Mavzu: Qo’shilgan qiymat solig’i Reja: Qo‘shilgan qiymat solig‘ining paydo bo’lishi, iqtisodiy mohiyati va joriy qilinishi


Qo‘shilgan qiymat solig‘ining to‘lovchilari


Download 32.94 Kb.
bet2/9
Sana31.03.2023
Hajmi32.94 Kb.
#1311411
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
moxi

Qo‘shilgan qiymat solig‘ining to‘lovchilari bo‘lib amaldagi qonun hujjatlariga asosan (soliq kodeksining 337-moddasi) O’zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi va (yoki) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi quyidagilar e’tirof etiladi :
1).O’zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;
2).tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi soliq davrida bir milliard so’mdan oshgan yoxud ixtiyoriy ravishda qo’shilgan qiymat solig’ini to’lashga o’tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar;
3).O’zbekiston Respublikasi hududida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi chet el yuridik shaxslari, agar tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish joyi deb O’zbekiston Respublikasi
e’tirof etilsa;
4). faoliyatni O’zbekiston Respublikasida doimiy muassasalar orqali amalga oshiruvchi
chet el yuridik shaxslari;
5). oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to’g’risidagi shartnoma) doirasida amalga oshiriladigan faoliyat bo’yicha –oddiy shirkatning ishlarini yuritish vazifasi zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxs – oddiy shirkatning ishtirokchisi;
6). O’zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o’tuvchi shaxslar. Mazkur shaxslar bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq qo’shilgan qiymat solig’ini to’lovchilar deb e’tirof etiladi.
Quyidagilar soliq to’lovchilar deb hisoblanmaydi:
-davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari – o’z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida;
- aylanmadan olinadigan soliqni to’lovchi shaxslar.
Soliq to’lovchilar DSQ tomonidan belgilangan tartibda soliq organlarida qo’shilgan qiymat solig’ini to’lovchi sifatida maxsus ro’yxatdan o’tkazish hisobida turadi.
Amaldagi Soliq kodeksining 338-moddasiga ko‘ra qo‘shilgan qiymat solig‘ining ob’yekti bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
-.realizatsiya qilish joyi O’zbekiston Respublikasi bo’lgan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo’yicha aylanma;
- O’zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish.
Faoliyatni O’zbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo’yicha aylanmani bunday doimiy muassasaning faoliyatidan kelib chiqqan holda belgilaydi.

Download 32.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling