga bog‘liqlik diagrammalari


Download 388.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling