Mavzu: Qisqa muddatli majburiyatlar bo‘yicha hisoblashishlar hisobi va ularni schetlarda aks ettirish Bajardi: mmt-81”I” guruh talabasi Murodova Munisa


Download 21.96 Kb.
bet2/4
Sana24.03.2023
Hajmi21.96 Kb.
#1292378
1   2   3   4
Bog'liq
BXMS

To‘lanadigan dividendlar hisobi. Xo‘jaliksub’ektlarining aksionerlari va ta’sischilariga hisoblangan dividendlar bo‘yicha majburiyatlarining holati va harakati 6610 «To‘lanadigan dividendlar» schyotida hisobga olinadi. Schyotning kreditida dividendlarni hisoblanishi (8710 «Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi ( qoplanmagan zariri)» schyotining debeti bilan korrespondensiyalashgan holda), debetida esa dividendlarni berilishi (pul mablag‘lari schyotlari bilan korrespondensiyalangan holda) aks ettiriladi. Dividendlarga doir majburiyatlarning analitik hisobi har bir aksioner yoki ta’sischi bo‘yicha yuritiladi. Chiqib ketgan ta’sischilarga ularning hissasi bo‘yicha qarz hisobi. Xo‘jaliksub’ektlari tomonidan ta’sischilar safidan chiqib ketgan ta’sischilariga kiritgan ulushini qaytarib berish bo‘yicha majburiyatlarining holati va harakati hisobini yuritishda 6620 «Chiqib ketgan ta’sischilarga ularning hissasi bo‘yicha qarz» schyotidan foydalanadi. Ushbu schyotning kreditida va 8330 «Pay va badallar» schyotining debetida safdan chiqib ketgan ta’sischiga bo‘lgan qarz, debetida esa ushbu qarzni uzilishi (pul mablag‘lari va boshqa aktivlarni hisobga olishga mo‘ljallangan schyotlar bilan korrespondensiyalangan holda) aks ettiriladi. Tahsischilarga qarzlarga doir majburiyatlarning analitik hisobi har bir ta’sischi bo‘yicha yuritiladi. To‘lanadigan qisqa muddatli ijara bo‘yicha majburiyatlarning hisobini yuritish uchun 6910.
«To‘lanadigan qisqa muddatli ijara» schyoti mo‘ljallangan. Ushbu passiv schyotning kreditida qisqa muddatga olingan ijara uchun qarzlarning hisoblanishi, debetida esa ushbu qarzni uzilishi aks ettiriladi. Ijaraga olingan mulkni foydalanish maqsadiga qarab hisoblangan ijara haqiga ishlab chiqarish harajatlari schyotlari (2010,2310,2510) yoki davr xarajatlari schyotlari debetlanadi (9410,9420). Ijara bo‘yicha qarzlar uzilganda pul mablag‘lari schyotlari (5010,5110,5210 va boshqalar) kreditlanadi. Ushbu schyotning analitik hisobi har bir ijaraga beruvchi bo‘yicha yuritiladi.Xo‘jalik sub’ektlarining boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan qisqa muddatlarga olingan qarzlar va kreditlar uchun, shartnoma shartlariga asosan hisoblangan foiz ko‘rinishidagi majburiyatlarining holati va harakati aks ettirish uchun 6920

Download 21.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling