Mavzu: qo’shma sifat va ularning yozilishi
Download 1.5 Mb.
|
1 2
Bog'liqYil o`qituvchisi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalaniladigan adabiyotlar: «Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti. I. Darsning borishi: a)
- BILIB OLING. Ikki va undan ortiq asosdan tarkib topgan sifatlar qoshma sifatlar hisoblanadi. Qoshma sifatlar, asosan, qoshib yoziladi.
- IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin) Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar... Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy ) Foydalaniladigan adabiyotlar: «Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti. I. Darsning borishi: a) salomlashish; b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish; c) kirish suhbati, o`quvchilarning og`zaki nutqini o`stirish/ II. O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka. b) Frontal (guruh bilan ishlash III. Yangi mavzu Topshiriq. Berilgan so'zlarning tarkibini aniqlang. Imlosiga e'tibor bering. Erksevar. ochko'z, kulrang, mehmondo'st, devqomat, sheryurak. BILIB OLING. Ikki va undan ortiq asosdan tarkib topgan sifatlar qo'shma sifatlar hisoblanadi. Qo'shma sifatlar, asosan, qo'shib yoziladi. 341-mashq. Gaplarni ko'chiring. Qo'shma sifatlarni aniqlab, ularning qanday so'z turkumlaridan yasalganini izohlang. 1. Hulkarning och jigarrang yonoqlarida ajib bir qizillik o'ynaydi. (P. Qodirov) 2. Markaziy Osiyoning erksevar, mard va jasur xalqi dushmanga qarshi mardonavor kurashdi. (B. Ahmedov) 3. Milliy mafkuramizda milliylik umumbashariy g'oyalar bilan uyg'unlashib ketgan. (S. Olimov) 4. Orzu millatga hayotbaxsh ruh bag'ishlaydi. (Rahmon Qo'chqor) 5. Ona yerning xushbo'y tafti mast qiladi kishini. (E. Oxunova) 6. U otasi Muzaffar Farmonovning batamom aksi: dadasi yum-yumaloq, baqaloq bo'lsa, 342-mashq. Qo'shma sifatlarni aniqlang. Ular ishtirokida og'zaki gaplar tuzing. 1. Samig' aka elliklardan oshgan, tarvuzdek yum-yumaloq, hazilkash, shirinso'z odam (E. Usmonov) 2. O'zbek xalqi mehmondo'st xalq. (K. Xolmuhammedov) 3. Ko'z oldimdan ichakuzdi qiliqlar qilayotgan qiziqchilar, toshlarni osmonga irg'itib o'ynayotgan polvonlar ketmasdi. (Y. G'oziyev) 4. Osmono'par koshonalar, yangi libos kiygan cho'l-u sahrolar tasviri qo'shiq parvoziga esh bo'ladi. (Otayor) 1. Qo'shma sifatlar deb nimaga aytiladi? 2. Ot + ot tipidagi qo'shma sifatlarga misollar ayting. 3. Sifat + ot tipidagi qo'shma sifatlarga misollar keltiring. 343-mashq. Uyga vazifa. Qo'shma sifatlarni topib, izohlang. 1. Shirinsuxan, oqko'ngil insonlar mevali daraxtga o'xshaydi: hamma ulardan bahra oladi. 2. Nodon, kaltafahm odamdan yaxshi gap chiqmaydi. 3. Mehnatsevar, zahmatkash insonlar odamlarning ko'rki, ishyoqmaslar esa ularning og'riq joyidir. 4. Toshbag'ir odamdan yaxshilik kutma. 5. Sofdil va jonkuyar insonlar bilan bu dunyo oboddir. 6. Balandparvoz, quruq gapirgan odamning gapi bemaza qovunga o'xshaydi. IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob. V. Uyga vazifa VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish. direktor o’rinbosari: ________ Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling