Mavzu: Qiyin maydalanadigan, to’zguvchi va bo’yovchi moddalar bilan poroshoklar tayyorlash, sifatini baholash. Reja
Download 97.96 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qiyin maydalanadigan moddalar bilan poroshok tayyorlash.
- To’zg’uvchi moddalar bilan poroshok tayyorlash
Afzallik tomonlari:
dori moddasi yaxshi maydalanganligi sababli yuqori farmokologik faollikka ega. tayyorlash texnologiyasi juda sodda. ixchamligi va saqlash davomida turg'unligi. Kamchilik tomonlari: organizmga so'rilishi sekin; atrof-muhitga ta'sirchan; ba'zi moddalar me'da va ichak shilliq qavatini qitiqlovchi; achchiq ta'mli, yoqimsiz hidli, rangli bo'lganligi uchun ichish noqulay. Poroshoklarni tayyorlash quyidagi texnologik jarayonlardan tashkil topgan: 1. Maydalash - Pulveratio 2. Elash - Cubratio 3. Aralashtirish - Mixtio 4. Dozalash - Divisio 5. Qadoqlqsh va jihozlash. Qiyin maydalanadigan moddalar bilan poroshok tayyorlash. Ularga yod, kamfora, mentol, timol, fenilsalitsilat, benzonaftol, salitsilat kislota, tetraborat natriy, streptotsid kiradi. Ularni maydalash uchun uchuvchan erituvchilar ishlatiladi, so'ngra boshqa moddalar qo'shiladi. Erituvchi sifatida spirt, efir, spirt-efir aralashmasi ishlatiladi. Rp.: Camphorae 0,1 Sacchari 0,2 Misce fiat pulvis Da tales doses N6 Signa. Bitta poroshokdan 3 maxal ichilsin. Paspoit: kamforadan 0,1 x 6=0,6 Qand poroshogidan 0,2x6 =1,2 m um =1,8 m 1 ta por. =0,3 Texnologiyasi: hovonchaga 1,2 g qand kukuni solinib maydalanadi va kapsulaga olib qo’yiladi. So'ng hovonchada 0,6 g kamfora bir necha tomchi etil spirti bilan birga maydalanadi. Keyin unga oz-ozdan kapsuladagi qand kukuni qo'shib aralashtiriladi, toki bir xil poroshok xosil bo'lguncha. Tayyor poroshok 6 ta pergament qog'ozga 0,3 g dan qadoqlanadi. So'ng qog'oz xaltachaga joylashtirilib, yorlig'i yopishtiriladi. To’zg’uvchi moddalar bilan poroshok tayyorlash To’zg’uvchi moddalarga magniy oksid , talk,kaolin kiradi. Ularni tayyorlashda to’zg’uvchi moddalar eng oxirida qoshiladi va uzoq aralashtirilmaydi. Chunki poroshoklarni yoqotish miqdori me’yoridan ortiq bolib qolish extimoli mavjuddir. Rp: Magnii oxydi Bismuthi subnitratis ana 0,15 Misce fiat pulvis Da tales doses N 10 Signa. Kuniga bitta poroshokdan 3 maxal ichilsin. Pasport: Magniy oksid 0,15 x 10=1,5 Vismut nitrat 0,15 xl0= 1,5 m um =3,0 m 1 ta por. =0,3 M=3g Texnologiyasi: hovonchaga 1,5 g vismut nitrat asosidan solib, yaxshilab maydalanadi.Keyin uning ustiga 1,5 g magniy oksiidi 2-3 bo’lakka bo’lib solinadi va bir xil poroshok hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Tayyor poroshok 10 ta oddiy qog’ozga 0,3 g dan qadoqlanadi. So’ngra qog’oz xaltachaga solinib va unga tegishli yorliq yopishtirladi. Download 97.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling