Mavzu: qishloq xujaligini barqaror rivojlantirishga ko’maklashish vositasida oziq ovqat xavsizligini mustaxkamlash


Download 25.67 Kb.
bet1/2
Sana15.02.2023
Hajmi25.67 Kb.
#1200050
  1   2
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT ESSE Juraboyev S


ORIENTAL UNIVERSITI IQTISODIYOT FAKULTETI 2-25 GURUH TALABASI JURABOYEV SIROJIDDINING MIKROIQTISODIYOT FANIDAN TAYYORLAGAN ESSESI
MAVZU:QISHLOQ XUJALIGINI BARQAROR RIVOJLANTIRISHGA KO’MAKLASHISH VOSITASIDA OZIQ OVQAT XAVSIZLIGINI MUSTAXKAMLASH
Koronavirus pandemiyasining jahon iqtisodiyotiga salbiy ta’siri turli muammolarni keltirib chiqarmoqda. Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi va boshqa xalqaro tashkilotlar mutaxassislar hisobotlarida 2020 yil davomida ko‘plab rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida sekinlashuv ro‘y berishi prognoz qilinyapti. Bu holat, o‘z navbatida, jahon miqyosida ishsizlik darajasi va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi sonining oshishi kabi muammolar keskinlashishidan dalolar beradi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish korxonalarining to‘xtab turishi dunyoda oziq-ovqat yetishmovchiligi va uning xavfsizligiga doir muammolarni yanada chuqurlashtirishadi.
Istiqbolda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan va ijtimoiy ahamiyatga molik bu masalalarni hal qilish va ularga tayyor turish ko‘pgina mamlakatlarning bugungi kundagi ustuvor vazifalaridan biridir. Masalan, Reuters agentligi AQSh qishloq xo‘jaligi departamenti (USDA) hisobotiga tayangan holda tarqatgan xabarga ko‘ra, Xitoy AQShdan 340 ming tonna bug‘doy (so‘nggi ikki yildagi eng katta shartnoma), 756 ming tonna iste’molga mo‘ljallangan jo‘xori (so‘nggi yetti yildagi eng katta shartnoma) hamda 110 tonna soya sotib olgan. Joriy yil fevral oyidagi kelishuvga binoan, Xitoy AQShdan 2020 yil oxirigacha qo‘shimcha 76,7 va 2021 yil davomida 123,3 mlrd. dollarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olishni mo‘ljallamoqda. Bundan tashqari, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning mart oyida jahon bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi fevraldagiga nisbatan 4,3 foizga pasaygan.
Hozirgi global inqiroz va pandemiya sharoitida mamlakatimizda aholi bandligi va daromadini ta’minlash, iqtisodiy barqarorlikni saqlashda qishloq xo‘jaligi eng ko‘p imkoniyatga ega soha hisoblanadi. O‘zbekiston Prezidenti raisligida 14 aprel kuni qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini yanada rivojlantirish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bu jihatlar alohida e’tirof etildi.

Download 25.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling