Mavzu: Qazib chiqarilgan suyuqlik miqdori va sifatini hisobga oluvchi uskunalar. Reja: 1
Datchiklar ulangan UVR–011 ultratovush vaqt impulsli sarf o‘lchagich
Download 388.67 Kb.
|
55-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Datchiklar ulangan UDR–011 ultratovushli Dopler sarf o‘lchagichi
Datchiklar ulangan UVR–011 ultratovush vaqt impulsli sarf o‘lchagich. 4.21–rasmda datchiklar ulangan UVR–011 ultratovush vaqt impulsli sarf o‘lchagichning tuzilishi sxemasi keltirilgan.
4.24 – rasm. Datchiklar ulangan UVR–011 ultratovush vaqt impulsli sarf o‘lchagichning tuzilishi sxemasi 76 Sarf o‘lchagich o‘tkazish quvurining tashqi tomonidan mantaj qilinadigan ikkita elektroakustik o‘zgartkichni va mikroprosessor negizida ishlab tayyorlangan elektron blokni o‘z ichiga oladi. MikroEHM amalga oshiradigan o‘lchashlar sikli ultratovush impulsi nurlanish yo‘nalishlaridan birini (masalan, oqim bo‘yicha) tanlashdan boshlanadi, bunga qabul – uzatish kommutatorini tegishli holatga o‘rnatish yo‘li bilan erishiladi. Bunda EP2 signalni uzatadi, EP1 esa uni qabul qilib oladi. Qabul qilingan signal kommutator orqali foydali signalni ajratish sxemasiga keladi, u erda kuchaytiriladi va xalaqitlardan filtrlanadi. Shu yerning o‘zida signalning mavjudligi yoki yo‘qligi to‘g‘risida qaror qabul qilinadi, bu ultratovushli tebranishlar yo‘qolib qolganda xato o‘lchashlarning kelib chiqishining oldini oladi, masalan o‘tkazish quvurini bo‘shatishda. Signalning tarqalish vaqtini aniqlash vaqt oraliqlarini o‘lchash blokida amalga oshirilib, uning chiqishida tT baho mikroEHM ga kelib tushadi. So‘ngra mikroEHM buyrug‘iga ko‘ra nurlanish yo‘nalishi qarama– qarshisiga o‘zgaradi va tT signalning tarqalish vaqtining tavsiflangan o‘lchash tartibi endi oqimga qarshi takrorlanadi. Shu bilan o‘lchash sikli tugallanadi, mikroEHM esa m3/soat (4.35) V ПD S Q G 2 900 ifodaga muvofiq suyuqlik sarfining joriy qiymatini hisoblaydi. Bu yerda SG – tezliklarning profiliga bog‘liq bo‘lgan gidrodinamik koeffitsientiga teskari proporsional bo‘lgan xatolik. Datchiklar ulangan UDR–011 ultratovushli Dopler sarf o‘lchagichi. Asbob o‘tkazish quvurining tashqi tomonida joylashgan ikkita EP (4.24–rasm) ni va kvars generotori, quvvat kuchaytirgichi, kvadratur qabul qilgich (priyomnik), fazoviy detektor (FD), qabul qilingan signal spektrining og‘irlik markazini baholash sxemasi bilan hosil qilingan elektron blokni, shuningdek, mikroprosessor negizida ishlangan mikroEHM ni o‘z ichiga oladi. Mazkur asbobda qabul qilingan signalning kvadratur demodulyatsiyasi prinsipi amalga oshirilgan bo‘lib, u suyuqlik harakatining yo‘nalishini aniqlashga imkon beradi. 77 Quvvat kuchaytirgichining chiqishidan kelayotgan, w0 chastotali uzluksiz tebranishlar bilan uyg‘otiladigan EP1 truboprovod o‘qiga burchak ostida nazorat qilinayotgan muhitga nurlanuvchi ultratovushli to‘lqinni vujudga keltiradi. Qabul qilingan tebranishlar qabul qilgich (priyomnik) ka uzatiladi. Uning chiqishida dopler chastotali kvadratur signal ajralib chiqib, u bir tomondan FD ga keladi, ikkinchi tomondan spektrning og‘irlik markazini baholash sxemasining kirishiga keladi. Δ wst ning son qiymati mikroEHM ga kelib tushadi, u erda (4.34) va (4.35) munosabatlarga muvofiq sarf Q ning qiymatini hisoblash amalga oshiriladi. UVR–011 va UDR–011 sarf o‘lchagichlarning asosiy xarkteristikalari (tavsiflari) 4.1–jadvalda keltirilgan. Ikkala asbob qo‘llanishga ruxat etilgan o‘lchash texnikasi vositalarining Davlat riestriga kiritilgan. Asboblarni ishlatishning davomiyligi yig‘indisi hozirgi vaqtga kelib 4000 sutkadan ortiqni tashkil etadi. 4.1 – jadval
Download 388.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling