Mavzu: Qovunni zararkunandalardan himoya qilish choralari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Urug‘i va ko‘chatidan yetishtirish


Download 42.85 Kb.
bet8/10
Sana08.03.2023
Hajmi42.85 Kb.
#1250950
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Qovundi zararkunandalardan himoya qilish choralari 111

Urug‘i va ko‘chatidan yetishtirish. Qovun yetishtirishda yuqori toifa va sinflarga mansub, navdorligi 99% va unuvchanligi 90-95%dan kam bo‘lmagan urug‘ tanlab olinadi. Respublika markaziy qismidagi viloyatlarda qovun urug‘larini maxsus plyonka xaltachalarga ekish mart oyining dastlabki o‘n kunligida boshlanadi. Janubiy viloyatlarda 10-15 kun oldin, shimoliy viloyatlarda esa 10-15 kun kech bajariladi. Shuningdek, qovunni ko‘chati orqali yetishtirish esa, undan erta hosil olishga imkon beradi. Ko‘chatlar maxsus ko‘chatxonalarda tayyorlanadi. Issiqxonalar yo‘q sharoitlarda ko‘chatlarni yetishtirish uchun chuqurligi 0,8 sm, kengligi 1,0-1,2m va uzunligi ixtiyoriy ravishda xandaklar qaziladi. Xandaklarga 15-20 sm qalinlikda chirimagan go‘ng, uning ustiga 20 sm qalinlikda elangan tuproq solinadi va polietilen plyonka tortilib har 10×10 sm orаliqda teshib chiqiladi. Ochiq dalaga ekishga bir xafta qolganda ko‘chatxona darchalari ochilib, o‘simliklar tashqi muhitga chiniqtirib boriladi.
Qovun ekiladigan yerlar. O‘zbekistonning barcha tuproqlari qovun o‘stirish uchun yaroqli hisoblanadi. U quyosh nuri hamisha tushib turadigan, unumdor, yengil qumoq bo‘z tuproqli yerlarda yaxshi o‘sib, sifatli yuqori hosil beradi va fuzarioz so‘lish kasalligiga kam chalinadi. O‘tloqli yerlarda esa, qovun mo‘l hosil bermaydi.
Parvarishlash. Ushbu ekinni yaganalash, tuproqni yumshatish, oziqlantirish, chopiq qilish, sug‘orish, palaklarni to‘g‘rilash, begona o‘tlar va zararkunandalarga qarshi kurashish orqali uni parvarish qilinadi.
Qovun yetishtirishni tezlashtirishning eng samarali usuli ochiq yerlarga ekinni ko‘chatdan ekishdir. Qovunning yosh ildiz qismi o‘ta nozik bo‘lib, zararlanishga juda moyil bo‘ladi. Shuning uchun ko‘chatni joydan joyga ko‘chirib, tuvaksiz usulda yetishtirish mumkin emas.
Qovun navlari: Respublikada qovunning “Mahalliy sariq handalak”, “Ko‘k kallapo‘sh”, “Kichkintoy”, “Obi-novvot”, “Ko‘ktinni-1087”, “Oq urug‘-1137”, “Shakarpalak-2580”, “Suyunchi-2”, “Zar gulobi” kabi navlari yetishtiriladi.
Kasalliklari: O‘zbekistonda eng ko‘p zarar keltiradigan qovun kasalliklari rizoktonioz, fuzarioz so‘lish, un-shudring va boshqalar, zararkunandalardan qovun maysa pashshasi va qovun pashshasi, poliz shirasi, o‘rgimchakkana, kemiruvchi ko‘kqurt tunlami kabilardir. Kasalliklarga qarshi kurashish uchun esa, o‘z vaqtida agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish lozim.

Download 42.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling