Mavzu: Qisqa muddatli majburiyatlar bo‘yicha hisoblashishlar hisobi va ularni schetlarda aks ettirish Bajardi: mmt-81”I” guruh talabasi Murodova Munisa


Download 21.96 Kb.
bet4/4
Sana24.03.2023
Hajmi21.96 Kb.
#1292378
1   2   3   4
Bog'liq
BXMS

«Da’volar bo‘yicha to‘lovlar» - ushbu passiv schyotning kreditida xaridor va buyurtmachilar tomonidan bildirilgan da’volar bo‘yicha majburiyatlarning vujudga kelishi (xaroajatlar schyotlarining debeti bo‘yicha korrespondensiyalangan holda), debetida esa ularning qondirilishi yoki bekor qilinishi (pul mablag‘lari va xarajatlar schyotlarining krediti bo‘yicha korrespondensiyalangan holda) aks ettiriladi. 6970
«Hisobdor shaxslarga qarz» – ushbu passiv schyotning kreditida hisobdor shaxslar oldida majburiyatlarni vujudga kelishi, debetida esa ushbu majburiyatlarning yopilishi aks ettiriladi. Hisobdor shaxslar oldidagi majburiyatlarni vujudga kelishi xarajatlar schyotlarining (2010,2310,2510, 9420 va boshqalar) debetida, ularni yopilishi esa pul mablag‘lari schyotlarining (5010,5110,5210 ) kreditida aks ettiriladi. Ushbu schyotning analitik hisobi har bir hisobdor shaxs bo‘yicha olib boriladi. 6990
«Boshqa majburiyatlar» – ushbu passiv schyotning kreditida korxonaning turli boshqa kreditor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar oldidagi majburiyatlari, masalan xodimlar ish haqidan ushlangan alimentlar va boshqa to‘lovlar, turli xizmatlar uchun hisoblangan majburiyatlari, debetida esa ushbu majburiyatlarning uzilishi aks ettiriladi. Majburiyatlarning vujudga kelishi xarajatlar schyotlarining (2010,2310,2510,9410,9420), shuningdek ish haqi schyotining (6710 ) va boshqa schyotlarning debetida, uzilishi esa pul mablag‘lari schyotlarining ( 5010,5110 va boshqalar) kreditida hisobga olinadi. Ushbu schyotning analitik hisobi har bir kreditor bo‘yicha yuritiladi.
Ta’sischilarning debitorlik qarzlarining hisobi. O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ta’sischilar ta’sis etgan xo‘jaliksub’ektlariga o‘z ulushlarini bir yilgacha bo‘lgan muddatda kiritishlari lozim. Ushbu davrda mavjud bo‘lgan debitorlik qarzlari 21- son BHMS ga muvofiq 4610 «Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha ta’sischilarning qarzi» schyotining debetida va 8330 «Pay va badallar» schyotining kreditida aks ettiriladi. Ta’sischi tomonidan badalni kiritilishi bilan ushbu schyotda aks ettirilgan debitorlik qarzi kamayadi, to‘liq kiritilgandan so‘ng esa yopiladi. Qarzning yopilishi ta’sischi kiritgan mablag‘larning turiga qarab turli schyotlarning debetida (masalan, 5010,1010-1090,0410-0490,0120-0190 va boshqa schyotlar) va 4610 «Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha ta’sischilarning qarzi» schyotining kreditida aks ettiriladi. Ta’sischilarning debitorlik qarzlarining analitik hisobi har bir ta’sischi bo‘yicha yuritiladi. Korxonalarning boshqa turdagi majburiyatlarining hisobi 21- son BHMS ga muvofiq quyidagi schyotlarda olib boriladi: Olinadigan foizlar hisobi. Xo‘jalik sub’ektlarining boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga qisqa muddatlarga bergan qarzlari va kreditlari evaziga, shartnomalarga asosan hisoblangan foizlarga tegishli olinadigan joriy to‘lovlarining holati va harakati aks ettirish uchun 4830 «Olinadigan foizlar» schyoti qo‘llaniladi. Ushbu schyotning debetida foizlar bo‘yicha debitorlik qarzini vujudga kelishi va daromadga kiritilishi, kreditida esa ushbu to‘lovlar bo‘yicha debitorlik qarzlarini pul mablag‘lari schyotlariga kelib tushishi natijasida kamayishi aks ettiriladi. 1.Shartnomalarga asosan hisoblangan foizlarga tegishli olinadigan joriy to‘lovlar Debet 4830 «Olinadigan foizlar» Kredit 9530 «Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar» 2.Foizlarning kelib tushishiga Debet Pul mablag‘lari hisobi schyotlari (5110-5530) Kredit 4830 «Olinadigan foizlar» Olinadigan dividendlar hisobi. Xo‘jaliksub’ektlarining boshqa yuridik shaxslarning aksiyalariga kiritilgan investitsiyalari bo‘yicha hisoblangan dividendlarga tegishli olinadigan to‘lovlarining holati va harakati hisobi 4840 «Olinadigan dividendlar» schyotida aks ettiriladi. Ushbu schyotning debetida dividend bo‘yicha debitorlik qarzini vujudga kelishi va daromadga kiritilishi , kreditida esa ushbu to‘lovlar bo‘yicha debitorlik qarzlarini pul mablag‘lari schyotlariga kelib tushishi natijasida kamayishi aks ettiriladi. 1.Xabarnoma asosida hisoblangan dividentlarga Debet 4840 «Olinadigan dividentlar» Kredit 9520 «Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar» 2.Foizlarning kelib tushishiga Debet Pul mablag‘lari hisobi schyotlari (5110-5530) Kredit 4840 «Olinadigan dividentlar» Olinadigan royalti hisobi. Xo‘jaliksub’ektlarining boshqa yuridik shaxslarga foydalanishga berib qo‘yilgan nomoddiy aktivlaridan kelib tushadigan va chet elda «royalti» nomini olgan davriy ajratmalariga tegishli olinadigan joriy to‘lovlarining holati va harakati 4850 «Olinadigan royalti» schyotida aks ettiriladi. Ushbu schyotning debetida royaltilar bo‘yicha debitorlik qarzini vujudga kelishi va daromadga kiritilishi, kreditida esa ushbu to‘lovlar bo‘yicha debitorlik qarzlarini pul mablag‘lari schyotlariga kelib tushishi natijasida kamayishi aks ettiriladi. 1.Shartnomalarga asosan hisoblangan «royalti» tegishli olinadigan joriy to‘lovlar Debet 4850 «Olinadigan royalti» Kredit 9510 «Royalti ko‘rinishidagi daromadlar» 2. Olinadigan royaltining kelib tushishiga Debet Pul mablag‘lari hisobi schyotlari (5110-5530) Kredit 4850 «Olinadigan royalti» Da’volar bo‘yicha olinadigan schyotlar hisobi. Xo‘jaliksub’ektlarining boshqa yuridik shaxslarga turli sabablarga ko‘ra bildirgan da’volariga tegishli olinadigan joriy to‘lovlarining holati va harakati 4860 «Da’volar bo‘yicha olinadigan schyotlar» schyotida aks ettiriladi. Da’volar ta’minotchilarga, xizmat ko‘rsatuvchi sub’ektlarga, bankga, davlat idoralariga va boshqa yuridik shaxslarga shartnoma shartlarini haqiqatda bajarishda yo‘l qo‘yilgan chetlanishlar uchun bildiriladi. Ushbu schyotning debetida ushbu bildirilgan da’volar bo‘yicha debitorlik qarzini vujudga kelishi (6010, 1010- 1090,1510,5110 va boshqa schyotlarning krediti), kreditida esa ushbu to‘lovlar bo‘yicha debitorlik qarzlarini kelib tushishi yoki korxona hisobidan qoplanishi (1010- 1090,1510,5010,5110,9430 va boshqa schyotlar) aks ettiriladi. Boshqa debitorlarning qarzlarning hisobi. Xo‘jaliksub’ektlarining boshqa yuqoridagi schyotlarda aks ettirilmay qolgan olinadigan joriy to‘lovlarining holati va harakati 4890 «Boshqa debitorlarning qarzlari» aks ettiriladi. Xo‘jaliksub’ektlarining turli boshqa kreditorlik qarzlarining hisobi. 21-son BHMS ga muvofiq turli boshqa debitorlarni qarzlarining hisobi quyidagi schyotlarda olib boriladi: To‘lanadigan dividendlar hisobi. Xo‘jaliksub’ektlarining aksionerlari va ta’sischilariga hisoblangan dividendlar bo‘yicha majburiyatlarining holati va harakati 6610 «To‘lanadigan dividendlar» schyotida hisobga olinadi. Schyotning kreditida dividendlarni hisoblanishi (8710 «Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi ( qoplanmagan zariri)» schyotining debeti bilan korrespondensiyalashgan holda), debetida esa dividendlarni berilishi (pul mablag‘lari schyotlari bilan korrespondensiyalangan holda) aks ettiriladi. Dividendlarga doir majburiyatlarning analitik hisobi har bir aksioner yoki ta’sischi bo‘yicha yuritiladi. Chiqib ketgan ta’sischilarga ularning hissasi bo‘yicha qarz hisobi. Xo‘jaliksub’ektlari tomonidan ta’sischilar safidan chiqib ketgan ta’sischilariga kiritgan ulushini qaytarib berish bo‘yicha majburiyatlarining holati va harakati hisobini yuritishda 6620 «Chiqib ketgan ta’sischilarga ularning hissasi bo‘yicha qarz» schyotidan foydalanadi. Ushbu schyotning kreditida va 8330 «Pay va badallar» schyotining debetida safdan chiqib ketgan ta’sischiga bo‘lgan qarz, debetida esa ushbu qarzni uzilishi (pul mablag‘lari va boshqa aktivlarni hisobga olishga mo‘ljallangan schyotlar bilan korrespondensiyalangan holda) aks ettiriladi. Tahsischilarga qarzlarga doir majburiyatlarning analitik hisobi har bir ta’sischi bo‘yicha yuritiladi. To‘lanadigan qisqa muddatli ijara bo‘yicha majburiyatlarning hisobini yuritish uchun 6910 «To‘lanadigan qisqa muddatli ijara» schyoti mo‘ljallangan. Ushbu passiv schyotning kreditida qisqa muddatga olingan ijara uchun qarzlarning hisoblanishi, debetida esa ushbu qarzni uzilishi aks ettiriladi. Ijaraga olingan mulkni foydalanish maqsadiga qarab hisoblangan ijara haqiga ishlab chiqarish harajatlari schyotlari (2010,2310,2510) yoki davr xarajatlari schyotlari debetlanadi (9410,9420). Ijara bo‘yicha qarzlar uzilganda pul mablag‘lari schyotlari (5010,5110,5210 va boshqalar) kreditlanadi. Ushbu schyotning analitik hisobi har bir ijaraga beruvchi bo‘yicha yuritiladi. Xo‘jaliksub’ektlarining boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan qisqa muddatlarga olingan qarzlar va kreditlar uchun, shartnoma shartlariga asosan hisoblangan foiz ko‘rinishidagi majburiyatlarining holati va harakati aks ettirish uchun 6920 «To‘lanadigan foizlar» schyoti mo‘ljallangan. Ushbu passiv schyotning kreditida olingan kreditlar berilgan veksellar bo‘yicha foizlarni hisoblanishi, debetida esa ushbu foizlarni kreditorlarga o‘tkazib berilishi aks ettiriladi. Hisoblangan foizlar summasiga Debet 9610 «Foizlar ko‘rinishidagi harajatlar» Kredit 6920 «To‘lanadigan foizlar» Hisoblangan foizlar bo‘yicha majburiyatlar o‘tkazib berilganda Debet 6920 «To‘lanadigan foizlar» Kredit pul mablag‘lari schyotlari kreditlanadi (5010,5110 va boshqalar). Olingan qarzlar va kreditlar uchun, shartnoma shartlariga asosan hisoblangan foiz ko‘rinishidagi majburiyatlarning analitik hisobi har bir kreditor bo‘yicha alohida yuritiladi. Royalti bo‘yicha majburiyatlarning hisobi. Xo‘jaliksub’ektlari tomonidan boshqa yuridik shaxslarning nomoddiy aktivlaridan vaqtinchalik foydalanganlik uchun shartnomalarga asosan hisoblangan to‘lovlarining holati va harakati 6930 «Royalti bo‘yicha qarz» schyotida aks ettiriladi. Ushbu schyotning kreditida royaltilar bo‘yicha kreditlorlik qarzini vujudga kelishi va xarajatga olinishi, debetida esa royalti bo‘yicha majburiyatlarning o‘tkazib berilishi natijasida kamayishi aks ettiriladi. 1.Shartnomalarga asosan hisoblangan «royalti» tegishli olinadigan joriy to‘lovlar Debet 9690 «Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar» Kredit 6930 «Royalti bo‘yicha qarz» 2.Foizlarning kelib tushishiga Debet 6930 «Royalti bo‘yicha qarz» Kredit Pul mablag‘lari hisobi schyotlari (5110-5530) 6940 «Kafolatlar bo‘yicha qarz» - ushbu passiv schyot o‘z tovarlarini, ish xizmatlarini ma’lum muddatlargacha kafolatlangan holda sotuvchi korxonalarda qo‘llaniladi. Uning kreditida kafolatlar bo‘yicha majburiyatlarning vujudga kelishi, debetida esa ushbu majburiyatlarning uzilishi aks ettiriladi. 6950 «Uzoq muddatli majburiyatlar –joriy qismi» – ushbu passiv schyotning kreditida uzoq muddatga olingan bank kreditlari va boshqa qarzlarning kelgusi joriy yilga tegishli qismi bo‘yicha majburiyatlarning summalari, debetida esa bu majburiyatlarning uzilishi aks ettiriladi. Majburiyatlarning joriy qismi ushbu schyotga 7810 «Uzoq muddatli bank kreditlari» va 7820 «Uzoq muddatli qarzlar» schyotlarining debetidan hisobot yilning oxirida o‘tkaziladi. Joriy majburiyatlarning uzilishi pul mablag‘lari schyotlarining (5010,5110 va boshqalar) kreditida aks ettiriladi. 6960 «Da’volar bo‘yicha to‘lovlar» - ushbu passiv schyotning kreditida xaridor va buyurtmachilar tomonidan bildirilgan da’volar bo‘yicha majburiyatlarning vujudga kelishi (xaroajatlar schyotlarining debeti bo‘yicha korrespondensiyalangan holda), debetida esa ularning qondirilishi yoki bekor qilinishi (pul mablag‘lari va xarajatlar schyotlarining krediti bo‘yicha korrespondensiyalangan holda) aks ettiriladi. 6970 «Hisobdor shaxslarga qarz» – ushbu passiv schyotning kreditida hisobdor shaxslar oldida majburiyatlarni vujudga kelishi, debetida esa ushbu majburiyatlarning yopilishi aks ettiriladi. Hisobdor shaxslar oldidagi majburiyatlarni vujudga kelishi xarajatlar schyotlarining (2010,2310,2510, 9420 va boshqalar) debetida, ularni yopilishi esa pul mablag‘lari schyotlarining (5010,5110,5210 ) kreditida aks ettiriladi. Ushbu schyotning analitik hisobi har bir hisobdor shaxs bo‘yicha olib boriladi. 6990 «Boshqa majburiyatlar» – ushbu passiv schyotning kreditida korxonaning turli boshqa kreditor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar oldidagi majburiyatlari, masalan xodimlar ish haqidan ushlangan alimentlar va boshqa to‘lovlar, turli xizmatlar uchun hisoblangan majburiyatlari, debetida esa ushbu majburiyatlarning uzilishi aks ettiriladi. Majburiyatlarning vujudga kelishi xarajatlar schyotlarining (2010,2310,2510,9410,9420), shuningdek ish haqi schyotining (6710 ) va boshqa schyotlarning debetida, uzilishi esa pul mablag‘lari schyotlarining ( 5010,5110 va boshqalar) kreditida hisobga olinadi. Ushbu schyotning analitik hisobi har bir kreditor bo‘yicha yuritiladi. 8. Bank kreditlari va qarzlar bo‘yicha majburiyatlarning hisobi. Xo‘jaliksub’ektlari banklardan va boshqa yuridik shaxslardan o‘zlarining aylanma mablag‘larini to‘ldirish, moliyaviy –xo‘jalik faoliyatini rivojlantirish maqsadida qisqa muddatli, shuningdek kapital qurilish ishlarini olib borish va boshqa maqsadlar uchun uzoq muddatli kreditlar va qarzlar olishlari mumkin. Kreditlar va qarzlar tuzilgan shartnomalarga muvofiq korxonaning kassasiga berilishi, hisob-kitob yoki boshqa maxsus schyotlariga o‘tkazib berilishi, shuningdek bankdagi maxsus ssuda schyoti orqali to‘lovlarni amalga oshirish yo‘li bilan taqdim etilishi mumkin. 21- son BHMS ga muvofiq bank kreditlarining hisobi 6810 «Qisqa muddatli bank kreditlari» va 7810 «Uzoq muddatli bank kreditlari» schyotlarida, olingan qarzlar esa 6820 «Qisqa muddatli qarzlar» va 7820 «Uzoq muddatli qarzlar» schyotlarida olib boriladi. Ushbu passiv schyotlarning kreditida kreditlar va qarzlarning olinishi, shuningdek ular bo‘yicha majburiyatlarning qoldig‘i, debetida esa ularning qaytarilishi aks ettiriladi. Bank kreditlari va olingan qarzlar bo‘yicha hisoblangan foizlar va ular bo‘yicha hisob –kitoblar maxsus 6920 «Hisoblangan foizlar» schyotida olib boriladi. Olingan bank kreditlari va qarzlar, ularning qaytarilishi, hisoblangan foizlar buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi: T/r Operatsiyaning mazmuni Debet schet Kredit schet Yozuvga asos bo‘luvchi hujjat

  1. Kreditlarni olinishi:

 Korxona kassasiga
 Hisob –kitob schyotiga
Akkreditiv schyotlarga
 Maxsus boshqa schyotlarga
 Ta’minotchilarga to‘langanda
 Ta’minotchilarga avans tariqasida o‘tkazilganda 5010 5110 5510 5530 6010 4310 4330 6810, 7810 6820, 7820 Kredit va qarz shartnomalari to‘lov topshiriqnomasi, kirim kassa orderi, bank ko‘chirmalari
2. Kreditlarni qaytarilishi:
-Kassadan
-Hisob-kitob schyotidan
-Akkreditiv schyotlardan
-Maxsus schyotlardan
-Depozit schyotlardan
-Xaridorlarlar va buyurtmachilardan tushgan tushumdan 6810, 7810, 6820, 7820 5010 5110 5510 5530 5890 4010 Kredit va qarz shartnomalari to‘lov topshiriqnomasi, kirim kassa orderi, bank ko‘chirmalari -Xaridorlardan olingan avans to‘lovlaridan 6310
3. Uzoq muddatli kredit joriy majburiyatga o‘tkazilganda 7810, 7820 6950 Kredit vaqarz shartnomalari
4. Kreditlar bo‘yicha foizlar hisoblanganda 9610 6920 Kredit va qarz shartnomalari
5. Foizlar to‘langanda 6920 5110 Bank ko‘chirmalari Bank kreditlari va olingan qarzlarning analitik hisobi ularning turlari va qaytarish muddatlari bo‘yicha olib boriladi
Xo‘jalik sub’ektlari tomonidan xaridor va buyurtmachilarga turli xizmatlarni ko‘rsatish jarayonida oldindan tuzilgan shartnomalar asosida boshqa yuridik shaxslar xizmatidan foydalanishlari hamda xizmat ko‘rsatishda foydalanish yoki moddiy texnika bazasini kengaytirish maqsadida turli ko‘rinishdagi aktivlarning sotib olishlari mumkin. Turli aktivlar va xizmatlar uchunisob-kitoblarni va oxirgi to‘lovlarni keyinchalik amalga oshirganda natijasida ta’minotchilarga to‘lanadigan schyotlar hosil bo‘ladi. 21-son BXMS ga muvofiq tovar-moddiy qiymatliklar, ko‘rsatilgan xizmatlar va shu kabilar uchun ta’minotchilarga to‘lanadigan schyotlar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish 6010 «Ta’minotchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» schyotida amalga oshiriladi. Ushbu passiv schyotning kreditida ta’minotchilar oldidagi majburiyatlarning vujudga kelishi, ularni ko‘payishi va oxirgi qoldig‘i, debetida esa majburiyatlarning uzilishi aks ettiriladi. Haqiqatda kelib tushgan TMZ va boshqa aktivlar, qabul qilingan xizmatlarning qiymatiga. Debet Qiymatliklarni yoki tegishli xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar ya’ni, (0110-0190,0410-0490,0710,0810-0890,010-1090, 2010, 2310, 2510, 2810, 2910 - 2990, 9410,9420,9430 va boshqa schyotlar). Kredit 6010 «Ta’minotchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar». Majburiyatlarning uzilishi Debet 6010 «Ta’minotchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» Kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar (5010,5110,5510-5530, 5210, 5220), ta’minotchilar va pudratchilarga o‘tkazib berilgan bo‘naklarni hisobga oluvchi schyotlar (4310,4320,4330), uzoq va qisqa muddatli bank kreditlari hamda qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6810,6820,7810,7820) va boshqalar. 6010 «Ta’minotchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» schyoti bo‘yicha analitik hisob har bir ta’minotchi va pudratchi bo‘yicha alohida yuritiladi. Xo‘jaliksub’ektlari ta’minotchilarga tovar-moddiy boyliklar (TMB) va boshqa aktivlar uchun, shuningdek ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun oldindan bo‘nak tariqasida o‘tkazib berilgan mablag‘lar evaziga ta’minotchilarga o‘tkazilgan bo‘naklar hosil bo‘ladi. 21-son BHMS ga muvofiq ta’minotchilarga o‘tkazilgan bo‘naklar bo‘yicha hisob kitoblarning holati va harakati 4310 «Ta’minotchilar va pudratchilarga TMB uchun o‘tkazib berilgan avanslar», 4320 «Ta’minochilarga va pudratchilarga uzoq muddatli aktivlar uchun o‘tkazilgan avanslar» va 4330 «Boshqa berilgan avanslar» schyotlarida aks ettiriladi. Ushbu schyotlarning debet tomonidagi yozuvlar ta’minotchilar va pudratchilarga kassadan (schyot № 5010), hisob-kitob schyotidan ( schyot № 5110 ), valyuta schyotidan (schyot 5210,5220), bankdagi ssuda schyotlaridan (schyot № 6810) o‘tkazib berilgan avans summalarini ko‘rsatadi. Bu summalar ta’minotchilar va pudratchilardan TMB, boshqa aktivlar va xizmatlarni olinishiga qarab ular olididagi kreditorlik qarzlarni yopilishiga yo‘naltiriladi va bu buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: Debet 6010 «Ta’minotchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» Kredit 4310 « Ta’minotchilar va pudratchilarga TMB uchun o‘tkazib berilgan bњnaklar», 4320 « Ta’minochilarga va pudratchilarga uzoq muddatli aktivlar uchun o‘tkazilgan bњnaklar» , 4330 « Boshqa berilgan bњnaklar». Import bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘lganda, avans tariqasida mavjud bo‘lgan debitorlik qarzlar bo‘yicha ijobiy va salbiy valyuta kurslari vujudga kelishi mumkin. Bunday farqlar xuddi 4010- schyotga o‘xshab buxgalteriya yozuvlari bilan mos ravishda moliyaviy faoliyat bo‘yicha daromad (schyot № 9540) va zararlar (schyot № 9620) ga olib boriladi. Agar ta’minotchi va pudratchilarga o‘tkazilgan bњnaklar qaytarib olinsa, u holda quyidagi yozuvlar qilinadi: Debet 5010 «Kassa», 5110 «Hisob–kitob schyoti», 5210 «Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari», 5220 «Chet ellardagi valyuta schyotlari», 6810 «Qisqa muddatli bank kreditlari» va boshqalar Kredit 4310 «Ta’minotchilar va pudratchilarga TMB uchun o‘tkazib berilgan bњnaklar», 4320 «Ta’minochilarga va pudratchilarga uzoq muddatli aktivlar uchun o‘tkazilgan bњnaklar» , 4330 «Boshqa berilgan bњnaklar». 3.Xo‘jaliksub’ektlarida xaridorlardan ko‘rsatilgan xizmatlarga doir olinadigan schyotlar va ulardan olingan bo‘naklarning hisobi. Xo‘jaliksub’ektlari tomonidan oldindan tuzilgan shartnomalar asosida xaridor va buyurtmachilarga ko‘rsatilgan xizmatlari yoki mavjud turli ko‘rinishdagi aktivlarning sotilishi natijasida xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar hosil bo‘ladi. Xaridor va buyurtmachilar bilan olinadigan schyotlar bo‘yicha hisob-kitoblarning hisobi 21-son BXMS ga muvofiq 4010 «Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» – bu aktiv schyot xo‘jaliksub’ektlarining xaridorlari va buyurtmachilari bilan ko‘rsatilgan xizmatlari uchun yoki mavjud turli ko‘rinishdagi aktivlarning sotilishi bo‘yicha hisobkitoblarni naqd va naqdsiz pul ko‘chirish yo‘llari bilan olib borishda qo‘llaniladi. Unda olinadigan schyotlarning holati va harakati aks ettiriladi. Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlarni vujudga kelishiga ko‘rsatilgan xizmatlarni haqiqatda amalga oshirilganligini ifodalovchi hamda turli aktivlarni haqiqatda sotilishini tasdiqlovchi boshlang‘ich hujjatlar (schyot-fakturalar, dalolatnomalar) asosida quyidagi buxgalteriya yozuvlari qilinadi: Debet 4010 «Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» Kredit 9030 «Bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar», 9210 «Asosiy vositalarning chiqimlari», 9220 «Boshqa aktivlarning chiqimlari». Chet el valyutalarida xorijiy mamlakatlarga eksport qilingan mahsulotlar, tovarlar, ish va xizmatlar uchun muddatida kelib tushmagan debitorlik qarzlar bo‘yicha ijobiy kurs farqlari vujudga kelishi mumkin. Bunday kurs farqlari milliy valyuta hisobida xorijiy xaridor va buyurtmachilarning korxona oldidagi debitorlik qarzlarini ko‘paytiradi va u quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi: Debet 4010 «Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» Kredit 9540 «Valyuta kurslaridagi farqlardan olingan daromadlar» Olinadigan schyotlar xaridor va buyurtmachilardan oldindan olingan avans summalari evaziga, shuningdek debitorlik qarzlar naqd va naqdsiz yo‘llar bilan keyinchalik kelib tushgandan so‘ng yopiladi, ya’ni: Debet 6310 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan avanslar», 5010 «Kassa», 5110»Hisob-kitob schyoti», 5210 «Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari», 5220 «Chet ellardagi valyuta schyotlari», 6810 «Qisqa muddatli bank kreditlari» va boshqalar. Kredit 4010 «Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» Xo‘jaliksub’ektlari xaridor va buyurtmachilardan xizmat ko‘rsatish uchun yoki mavjud turli ko‘rinishdagi aktivlarning sotilishi bo‘yicha tuzilgan shartnoma shartlaridan kelib chiqqan holda ulardan bo‘nak to‘lovini (oldindan to‘lashni) talab qilishi mumkin. Xaridor va buyurtmachilar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmalar yoki mavjud turli ko‘rinishdagi aktivlarni sotib olish uchun oldindan bo‘nak to‘lovini (oldindan to‘lashni) amalga oshirishlari natijasida xaridor va buyurtmachilardan olinadigan bo‘naklar vujudga keladi. 21-son BXMS ga muvofiq xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha xaridor va buyurtmachilardan olinadigan bo‘naklar bo‘yicha joriy majburiyatlar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish 6310 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar» schyotida amalga oshiriladi: Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan bo‘naklar pul mablag‘ini olgan xo‘jaliksub’ektlari xizmatlarni ko‘rsatish amalga oshirilishiga yoki mavjud turli ko‘rinishdagi aktivlarning sotilishiga qadar majburiyat bo‘lib hisoblanadi. Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan bo‘naklar Debet 5110»Hisob-kitob schyoti», 5210 «Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari», 5220 «Chet ellardagi valyuta schyotlari Kredit 6310 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan avanslar», Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan bo‘naklar ularga xizmatlar to‘liq ko‘rsatilgan keyin ya’ni xizmatlarni haqiqatda amalga oshirilganligini ifodalovchi hamda turli aktivlarni haqiqatda sotilishini tasdiqlovchi boshlang‘ich hujjatlar (schyot-fakturalar, dalolatnomalar) asosida quyidagi buxgalteriya yozuvlari qilinadi: Debet 6310 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan avanslar», Kredit 4010 «Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» Xaridor va buyurtmachilardan olingan bo‘naklarni hisobga oluvchi schyotlar (6300) bo‘yicha analitik hisob har bir olingan bo‘naklar turi bo‘yicha alohida yuritiladi. 4. Xo‘jaliksub’ektlarida soliqlar, majburiy ajratmalar va ushlanmalarning hisobi. Barcha yuridik shaxslar qatori xo‘jaliksub’ektlari ham O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan qonunchilikka asosan soliq to‘lovlarini, byudjetdan tashqari fondlarga esa ajratmalarni amalga oshiradilar. Xo‘jalik sub’ektlari qonun xujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan xududiy soliq inspeksiyalariga belgilangan muddatlarda soliq to‘lovlari va byudjetdan tashqari fondlarga ajratmalar hisob-kitobini topshirishi va hisoblangan mablag‘larni o‘tkazishlari lozim. Xo‘jalik sub’ektlari, tashkiliy-huquqiy maqomiga ko‘ra umumdavlat soliqlarini yoki ixchamlashtirilgan yagona soliq to‘lovini to‘lovchilari bo‘lib hisoblanadilar. Ixchamlashtirilgan yagona soliq rejimida faoliyat ko‘rsatishi uchun ular kichik biznes sub’ektlariga kiritish mezonlari talablariga mos kelishi lozim. Kichik biznes sub’ektlariga kiruvchi xo‘jalik sub’ektlari umumdavlat soliqlarini to‘lovchilari sifatida ham faoliyat ko‘rsatish huquqiga egadirlar. To‘lanadigan soliqlar buxgalteriya hisobida aks ettirilishiga ko‘ra ko‘rsatilgan xizmatlarning sotish qiymatiga qo‘shiladigan soliqlar, boshqa operatsion xarajatlar hisobiga olib boriladigan soliqlar, foyda hisobidan to‘lanadigan soliqlar, jismoniy shaxslar hisobidan to‘lanadigan soliqlar turlariga bo‘linadi. 1.Ko‘rsatilgan xizmatlarning sotish qiymatiga qo‘shiladigan soliqlar - deb O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan me’yoriy-xuquqiy xujjatlarga asosan hisoblanib, bevosita xo‘jaliksub’ektlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlarning sotish baholari ustiga byudjet foydasi uchun qo‘shiladigan soliqlarga aytiladi. Bu soliqlarga QQS, Bojxona to‘lovi misol bo‘la oladi. 2. Boshqa operatsion xarajatlar hisobiga olib boriladigan soliqlar – xo‘jaliksub’ektlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksiga asosan hisoblangan va bevosita boshqa operatsion xarajatlar olib boriladigan soliqlarga aytiladi. Bu soliqlarga mol-mulk solig‘i, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlar misol bo‘la oladi. 3.Foyda hisobidan to‘lanadigan soliqlar: O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan soliq qonunchiligiga asosan hisoblangan va xo‘jaliksub’ektlari foydasi hisobidan to‘lanadigan soliqlarga aytiladi. Ushbu soliqlar xo‘jaliksub’ektlari foydasi hisobidan to‘langanligi sababli ularning sof foydasini kamaytiradi. Ushbu soliq turlariga misol qilib daromad (foyda) solig‘i, yalpi daromad solig‘i, infrotuzilmani rivojlantirish soliqlarini keltirishimiz mumkin. Foyda hisobidan to‘lanadigan soliqlarning yana bir xususiyati shundan iboratki ushbu soliqlarni xo‘jaliksub’ektlari foydaga ega bo‘lsagina to‘laydi. 4.Jismoniy shaxslar hisobidan to‘lanadigan soliqlar. Ushbu soliqlar xo‘jaliksub’ektlari uchun hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. Xo‘jaliksub’ektlari tomonidan xodimlar daromadidan tegishli soliqlarni belgilangan tartibda ushlanadi va byudjetga o‘tkazib beriladi. Bu soliqlarga ishchi va xizmatchilar tamonidan to‘lanadigan daromad solig‘i va divident solig‘i kiradi. Soliqlar hamda byujdetdan tashqari fondlarga ajratmalar xo‘jaliksub’ektlari xo‘jalik faoliyatining muhim ko‘rsatgichlaridan biri hisoblanadi. Soliqlar hamda byujdetdan tashqari fondlarga ajratmalarning to‘g‘ri hisoblanishi va o‘z vaqtida o‘tkazilishi xo‘jaliksub’ektlari moliyaviy faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Soliqlar hamda byujdetdan tashqari fondlarga ajratmalar xo‘jalik sub’ektlari xo‘jalik faoliyatining muhim ko‘rsatgichlaridan biri hisoblanadi. Soliqlar hamda byujdetdan tashqari fondlarga ajratmalarning to‘g‘ri hisoblanishi va o‘z vaqtida o‘tkazilishi xo‘jaliksub’ektlari moliyaviy faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Soliqlar, majburiy ajratmalar va yig‘imlar hisobining vazifalari quydagilardan iborat: 1. Soliqlar hamda byujdetdan tashqari fondlarga ajratma ob’ektini to‘g‘ri aniqlash, 2. Soliqlar hamda byujdetdan tashqari fondlarga ajratmalar bo‘yicha mavjud imtiyozlarni to‘g‘ri qo‘llash, 3. Soliqlar hamda byujdetdan tashqari fondlarga ajratmalar stavkasini to‘g‘ri qo‘llash, 4. Soliqlar hamda byujdetdan tashqari fondlarga ajratmalar bo‘yicha hisob kitoblarni o‘z vaqtida tegishli organlarga taqdim etish, 5. Soliqlar hamda byujdetdan tashqari fondlarga ajratmalar bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish.
21-son BHMSga muvofiq byudjetga soliq to‘lovlari bo‘yicha majburiyatlarning hisob-kitoblari 6410 «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)» schyotida hisobga olinadi. Xo‘jaliksub’ektlari o‘zlarining ishchi schyotlar rejasida har bir soliq turiga alohida schyotlarni, masalan, 6411 «Byudjetga QQS bo‘yicha qarz», 6412 «Byudjetga aksiz bo‘yicha qarz» va shu kabi boshqa schyotlarni, ochishlari mumkin. Ushbu passiv schyotlarning kreditida soliq to‘lovlari bo‘yicha byudjet oldidagi majburiyatlarning vujudga kelishi, ularning ko‘payishi va oxirgi qoldiqlari, debetida esa byudjetga to‘lovlarni kamaytirilishi va o‘tkazib berilishi aks ettiriladi. Soliqlar bo‘yicha majburiyatlar ular bo‘yicha tuzilgan hisob-kitoblarga asosan hisoblanadi va quyidagicha aks ettiriladi: Mahsulot(ish, xizmat)larning sotish qiymatiga qo‘shiladigan soliqlar hisoblanganda: Aksiz solig‘i, QQS va eksport bo‘yicha bojxona boji summasiga Debet 4010,4020,4110,4120,4210,5010 Kredit 6410 (soliq turlari bo‘yicha mos schyotlar) Boshqa operatsion xarajatlar hisobiga olib boriladigan soliqlar hisoblanganda:
Mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, ekologiya solig‘i, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlar summasiga Debet 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» Kredit 6410 (soliq turlari bo‘yicha mos schyotlar) Foyda hisobidan to‘lanadigan soliqlar hisoblanganda: Daromad (foyda) solig‘i, yalpi tushum (yalpi daromad)dan yagona soliq, yagona yer solig‘i, yalpi daromaddan soliq, infrastrukturani rivojlantirish solig‘i summalariga Debet 9810 «Daromad(foyda) solig‘i bo‘yicha xarajatlar», 9820 «Foydadan boshqa soliqlar va yig'imlar bo‘yicha xarajatlar» Kredit 6410 (soliq turlari bo‘yicha mos schyotlar) Jismoniy shaxslar hisobidan to‘lanadigan soliqlar hisoblanganda: Xodimlar daromadlaridan olinadigan daromad solig‘i maxsus tasdiqlangan shkala bo‘yicha hisoblanadi va byudjetga o‘tkazib beriladi. Ish haqidan ushlab qolingan daromad solig‘i hisobda quyidagicha aks ettiriladi: Debet 6710 «Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblar» Kredit 6410 «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)» Soliq to‘lovlari oldin o‘tkazib berilgan bo‘nak summalariga, shuningdek boshqa yuridik shaxslarga aktivlar, ishlar va xizmatlarni olishda to‘langan QQS summasiga kamaytiriladi. Bunday kamaytirishlar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: Debet 6410 «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)» Kredit 4410 «Byudjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha avans to‘lovlari» (turlari bo‘yicha). Avans to‘lovlaridan keyingi qolgan majburiyatlar summalari byudjetga belgilangan muddatlarda o‘tkazib berilishi kerak. O’tkazilgan majburiyatlarga quyidagi yozuvlar qilinadi: Debet 6410 «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)» Kredit 5010,5110,5210,5510,5530,5890 (pul mablaђlari schyotlari) Agar byudjet oldidagi majburiyatlar bank kreditlari va olingan qarzlar evaziga uzilsa, u holda: Debet 6410 «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)» Kredit 6810,6820 (kredit va qarzlar schyotlari).DTUN
Download 21.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling