Mavzu; Qon parazitlarini aniqlash usullari Mundarija Kirish Reja; I bob. Bir xujayrali hayvonlar qonlarda parazitlarni tarqalishi va tanasiga kirish yo’llari
Download 190.78 Kb.
|
Qon parazitlarini aniqlash usullari
Fizikaviy usullar. Bu usullar suv havzalariga ishlatilganda yengil,
suvga aralashmaydigan suyuq va suv yuzasida yupqa moy pardasini hosil qilib, lichinka va g’umbaklarni nafas olishiga to’sqinlik qilishi natijasida ular nobud bo’ladi. Xususan hammani qo’lidan keladigani turli xildagi neft mahsulotlari – solyarka (dozirofkasi – 50 ml/m², ishlov berish muddati – 30 kunda 1 marta), kerosin (20 – 30 ml/m², 15 kunda 1 marta), benzin (1 ml/m², 10 – 12 kunda 1 marta). Solyarka suv faunasi uchun zaharli, shuning uchun uni xo’jalik ahamiyatiga ega bo’lmagan suv havzalarida ishlatsa bo’ladi. Kerosinni xo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan va gambuziya qo’yilmagan suv havzalarida ham ishlatsa bo’ladi. Yuqori moyli spirtlar asosida tijorat preparatlar (ishlatilish dozirofkasi 0,1- 0,5 ml/m²) va yog’li kislotalar (1-12 ml/m²) ham chiqarilmoqda va ulardan foydalansa bo’ladi.[18] Ishlov berish samaradorligini chivinlarning soniga qarab aniqlash. Aholi punktiga ishlov berishdan oldin, shu joyga o’xshash (xarakterli) 10 ta xonadon (suv havzalari) tanlab olinadi. Tanlab olingan har bir xonada (suv havzasida) ishlov berilishdan oldin va ishlov berilgandan keyin bir sutkadan so’ng imagolarni yoki lichinkalarni soni hisobga olinadi. Undan keyin ishlov berilgan xonalarda 7-10 kunda bir marta chivinlarni soni, suv havzalaridagi lichinkalar soni 5 sutkada 1 marta to chivinlarni aktivlik mavsumi tugaguncha kuzatuv olib boriladi. Nazorat nuqtasi sifatida xuddi shunday miqdordagi xonalar (suv havzalari) ham tanlab olinadi, ularda ham ishlov beriladigan xonalardagi (suv havzalardagi) muddatlarda chivinlar hisobga olinadi. Bezgak uchoqlarini tekshirish va bezgak chivinlariga qarshi kurash tadbirlarini tashkil etish. Bezgak o’choqlarini tekshirish va bezgak chivinlariga qarshi kurash tadbirlarini rejalashtirish davlat sanitariya – epidemiologiya nazorat markazi (DSENM) entomologi bilan parazitologi hamkorligida ishlab chiqadi. Turli o’choqlarda tadbirlarni o’tkazishni entomolog tanlaydi (18- jadval). Buning uchun entomolog bezgak o’chog’idagi vaziyatdan yaxshi xabardor bo’lishi lozim. Bezgakni faol (aktiv) o’choqlarida chivinlarga qarshi kurashni rejalashtirishda entomolog quyidagilarga e’tibor berishi kerak. Bezgak kasalligi paydo bo’lishiga sabab bo’lgan vaziyatni, uni kelajakdagi o’zgarishini, shu yerdagi bezgak tashuvchilarni ekologik va biologik xususiyatlarini, ishchi kuchiga va zarur bo’ladigan ashyolarga bo’ladigan talablarni o’rganib chiqishi zarur. Ishlov berish turini lichinkalarga va chivinlarning imagolariga yoki ikkalasiga ham qarshi kurash usulini tanlashi lozim. Etomolog lichinkalarga qarshi kurashda qaysi usul bilan ishlov berishni, suv havzalariga kimyoviy insektisidlar yoki biologik usul (gambuziyalashtirish va bakteriologik preparatlar) bilan ishlov berishni tanlashi kerak. 2.2. Qonda parazitlarni aniqlash usullari Bezgak kasalligini aniqlashda ham laboratoriya sharoitida bemordan qon olinib, undan qalin tomchi preparati va surtma tayyorlanadi. Preparat va surtmalarni Romonovskiy-Gimza usuli bilan bo’yab mikroskop ostida ko’riladi. Plazmodiyni qidirib topilgach uning turi aniqlanadi. Bezgak qo’zg’atuvchisini sun’iy sharoitda qon, glukoza qo’shilgan muxitda hamda metionin, izoleysin, riboflavin sun’iy muhitlarda ko’paytiriladi. Dala sharoitida bezgak chivini hamda ularni lichinkalariga qarshi kurashish uchun lichinkalar ko’payadigian ko’lmak suvlar, sholi poyalar botqoqliklarga turli dori preparatlari bilan ishlov beriladi. Download 190.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling