Mavzu: Qo’l topi ximoya va hujumning texnik usuli


QO’L TO’PI O’YINCHISINING HARAKAT FAOLIYAT


Download 159.32 Kb.
bet4/5
Sana05.02.2023
Hajmi159.32 Kb.
#1168151
1   2   3   4   5
Bog'liq
Документ

5.QO’L TO’PI O’YINCHISINING HARAKAT FAOLIYAT
Qo’l to’pi o’yini jamoa o’yini hisoblanib, o’yin davrida maydonda jamoaning asosiy tarkibi 7 kishidan iborat bo’Iadi. Jamoa a’zolarining maqsadi raqib darvozasiga ko’prok lo'p kiritib ,o’z darvozasidan imkoniyat darajasida kamrok to’p o’tkazib yuborishdir. Jamoa o’yinida muvoffaqiyatga erishish uchun liar bir o’yinchining harakatlari jamoaning umumiy maqsadiga mulanosib bo’lmogi lozim. Jamoadagi har bir o’yinchining maydondagi faoliyatidan kelib chiqib oldiga aniq qo’yilgan vazifalariga qarab: darvozabon va maydondagi o’yinchilar (xujumda: markaziy o’yinchi, yarim o’rta, qanot va chiziqdagi o’yinchi, himoyada esa: markaziy, yarim o’rta, qanot va oldingi himoyachilar)ga ajratiladi.
Qo’l to’pi o’yinchilarining harakat faoliyati deganda nafaqat o’yin
texnikasi va taktik harakatiarni, balki umumiy maqsadlarni ko'zlab qljinadigan dinamik harakatlar tizimining yig’ihdisi tushuniladi. Qo’l to’pi ' o’yinchisining harakat faoliyatidagi muvaffaqiyati qo’l to’pi o’yinchilar malakalarining musthkamligi, xilma-xilligi, jismoniy va intellektual darajasini rivojlanganligiga bog’likdir. Hozirgi zamon qo’l to’pi sport turida о’yinningjadallashganligi ko’rinib turibdi.
BU qo’l to’pi o’yinchilarning o’yin paytidagi tuxtovsiz harakatlari, ya’ni maydonda to’psiz va to’p bilan tez harakat qilish, hamda maydonning har bir-qismida qattiq kurash olib borishlarining natijasidir.
Zamonaviy qo’l to’pi sport turi o’yinchilaming harakat faoliyatlari va funktsional tayyorgarliklari oldiga juda katta talablarni qo’yadi. Musobaqa davrida o’yinchi ju.da katta hajmdagi ishni bajaradi. O’yin davomida u 4000-6500 metr masofani bosib o’tadi. Tezlik bilan xujumga o’tish va xujumdan o’z darvozasiga qaytishda qo’l to’pi o’yinchisi 50 martagacha tezligini oshirib harakat qiladi va irg’ib oldinga tashlanadi( rivok), bu esa o’yin davomida bosib o’tiladigan masofaning 25 % tashkil qiladi. Katta tezlikdagi yiigurishlar to’pni ilish, uzatish va darvozaga otish bilan mutanosib bo’lishi lozim. Qo’l to’pi o’yinchisining harakat faoliyati quyidagilardan iborat: yurish, yugurish, sakrash, tezlik bilan yugurish, to’pni uzatish va qabul kilish, raqib bilan kurashda darvozaga to’pni otish. Yuqorida qayd etilgan o’yin usullari barcha o’yinchilarda turlicha bo’Iadi. Masalan : o’yinchi himoyalanish jarayonida 2-10 metr masofaga juda katta tezlikda yugurib, o’yin davomida 600 metr masofani bosib o’tadi. Ammo V.l.lzaakning ma’lumotiga ko’ra markaziy himoyachi 730 metr, qanot uyinchisi 400 metr masofani bosib o’tadi. Shunda markaziy himoyachi to’p bilan harakat qilayotgan xujumchiga qarshi yugurib chikishda 250 metr, qanot himoyachisi esa -20 metr masofani bosib o’tadi xolos. Ayniqsa to’pni uzatishlarda farq son jixatidan ancha boshqacha. Masalan: markaziy o’yinchi va yarim o’rta o’yinchi to’pni 2-3 marta qanot o’yinchisiga nisbatan, 6-8 marta esa chiziqdagi o’yinchiga nisbatan ko’p uzatadi. Chunki bu ko’rsatkichlar o’yinchilarning maydondagi vazifalariga bog’lik bo’ladi. Xujumdan himoyaga o’tish, himoyadan xujumga o’tish
paytida qanot o’yinchilarning faolligi sezilib turadi. Pozitsion o’yin paytida qanot o’yinchilari juda ko’p tez yugurishlarni amalga oshirishadi. O’yin davomida qisqa masofalarga tez yugurish talabi markaziy himoyachilar zimmasiga tushadi. Ular o’yin davomida 50-120 martagacha qisqa masofaga maksimal tezlik bilan yugurib raqibning xujumdagi rejalarini buzib yuborishga harakat qiladi. Boshqa o’yinchilarga nisbatan sakrashlarni ko’proq yarim o’llada harakat qilayotgan o’yinchi bajaradi. Ammo o’yin davomidagi o’yinchilar
sakrashlarining umilmiy soni uncha ko’p emas. O’rtacha har bir o’yinchi 20 martagacha har xil sakrashlarni amalga oshiradi. Bu keltirilgEtn raqam erkaklar va ayollar jamoalari uchim tegishli bo-lib bir oz farq qilishi mumkin.Darvozabon jamoada eng qiyin va ma’sul vazifani bajaradi. Uning harakati faqat darvozaning xavfsizligini emas, balki xujumning natijasini ham beigilaydi. Darvozabon uchun muhimi — avvalo bo’yi (180 — 190 sm), tezlik reaktsiyasi, mo’ljallay olish, chaqqonlik, -kuch, chidamlilik kabi sifatlaridir. Darvozabonning dastlabki o’yin texnikasiga turish, siljish, chalg’itbhlar, to’pni qo’l, oyoq, gavda bilan qaytarish va to’pni uzatishlar kiradi. Darvozabon texnik usullariniing muvaffaqiyatli bajarilishi ko’p jihatdan uning harakatga qanchalik tayyor ekanligi bilan belgilanadi. Darvozaboning dastlabki holatni to’g’ri tanlay bilishi uning harakatga tayyor ekanligi omillaridandir.
Turish. Darvozabon harakatdagi to’pning vaziyatiga bog’liq ravishda har —xil holatda turishi mumkin. Darvozada turiishning asosan ikki turi mavjud: darvoza o’rtasida va darvoza ustunlari yonida. Darvoza o’rtasida asosiy holatda turib harakat qilish qo’laydir: oyoqlar yelka kengligida, sal bukilgan, gavda og'irligi ikki oyoqqa baravar bo’lingan, gavdaning yuqori qismi ozgina oldinga egilgan, qo’llammg kaftlari oldinga qaratilgan holda sal bukilib, yon tomonga uzatilgan, kaftlar balandligi taxminan yelka balandligiga teng yoki undan ham balandroq bo’lishi mumkin.
Agar xujumchi to’p otishni burchaqdan bajarayotgan bo’lsa, unda darvozabon darvoza ustuni yonida turib (oyoqlar oralig’i 15 — 20 sm), darvozaga yaqin bo’lgan qo’lini yuqoriga ko'tarib tirsak bo’g’ini salgina bukilgan bo’ladi. shunda darvozaning yuqori burchagini yopadi; ikkinchi qo’li yon tomonga uzatilgan, gavda og’irligi darvozaga yaqin turgan oyoqqa o’tkazilgan; Ana shunday holatda darvozabon bevosita to’pni qaytaradi yoki tez—tez oldinga chiqadi.

D
arvozavoning asosiy turish xolati


To’pni ilish' darvozabon o’yin texnikasining eng muhim elementlaridan biridir. Kuchli otilgan to’pni ilish imkoni yuq bo’lsa ham. uni qaytargandai so’ng egallab olish muhimroqdir, chunki qarshi xujumga o’tish bashlanishi kerak. Shuning uchun darvozabon lo'pni ilib olgani ma’qo’l. Lekin eng yaxshi yo’li — to’pni ikki qo’llab ilib olish.


To’pni ushlash darvozabon harakatlaridagi asosiy o’rinni egallaydi. Muhimi, otilgan to’pni (amortizatsiya qilib)tezligini pasaytirib ushlay bilish kerak. Buning uchun to’p kaftga urilganda, qo’l, kaft va barmoqlarini ozgina orqaga yuborish maqsadga muvofiqdir, YAqin masofadan sapchib kelgan to’pni darvozabon ushlab olmog’i lozim.
To’pni qaytarislida, ushlab olishda darvozabon bir yoki ikkala qo'lni ishlatishi, baravariga oyoq va qo’l bilan yoki gavda bilan ham to’pni qaytarishi mumkin.
Yuqoridan kelayotgan to’pni darvozabon bir yoki ikki qo’llab ushlaydi. Agar to’p qaysi tarafdan kelayotgan bo’lsa, unda darvozabon to’p kiritish burchagini kamaytirish uchun shu tarafga yoki oldinga bir qadam tashlaydi yohud sakraydn va to’p ushlashni usha tomondagi qo’l barmoqlari yoki kafti bilan bajaradi. Ba’zan bu usul sakrab yiqilgan holda ham bajariladi, lekin bu maqsadga muvofiq emas, chunki bunday usulni bajarishga Jco’p vaqt sarflanadi, oqibatda, to’pni qaytargandan so’ng darvozabon o’zining mo’ljalini yuqotadi. Bpnday harakatlarni bajarishda muvozanat yuqotishga kam «vaqt sarflab, asosiy holatda
turishni saqlagah ma’qul.
Darvozaning pastki qismiga otilgan to’p oyoq, bilan qaytariladi.
To’p kelayotgan tomon aniqlanib, darvozabon shu tomonga oyoq kaftlarini to’g’rilab, maydonga yaqin keng qadamga hamla qilishga intiladi. Banda son va boldir orasidagi burchak 90°ni tashkil etadi. Shu tarafga oyoq bilan birga eqtiyotdan usha tomondagi qo’l ham cho’ziladi: boshqa qo’l esa muvozanat saqlash uchun yuqoriga ko’tariladi. Hamla qilish oxirida oyoq to’liq tug’rilanadi va darvozabon to’g’ri chiziq bo’ylab oyoqlarini yozib, «shpagat» holatini oladi yoki ikkinchi oyoq
tizzasiga tushadi, so’ng tez asosiy holatda turishga qaytadi.
Eng chekka pozitsiyadan darvozaning uzoq, pastki bufchagaga yunaltirilgan to’pni darvozabon shu tarafdagi qo’l va oyog’ni baravariga
siltab yoki hamla qilib ushlaydi,
To’pni uzatish. Darvozabon tomonidan tez va aniq uzatilgan to’p
jamoaning xujumga o’tishi uchun muhim sharoit yaratishning garovidir. Shuning uchun darvozabonning baland traektoriya bilan yoki uzoq masofalarga to’pni yuqorida qo’lni bukib uzatishni qo’llashi qoida tusiga
15

kirib ijolgan. To’p egallagamdan sung darvozabon, uni uzatish uchun qo’lay tarafni tanlaydi.


Daryozabonnirigf harakati samarali bo’lishi uchun eng to’g’ri pozitsiyasi darvoza o’rtasi hisoblanadi. Darvoza oldida uning markazidan bir metrgacha masofa bo’ylab harakat qiluvchi darvozabon baiand «trayektoriya»da keladigan to’pni egallashga doim tayyor bo’lishi lozim. To’p otilishini boshlashini aniqlagach, darvozabon darvoza maydoniga to’p kiritish imkoniyatini kamaytirish uchun oldinga
chiqadi. Otilayotgan to'p 30 gradusdan kichik burchak ostida bo’lsa, u holda darvozabon darvoza ustunlari yonidan joy oladi.
Darvozabon hech vaqt to’pni nazoratsiz qoldirmasligi va o’z vaqtida xujumchining to’p otish usulini bn harakat boshlanishidan oldinroq aniqlashi juda muhimdir.
Agar uning jamoasi xujum qilayotgan bo’lsa, unda u 9 metrli chiziq yonida joylashadi, tasodifan jamoasi to’pdan ajrab qolib, raqiblar tez yorib o’tish xujumni amalga oshirsalar, o’yinga qo’shilishga tayyor bo’lib turadi. Bunday holda u to’pni egallash uchun maydonga chiqishi murtikin.;Urinishi muvaffaqiyatsiz bo’lsa, unda orqaga chekinadj va darvbzada turib;jitez yorib o’tib to’pni darvozaga otayotgan
xujumchining to’pini qaytarishga hafakat qiladi.




Download 159.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling