Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkalarining o‘zgarish dinamikasi1
Soliq stavkalari
(foizda)
|
1992 y.
|
1993 y.
|
1994 y.
|
1995 y.
|
1996 y.
|
1997 y.
|
1998 y.
|
1999 y.
|
2000 -2018 y.
|
2019 y.
|
2020 y.
|
Asosiy stavka
|
30
|
30
|
30
|
30
|
17
|
18
|
18
|
15, 20 va 0
|
20 va 0
|
20. 4,6,8,10,15 va 0
|
15 va 0
|
Umuman olganda nol darajali stavka deganda korxona ishlab chiqarayotgan tovarlarning (bajarilgan ish, xizmatlarning) qiymatiga qo‘shilgan qiymat solig‘i qo‘llanilmaydi, ya’ni «nol» ga teng bo‘ladi, ammo sotib olingan xom-ashyo va tovarlar bu’yicha tu’langan QQS summasi hisobga olinadi.
Solik Kodeksining 260-moddasiga ko’ra nol darajali stavka bo’yicha soliq solish quyidagilar realizatsiya qilinganda amalga oshiriladi:
1)O’zbekiston Respublikasi hududidan eksport bojxona tartib-taomiliga olib chiqilgan tovarlar;
2)ilgari O’zbekiston Respublikasi bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan, O’zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilgan tovarlar va (yoki) O’zbekiston Respublikasi hududidan bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib -taomiliga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash natijasida olingan (hosil bo’lgan) tovarlar (qayta ishlash mahsulotlari, chiqindilar va (yoki) qoldiqlar);
3)O’zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilgan g’amlab qo’yilgan narsalar. Ushbu modda maqsadida havo kemalaridan risoladagidek foydalanilishini ta’minlash uchun zarur bo’lgan yoqilg’i va yonilg’i-moylash materiallari g’amlab qo’yilgan narsalar deb e’tirof etiladi;
4)chet eldan keltirilgan tovarlarni tashish chog’ida bojxona tranziti bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlarni bevosita O’zbekiston Respublikasi hududiga yetib kelish joyidagi bojxona organidan O’zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketish joyidagi bojxona organigacha tashish yoxud transportda tashish bilan bevosita bog’liq bo’lgan xizmatlar;
5)xalqaro tashishlar bilan bevosita bog’liq bo’lgan xizmatlar.
Nolь darajali stavkani ayrim hollarda qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari soliq Kodeksning 264-moddasida belgilangan.
Nolь darajali stavkani qo’llash huquqini tasdiqlovchi hujjatlar soliq hisoboti bilan birga taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |