Mavzu; Qon parazitlarini aniqlash usullari Mundarija Kirish Reja; I bob. Bir xujayrali hayvonlar qonlarda parazitlarni tarqalishi va tanasiga kirish yo’llari
Download 190.78 Kb.
|
Qon parazitlarini aniqlash usullari
Teri leyshmaniozini - Leishmania tropica Leyshmaniyalarning kattaligi 3-mkm, ovalsimon bo’lib, tanasining o’rta qismida yadro, uning yonida kinetoplast
joylashgan. Xivchini bo’lmaydi. Odamning ichki organlaridan jigar, taloq, limfa bezlari, qon tomirlari va ko’mik endoteliysining hujayralari ichida yashaydi. Hujayra ichida ikkiga bo’linib ko’payadi. Ba’zan bitta xujayraning ichida 200 tacha parazit hosil bo’lishi mumkin. Zararlangan hujayra halok bo’lgandan keyin, leyshmaniyalar qon yoki limfaga o’tib, yangi sog’lom hujayralarni zararlaydi. Teri leshmaniozi “pendin” yarasi, “tropik” yara nomlariga ega.[39] Kasallik qo’zg’atuvchi parazitlarni itlardan odamlarga yuqtirishda qon so’ruvchi iskabtoparlar (Phlebotomus)ning roli kattadir. Iskabtoparlarning oshqozoniga tushgan leyshmaniyalar ancha kattalashadi, duksimon shaklga aylanadi va gavdasining oldingi uchidan uzun xivchini chiqib turadi (leptomonad shaklga aylanadi). Odamda teri leyshmaniozi (shuningdek sharq ko’ydirgisi, avg’on yara, pashshaxo’rda yoki pendinka nomlari bilan ataladi) kasalligining qo’zg’atuvchisi Leishmania tropica hisoblanadi. Ushbu parazitlarni tabiiy manba holida saqlanishida cho’l va chala cho’l zonalarida tarqalgan qumsichqonlar, ba’zan yumronqoziqlar katta rol o’ynaydi. Ushbu kemiruvchi hayvonlarning inida iskabtoparlar ham o’zlariga boshpana topishadi. Ular teri leyshmaniozi bilan kasallangan hayvonlarni chaqib, qonini so’rganda parazitlarni ham o’ziga olib, navbatda boshqa sog’lom kemiruvchilarga yuqtiradi. Xuddi shunday qon so’rish uchun odamning tanasini ochiq joylari (bet, bo’yin, qo’l va oyoqlar, yelka)ga qo’nib, so’lak suyuqligi bilan birga parazitlarni yuqtiradi. Niyazmatov B.I., Marufov A.A. [32] ma’lumoti teri leyshmanioz kasalligini 1984-2003 yillarda O’zbekiston Respublikasida tarqalishi 3.1. jadvalda keltirilgan. Ushbu jadvaldan ma’lumki bo’ldiki terileyshmaniozi kasallagini 1989 yilda eng ko’p (2178), eng past (123) ko’rsatkich 2001 yilda qayd etilgan. Bizning kuzatishlarimizga ko’ra (3.2-jadval) odamlarda uchragan yaralar joylashishi bo’yicha qo’llarda 7 ta, buyinda esa 5 tani tashkil etdi. Yaralarni 10 tasi yakkaka-yakka, 3 tasi bir joyi o’zida 2 tagacha, bir tanaga 3 ta yara esa 1 marotiba uchratdik. Odamda teri leyshmaniozi iskabtopar chivini chaqqan joyda kichikkina shish paydo bo’lishdan boshlanadi va u sekin-asta (1-1,5 oy) ochiq yaraga aylanadi. Yara 6 oydan bir yilgacha, ba’zan 1,5 yilgacha davom etib, keyin to’zaladi, lekin yara o’rni chandiq bo’lib qoladi. Download 190.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling