Mavzu; Qon parazitlarini aniqlash usullari Mundarija Kirish Reja; I bob. Bir xujayrali hayvonlar qonlarda parazitlarni tarqalishi va tanasiga kirish yo’llari


II bob. Qonda parazitlarni aniqlash usullari va tadqiqot sharoitlari


Download 190.78 Kb.
bet7/16
Sana08.01.2022
Hajmi190.78 Kb.
#251095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
Qon parazitlarini aniqlash usullari

II bob. Qonda parazitlarni aniqlash usullari va tadqiqot sharoitlari

2.1 . Odamlarda parazitlik qiluvchi bir hujayrali hayvonlar tuzilish xususiyatlari va tarqalishi

Shizont o’sib eritrosit ichini to’la egallab bo’lgandan keyin, shizogoniya
yo’li bilan bo’linib, 10 tadan 20 tagacha yangi merozoitlarni hosil qiladi. Bu
merozoitlar zararlangan eritrositni yemirib qon plazmasiga chiqadi. Shunday qilib
merozoitning eritrosit ichiga kirishi, shizontga aylanishi va undan yangi
merozoitlarning hosil bo’lib, qon plazmasiga chiqish davri yoki to’la bir bo’g’in
jinssiz (shizogoniya) ko’payish davri 48 soatga teng bo’ladi. Odamda uch kunlik
bezgak kasalligining huruji ham 48 soatdan keyin takrorlanadi.
Bezgak hurujining tutishi quyidagi sabablarga bog’liq, ya’ni merozoitlarning
eritrositlar ichiga kirib, o’sib shizontga aylanib, gemoglobinni yeb, o’zidan zaharli
birikmalar (toksinlar) ni ajratadi. Bu toksinlar eritrosit yemirilganda merozoitlar
bilan bir vaqtda qon plazmasiga quyiladi va u bilan butun organizmga tarqalib, uni
zaharlaydi. Natijada bezgakning huruji tutib, tana harorati keskin ko’tariladi
(+39,5+40) Huruj ba’zan 6-10 soat davom etadi, va merozoitlar yangi eritrositlar
ichiga kirib olgandan keyin to’xtaydi. Shuni aytish kerakki bezgak kasalligining
inkubasion (yashirin) davri 12-16 kun (ikki hafta) davom etadi. Sporozoitlar
sog’lom odam tanasiga yuqqandan keyin kamida ikki haftadan sung bezgakning
birinchi huruji tutadi va navbatdagi har bir hurujning tutishi parazitnning bir
shizogoniya jarayonining tugallanishi bilan bog’liq bo’ladi. Bu jarayon bir necha
bor (4-5 marta, ba’zan ko’proq) takrorlangandan sung, parazit jinsiy ko’payishga
kirishadi. Buning uchun ba’zi merozoitlar eritrosit ichiga kirib, shizont emas, balki
to’la yetilmagan jinsiy hujayralarni ya’ni gametasitlarni (gamontlarni) hosil qiladi.
Gamontlarning ikki xili farq qilinadi, ya’ni urg’ochilik gamonti va erkaklik
gamonti. Gamontlarning merazoitlardan shakllanish (hosil bo’lish) davri 94-96
soatga teng. Kasal odam qonida gamontlar ancha ko’p shakllana boradi, lekin
gametagacha rivojlana olmaydi, balki yetilishi uchun asosiy xo’jayin
hisoblanuvchi bezgak chivini tanasiga o’tishi lozim.

Bizning sharoitimizda bir necha turga mansub Anopheles avlodining turlari


mavjud, lekin shulardan bezgak parazitlarini odamlar orasida tarqatishda A.
maculipennis asosiy rolni o’ynaydi. Chivin kasal odam qonini so’rganda, qon bilan
birga gamontlarni ham qabul qiladi. Chivin oshqozonida gamontlar rivojlanishini
davom ettirib, makrogamontdan 1 dona makrogameta (urg’ochilik gametasi) hosil
bo’lsa, 1 ta mikrogamontdan 4 tadan 8 tagacha mikrogametalar (erkaklik gametasi)
hosil bo’ladi. Oshqozon bo’shlig’ida makro va mikrogametalar o’zaro qo’shilib,
zigota hosil qiladi. Zigotaning tanasi uzunchoq va harakatchan bo’lganligi sababli
u ookineta deyiladi. Ookineta o’zining harakatlari tufayli oshqozon devori orqali
o’tib, uning ustki qobig’i ostiga joylashib, qobiq hosil qilib, oosistaga aylanadi.
Oosista asta-sekin o’sib, yiriklashib, yadrosi bir necha ming bo’lakka (hatto 10000
tagacha) bo’linib, keyinchalik har bir bo’lakcha sporozoitga aylanadi. Oosista
po’sti yorilib, sporozoitlar chivinning gemolimfasi bilan to’lgan gavda bo’shlig’iga
tushadi.
Sporozoitlar aktiv harakati tufayli gavda bo’shlig’idan so’lak bezlari ichiga,
undan so’lak chiqaruvchi yo’llarga o’tib oladi va ular oraliq xo’jayin (odam)
tanasiga o’tishga tayyor bo’ladi. Sporozoitlarga ega bo’lgan chivin odam qonini
so’rganda, o’zining so’lak suyuqligi yordamida parazitlarni yuqtiradi.
Shunday qilib, bezgak parazitining bir necha marta takrorlanuvchi shizogoniya
yo’li bilan jinssiz ko’payishi sporogoniya bilan tugallanuvchi bir marta jinsiy
ko’payish bilan navbatlashadi va hayot sikli faqat xo’jayin (chivin-odam)
organizmida sodir bo’ladi. Parazitlar umuman tashqi muhitga chiqishmaydi.
Odamda Plasmodium avlodining 4 turi parazitlik qiladi. Yuqorida rivojlanishi
ifodalangan, 3 kunlik bezgak kasalligini keltirib chiqaruvchi Pl. vivax dan tashqari,
yana Pl. malariae 4 kunlik (shizogoniya jarayoni 72 soat) bezgak kasalligini
keltirib chiqaradi; Pl. falciparum (shizogoniya jarayoni 48 soat) bezgak
kasalligining tropik turi va Pl. ovale (shizogoniya jarayonining vaqti o’zgaruvchan,
ya’ni 24 soatdan 48 soatgacha davom etishi mumkin). Ushbu turlarni
Romanovskiy-Gimza usuli bilan bo’yalgan qonning qalin tomchisida odam bezgak
identifikasiya qilish kqrsatkichlari 3.13.-jadvalda keltirilganmiz.
Bezgak ancha og’ir kechadigan kasallikdir. Qayta-qayta tutadigan huruj
bemor darmonini quritadi, jigar va taloq shishadi, kamqonlik (anemiya) kasali
yuzaga keladi. Agarda sog’lom odamning 1 mm3 hajmdagi qonida o’rtacha 5 mln
dona eritrositlar bo’lsa, bezgak kasalligiga duchor bo’lgan bemorning 1 mm3 qon
suyuqligida eritrositlarning soni ikki-uch baravar kamayadi, ayrim hollarda esa 1
mln donagacha tushishi ham mumkin. Davolanmagan bemor esa ko’p hollarda
halok bo’ladi. Ba’zan bemor halok bo’lmasa ham u haddan tashqari zaiflashib,
boshqa har xil kasalliklarga tez chalinadigan bo’ladi.

Viloyatda bezgak kasalligini (P.vivax) tarqatuvchi Anofeles avlodiga


mansub 8 xil chivindan 5 tasi barcha shahar va tumanda keng tarqalgan. 2001-2003 yillarda, mavsum ichi, chegara hududlarida o’tkazilgan sanitariya-gidrotexnik va o’tkazilgan dezinseksion chora-tadbirlari, hamda delagil ximioprofilaktikasi natijasida bezgak bilan kasallanish 2000 yilga nisbatan 2003 yilda deyarli 3 marotabaga kamayishiga erishildi. Viloyatimiz hududida 2000 yil 20 nafar. 2001 yil 17 nafar bezgak kasalligi qayd etilgan bo’lsa, 2002-2003 yillarda esa 8 nafardan bezgak kasalligi qayd etildi. Ushbu bemorlar asosan Qirg’iziston Respublikasidan yuqtirib kelganlardir.
Uyg’unlashgan kurash. Bezgak tashuvchilariga qarshi uyg’unlashgan
kurash faqat 68 ta emas, balki bir nechta usullardan foydalanganda, bezgakni
qay darajadagi holatiga, asosiy va ikkinchi darajali tashuvchilarni biologiyasi
va ekologiyasiga, anofelogen suv havzalarini xususiyatiga va maydoniga,
aholini yashash sharoitiga va boshqalarga bog’liq bo’ladi. Uyg’unlashgan (yoki
kompleks) chora-tadbirlarni qo’llashga, avvalo chivinlarni qo’llanilayotgan
kimyoviy insektisidlarga rezistentligi va bezovtalanishi paydo bo’lganda
alternativ usullarni qidirmoq zarur bo’ladi

Shaxs va jamoani himoya qilish. Odamlarni chivinlarning chaqishidan


saqlash uchun, yo hasharotlarni teriga nish sanchmasligi uchun mexanik to’siq
barpo etish yoki ularni yashash xonalariga kirmasliklari yoki oziqlantiruvchilar
(bu holda odam) chivinlarni o’ziga jalb qilmasligi yoki qon so’ruvchilarni
odamga hujum qilishdan chalg’itish yo’llarini axtarish zarur bo’ladi. Birinchi
maqsadga erishish uchun pashshaxonalardan, setkalardan va himoya
kiyimlaridan foydalanish kerak bo’ladi. Agar bu materiallarga insektisidlar
singdirilagan bo’lsa, ular faqat chivinlarning hujumidan himoya qilishga xizmat
qilmay balki ularni sonini kamayishga ham olib keladi. Ikkinchi maqsadga
erishish uchun repellentlardan foydalanish zarur bo’ladi. Uchinchi maqsadga
erishish uchun qoramolchilik rivojlangan hududlarda asossiz unutib yuborilgan
usul zooprofilaktikani jonlantirish kerak bo’ladi. Uning mohiyati shundan
iboratki uy hayvonlaridan o’ziga xos zooto’siqlar barpo etilib, chivinlarni
odamlarga hujum qilishidan chalg’itish va shuningdek bu bilan bezgak va
boshqa transmissiv kasallardan odamlarni himoya qilish mumkin.[3]

Download 190.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling