Mavzu: Qo’l topi ximoya va hujumning texnik usuli


Qo’l to’pi o’yinida chalg’itish harakatlari


Download 159.32 Kb.
bet3/5
Sana05.02.2023
Hajmi159.32 Kb.
#1168151
1   2   3   4   5
Bog'liq
Документ

3.Qo’l to’pi o’yinida chalg’itish harakatlari.
- Chalg’itish harakatlarini to’psiz va to’p bilan bajarish mumkin. To’psiz chalg’itishlardan to’pni tekis, uni qarshiliksiz qabul qilish uchun himoyachilarning yaqinida turganda ta’qibdan qutulish maqsadida ko’proq foydalaniladi.
To’pni uzatishda otishni, yerga urib yurishni qarshiliksiz bajarish uchun to’p bilan chalg’itishlarda qo’llaniladi.
Ikki va undan ortiq usullardan tashkil topgan to’pli yoki to’psiz chalg’itishlar oddiy va murakkab ikki turlarga bo’linadi. Bir harakatdan ikinchi harakatga o’tishda qancha kam vaqt sarflansa, raqibni aldab o’tishga shuncha ko’p imkoniyat yaratiladi.
To’pni uzatishda usullarni o’zgartirishda to’p yo’nalishini va to’p uzatishda, to’xtab qolish paytlarda chalg’itishlar ko’p qo’llaniladi. Eng ko’p tarqalgan chalg’itish – bu to’pni otmoqchi bo’lgan hujumchiga peshvoz chiqayotgan himoyachilarning yo’lini to’sishlarda qo’llaniladi.
-To’siq hujumchilarning himoyachilardan qutulishi uchun qo’llaniladigan foydali vositadir. Qo’l to’pi o’yinida to’siqlar yakka holda va guruhli holda qo’yilishi mumkin. Guruhli to’siq qo’yish 9 metrli erkin to’p tashlash chizig’idan to’p otishda ko’p qo’llaniladi, bu bir necha o’yinchining bir-biriga yaqin turib to’pni egallamoqchi bo’lgan hujumchiga peshvoz chiqayotgan himoyachilar yo’lini to’sishdan iboratdir.
Himoya o’yini texnikasini o’rgatish. Himoya o’yini texnikasiga to’pni olib yurish, urib qaytarish, to’siqni buzish va darvozabonning to’pni ushlab olishlari kiradi.
Dastlabki holatda to’g’ri turish himoya harakati tayyorgarligiga zamin yaratadi. Yon tomonlarga erkin harakatlanish va orqa bilan yugurib ilish himoyachi harakatining muhim qismidir.
4. O’yinida to’pni olib qo’yish usullari.
- To’pni olib qo’yish usuli yordamida jamoaning qarshi hujumga o’tishi ta’minlanadi.
- To’pni urib chiqarish harakati to’p olib yurgan hujumchi bilan kurashda bajariladi. Himoyachi qulay payt poylab hujumchiga yaqinlashadi, to’pni urib chiqaradi va uni egallashga harakat qiladi.
- To’pni to’sish darvozaga yo’naltirilgan to’pga qarshilik ko’rsatishda qo’llaniladigan asosiy harakat hisoblanadi.
Yuqoridan, o’rta va pastdan kelayotgan to’pni bir va ikki qo’l bilan to’sish mumkin. To’pni to’sishni bajarayotgan himoyachi hujumchiga qanchalik yaqin bo’lsa, to’p yo’nalishini aniqlash shunchalik oson bo’ladi. Himoyachi to’pni ushlashga tayyorlanishda diqqat bilan hujumchini, shuningdek to’pni kuzatish va to’p otayotgan o’yinchini o’z vaqtida to’xtatish uchun uning oldiga chiqishi lozim.
Sakragan holda otilgan to’pni to’sish raqib tomonidan ham sakrab amalga oshiriladi.



Download 159.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling