I bob. Bir xujayrali hayvonlar qonlarda parazitlarni tarqalishi va tanasiga kirish yo’llari.
1.1. Bir xujayrali hayvonlar qonlarda parazitlarni tarqalishi
Tabiatda parazitizm hodisasi o’ziga xos munosabat sifatida hayvonlar
orasida juda keng tarqalgan. Turli tiplar va guruhlar, shuningdek sinflar orasida
simbiozning ushbu shakli har xil raqamlarni tashkil etadi.
Bir xujayrali hayvonlar kichik olami 34 mingdan ortiq turni o’z ichiga
oladigan bo’lsa, shundan 9 mingga yaqin turi (24,47%) parazitlik bilan hayot
kechiradi (3.1.-jadval). Ushbu raqam bir xujayrali hayvonlar tiplari bo’yicha
qo’yidagicha taqsimlanadi, ya’ni
1. Sarkomastigaforalar tipi – 20000 tur.
2. Sporalilar tipi – 4000 tur.
3. Miksosporidiyalar (knidosporidiyalar) tipi – 1000 tur
4. Mikrosporidiyalar tipi – 1000 tur
5. Infuzoriyalar tipi – 8000 tur.
Bir xujayrali hayvonlarning tiplaridagi mavjud umumiy turlarga nisbatan
parazitlar soniga nazar tashlaydigan bo’lsak, sporalilar (Sporozoa),
miksosporidiyalar (Myxosporidia) va mikrosporidiyalar (Microsporidia) tiplari
faqat parazit turlardan tashkil topgan. Ular orasidagi turlarning birontasi ham
tashqi muhitda erkin hayot kechirish qobiliyatiga ega emas. Ushbu uchchala tip bir
xujayralilari turli-tuman umurtqasiz va umurtqali hayvonlarda, shuningdek odamda
parazitlik qilib yashashga moslashgandir. Ayniqsa, koksidiyalar, qon sporalilari,
mikrosporidiyalar umurtqali hayvonlar (ovlanadigan baliqlar, uy parrandalari,
chorva hayvonlari) va odamlar orasida xavfli kasalliklarni keltirib chiqarishi bilan
e’tiborga sazovordir.Sarkomastigaforalar tipining sarkodalilar (soxta oyoqlilar)
sinfi 11000 turdan iborat bo’lsa, shundan 500 ga yaqin (4,5%) turi parazitlik bilan
yashaydi. Ushbu sinfning amyobalar (Amoebina) turkumida parazit turlar
anchaginadir.[9]
Xivchinlilar sinfining 9 mingga yaqin turlaridan 1500 turi parazitlar
hisoblanadi. Parazitlik bilan hayot kechirish tarzi sinfning zoomastigina kenja
sinfidan kinetoplastidalar (Kinetoplostida), gipermastiginalar (Hypertastigina),
ayniqsa ko’p xivchinlilar (Polymastigina) va opalinalar (Opalina) turkumlarining
turlari orasida keng tarqalgandir. O’simliksimon xivchinlilar kenja sinfidan esa
qalqondor xivchinlilar (Peridinea) turkumining ham 60 dan ortiq turi parazitlardir.
Infuzoriyalar tipining 8000 dan ortiqroq turlaridan 1000 ga yaqin (12,5 %)
turi parazitlik bilan hayot kechiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |