Mavzu: Qo’shilgan qiymat solig’i Reja: Qo‘shilgan qiymat solig‘ining paydo bo’lishi, iqtisodiy mohiyati va joriy qilinishi
Download 32.94 Kb.
|
moxi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish, hisob-kitoblarni taqdim etish va soliq to‘lash tartibi.
- Qo‘shilgan qiymat o‘zining iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra
- 2. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari, soliq solish ob’yekti va soliqqa tortiladigan baza.
Mavzu: Qo’shilgan qiymat solig’i Reja: 1. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining paydo bo’lishi, iqtisodiy mohiyati va joriy qilinishi. 2. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari, soliq solish ob’yekti va soliqqa tortiladigan baza. 3. Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar va soliq stavkalari. 4. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish, hisob-kitoblarni taqdim etish va soliq to‘lash tartibi. 1. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining paydo bo’lishi, iqtisodiy mohiyati va joriy qilinishi. Davlat byudjetining daromadlarini shakllantirishda qo’shilgan qiymat solig’i bilan to’ldirish g’oyasi XX asr boshlarida vujudga kelgan. Qo’shilgan qiymat solig’i ilk bor Germaniyada 1919 yilda VilgelQQQm fon Simens tomonidan nemischa mukammallashgan aylanma soliq nomi bilan («Veredelte Umsatzteuer») joriy etilgan. Bu soliq turi ilk bor qo’shilgan qiymat solig’i nomi bilan frantsuz iqtisodchisi M. Lore tomonidan 1954 yilda taklif qilingan va 1960 yilda Kot–d–Ivuar Respublikasida joriy etilib, ushbu mamlakat soliq tizimiga soliq turi sifatida kiritilgan. Ammo qo‘shilgan qiymat solig‘i Frantsiyada qo‘shilgan qiymat solig‘ haqiqatda 1968 yildan boshlab joriy etildi. Sharqiy Yevropa mamlakatlari (Germaniya, Daniya, Niderlandiya, Frantsiya, Shvetsariya)da 60 – yillarning oxirida, Belgiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Lyuksemburg, Norvegiyada 70 – yillarning boshlarida QQS joriy etilgan va hozirgi kungacha amal qilib kelmoqda. QQS Osiyo, Аfrika va Lotin Аmerikasidagi davlatlarning 35 tasida joriy etilgan bo’lib, hozirgi kunda ham undirib kelinmoqda. Qo‘shilgan qiymat solig‘i har bir ishlab chiqarish bosqichida va realizatsiya jarayonida undiriladigan ko‘p qirrali soliqdir. Korxona kundalik xo‘jalik faoliyatida mahsulot yetkazib beruvchilardan tovar va xom ashyo sotib oladi va ulardan mahsulot yoki ish, xizmatlar ishlab chiqaradi. Demak, qayta ishlab chiqarish, ishlab chiqarish va sotishda qo‘shilgan qiymat yaratiladi. Qo‘shilgan qiymat o‘zining iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, sotilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning qiymati bilan ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan tovarlar, xom ashyolar va xizmatlarning qiymati o‘rtasidagi farqdan iboratdir. Tabiiyki, ishlab chiqarish jarayonida va keyinchalik mehnat taqsimoti natijasida ma’lum bir tovar bozorga olib chiqilgunga qadar ishlab chiqarish va muomala jarayonidagi bir nechta bosqichlardan o‘tadi, bu bosqichlarning har birida qo‘shilgan qiymat yaratiladi. Chunonchi, 1991 yildagina amal qilgan sotishdan undiriladigan soliq o‘zini oqlamadi. Soliq summasining bevosita aholidan tovarlarni xarid qilish chog‘ida undirilishi uning qabul qilinmasligining asosiy sababchisi bo‘ldi. Aholining soliqlar borasidagi savodxonligi past bo‘lgan va o‘sha davrdagi nobar-qaror ijtimoiy vaziyat sharoitida tushuntirish ishlari amalda olib borilmaganligi oqibatida bu soliq inflyatsiya sharoitida aholining daromadlarini kamaytirishga yo‘naltirilgan degan fikr tug‘ildi. Bu tajribadan kelib chiqqan holda 1992 yili O’zbekistonda oborotdan undiriladigan soliqning yangi turi - ishlab chiqarish va muomalaning har bir bosqichida qo‘shilgan qiymat qismida undiriladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i joriy etildi. O’zbekiston Respublikasida qo’shilgan qiymat solig’i 1992 yilda joriy etilgan bo’lib, bu soliqni huquqiy tartibga soluvchi soliq qonunchiligi hujjati bo’lib 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan «Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to’g’risida»gi Qonun va unga muvofiq ishlab chiqilgan 1992 yil 30 martdagi «Qo’shilgan qiymat solig’ini hisoblash va to’lash tartibi to’g’risidagi» yo’riqnoma hisoblangan. O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining daromad manbai sifatida qo‘shilgan qiymat solig‘i hozirga qadar o‘zining muhim o‘rnini va amaliy ahamiyatini saqlab kelayapdi. Ushbu soliq budjet daromadlarining eng yuqori qismini tashkil etadigan soliq turi hisoblanadi. 2. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari, soliq solish ob’yekti va soliqqa tortiladigan baza. Download 32.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling