Mavzu; Qon parazitlarini aniqlash usullari Mundarija Kirish Reja; I bob. Bir xujayrali hayvonlar qonlarda parazitlarni tarqalishi va tanasiga kirish yo’llari


Download 190.78 Kb.
bet4/16
Sana08.01.2022
Hajmi190.78 Kb.
#251095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Qon parazitlarini aniqlash usullari

1.1.-jadval

Kiprikli infuzoriyalar sinfining spiral kipriklilar (Spirotricha) kenja sinfidan


har xil kipriklilar (Heterotricha), qorin kipriklilar (Hypotricha) va kam kipriklilar
(Oligotricha) turkumlari anchagina parazit turlarni o’z ichiga oladi. Bu parazitlar
ignatanlilar ichagida, ba’zilari amfibiyalarda parazitlik qiladi. Sinfning teng
kipriklilar kenja sinfidan (Holotricha) ixtiofitiriuslar, trixodinalar va balantidiylar
guruhlarining parazit turlari e’tiborga sazovordir. Ular baliqlarning ektoparazitlari
sifatida, sut emizuvchilar va odamning ovqat hazm qilish sistemasining
endoparazitlari sifatida amaliy ahamiyatga egadir.

Bemorni kerak bo’lganda oson topish uchun u tibbiy muassasaga kelgan


vaqtida hamma kerakli ma’lumotlarni qayd qilib qo’yish juda muhim. Ma’lumotlar
tegishli shakl(blank)larga yozib boriladi. Bemor haqidagi oddiy standart axborot
quyidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi:
 ish olib borilayotgan mintaqa, viloyat, tuman, mahalla nomi;
 bemor yashaydigan shahar yoki aholi punkti nomi;
 bemor yashaydigan yoki uni oson topish mumkin bo’lgan ko’cha nomi va uy
raqami;
 bemorning familiyasi, ismi, otasining ismi, yoshi va jinsi;
 qon preparatining raqami; tekshiruvlar natijalari.
Javob yozilayotganda qalin tomchi yoki yupka surtma tekshirilganligi
haqida ko’rsatib o’tish zarur. Tekshirilgan ko’rish maydonining soni ham yozilgan
ma’qul. Epidemiologik amaliyotda ommaviy tekshiruv vaqtida odatda 100 ko’rish
maydonlari tekshiriladi, obyektiv x 90 yoki x 100, okulyar x 7. Klinik amaliyotda
aniq va yetarli natijalar olish uchun 200 ko’rish maydonlarini tekshirish maqsadga
muvofiqdir. Hatto parazitlar aniqlangandan keyin ham aralash infeksiya holatlarini
o’tkazib yubormaslik uchun va tropik bezgak gametositlari bor yoki yo’qligiga
amin bo’lish uchun tekshiruv davom ettiriladi.
Agar parazitlar topilmasa, “Bezgak parazitlari aniqlanmadi” deb aniq
yoziladi. “abs” yoki “-“ kabi har qanday kisqartmalar faqat chalkashlikka olib
keladi. Shuni esda tutish lozimki, yupqa surtma tekshiruvining manfiy natijasi
usulning past sezuvchanlikka ega ekanligi tufayli shubhasiz aniq deb hisoblanishi
mumkin emas, bezgakni aniqlash uchun qonning qalin tomchisini tekshirish shart.
Musbat javob yozilganda, ko’zg’atuvchining lotincha nomi ko’rsatiladi.
Urug’dosh nasldan nomi “P” sifatida (Pl. emas) qisqartiriladi. Agar P. falciparum
aniqlansa, gametositlari bor yoki yo’qligi (uch holatda: haqalar; halqalar va
gametositlar; gametositlar) ko’rsatiladi.
Parazitlar soni ham ko’rsatiladi, modomiki, kasallikning og’irlik darajasi
boshqa shunga o’xshash sharoitlarda parazitemiya darajasi bilan to’g’ridan to’g’ri
bog’liq bo’ladi. Davolash vaqtida, ayniqsa, bezgak parazitlarining kimyo
preparatlariga nisbatan chidamligiga shubha bo’lsa, parazitemiya darajasini
kuzatish lozim. Parazitlar sonini qayd qilish laboratoriya ishi sifatini keyinchalik
nazorat qilishda ham yordam beradi. Qo’shimcha vaqtni deyarli talab etmaydigan
dastlabki, lekin ko’p hollarda yetarli darajadagi aniq usul sifatida 1 ko’rish
maydonida parazitlar o’rtacha sonini sanash usuli hisoblanadi.
Sanashni qalin tomchining quyuqroq maydonida o’tkaziladi. Bunda 1
maydonda (ob x 90, ok x 7) 10 – 20 lekositlar bo’ladi va havo rang – binafsha
tusiga ega bo’ladi. Agar parazitlar ko’p bo’lsa, bir yoki bir nechta ko’rish
maydonlarida sanaladi, agar kam bo’lsa, 10 ta 100 maydonda sanaladi.
Parazitlar soni simvollar bilan belgilanadi (2.3.-jadval).
Agar parazitlarning birdan ortiq turi / bosqichi aniqlansa, ularning soni har
bir tur / bosqich uchun alohida ko’rsatiladi. Masalan, P. falciparum , halqalar + + +
+ gametositlar +. Bunday javobda “P. falciparum” deb oddiy ko’rsatilgandan
ko’ra ko’proq axborot beriladi. Birinchidan, odamning anchadan beri bemorligi
(gametositlar bor), ikkinchidan, uning ahvoli jiddiyligi (yuqori darajadagi
parazitemiya) ko’rinadi. Klinik amaliyotda tekshiruvning boshqa aniq usullari ham qo’llaniladi. Eng oddiysi – parazitlar sonini qonning shaklli elementlari bilan taqqoslash. Buning uchun qalin tomchini olish bir vaqtda leykositlar soni 1 mklda aniqlanadi. Keyin qalin tomchining har bir ko’rish maydonida parazitlar soni va leykositlar soni sanaladi, bunda ular 100 leykositga yetguncha sanaladi (past darajadagi parazitemiyada 500 yoki 1000 leykositlargacha sanaladi). Natijani 1 mklga qayta hisoblaydilar. Masalan, bemorning qalin tomchisida 100 leykositga 20 parazit sanalgan, leykositlar soni esa unda 1 mklda 4000.
Endi proporsiya tuzamiz:
Demak 1 mklda 20 x 4000 / 100 = 800 parazitlar bor.
Juda yuqori darajadagi parazitemiyada qalin tomchida parazitlar sonini
sanash qiyinlashadi, chunki ular juda ko’p. Shunda yupqa surtmada parazitlar soni
100 eritrositlarga nisbatan sanaladi. Natija yuqorida ko’rsatilgandek, 1 mklga qayta
hisoblanadi, bunda leykositlar soni o’rniga eritrositlar soni qo’yiladi.

1.2. Bir xujayrali parazit hayvonlarni xo’jayin tanasiga kirish yo’llari



Aslida parazitning xo’jayin tanasiga kirish yo’llarini turli-tumanligi ularning
kelib chiqishi bilan chambarchas bog’liqdir. Parazitlarning xo’jayin organizmidagi
lokalizasiyasiga binoan ekto- va endoparazitlarga ajratish qabul qilingan.
Endoparazitlar esa o’z navbatida ichak parazitlari va ichki parazitlarga ajraladi.
Ichak parazitlari asosan ichakda va u bilan bog’liq bo’lgan jigar, o’t pufagi,
siydik pufagi (amfibiyalarda), kloaka va uning ortiqlari, masalan qushlardagi
fabrisiyev xaltasi kabilar tushuniladi. Ichki parazitlar deganda esa teri qoplag’ichi
bilan ichak devori oralig’ida joylashgan to’qima va organlar, jumladan qon
suyuqligi, muskullar, biriktiruvchi to’qimalar, bo’shliq va boshqalarda yashovchi
parazitlar tushuniladi. Ichki parazitlar aksariyat hollarda to’qima parazitlari ham
deb ataladi.
Parazitlarni xo’jayin tanasiga kirish yo’llarini nazariy tomonidan tahlil
qiladigan bo’lsak, uning asosiy ikki yo’li, ya’ni tana qoplag’ichlari orqali va og’iz
orqali kirishini aytish mumkin. Shunga binoan tanaga kirishning ekzogen va
endogen yo’llarini mavchud

Ichburug’ amyobasi – Entamoeba histolytica odamning yo’g’on ichagida


ikki xil vegetativ shaklda bo’ladi:
a) yirik vegetativ shakli – Ent. histolytica forma magna
b) kichik vegetativ shakli - Ent. histolytica forma minuta.
Ushbu shakllar odam organizmining fiziologik holatiga qarab o’zaro bir
shakldan ikkinchi shaklga o’tib turadi. Ichak bo’shlig’ida, shuningdek sistalari ham
uchraydi. Ular kichik vegetativ shaklidan hosil bo’ladi. Kichik vegetativ shakl
aslida universal vazifani bajaruvchi bosqichdir. U ichakda kommensal usulda
yashaydi. O’lchami 7-25 mkm (o’rtacha 13 mkm) ga teng, yadrosi dumaloq,
psevdopodiylari kalta, sekin harakatli. Sitoplazmasi ekto va endoplazmaga
chegaralangan, lekin ushbu chegarani faqat psevdopodiylarni hosil bo’lishi vaqtida
ko’rish mumkin. Hazm vakuollari ichida bakteriyalarni ko’plab topish mumkin.
Amyobaning kichik vegetativ shakliga ega bo’lgan odamlar sog’lom bo’ladi, lekin
bunday organizm ichburug’ amyobasini tashuvchi bo’lib xizmat qiladi [9].
Kichik vegetativ shakllar ichak bo’shlig’ida vaqti-vaqti bilan po’stga o’ralib

Download 190.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling