Mavzu: Qovunni zararkunandalardan himoya qilish choralari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 42.85 Kb.
bet5/10
Sana08.03.2023
Hajmi42.85 Kb.
#1250950
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Qovundi zararkunandalardan himoya qilish choralari 111

2.3 Qovun pashshasi haqida
Qovun pashshasi Muiorardalis rardalipa Vig. Pashsha lichinkalari qovun etini yeb, tamomila yaroqsiz qilib qo’yadi. Odatda pashsha tekkan qovunlar chiriydi.Tarvuz ham pashsha lichinkalaridan qisman zararlanadi.Voyaga yetgan pashsha xira, sariq yoki och zarg’aldoq tusli, ko’kragi esa tilla rang tuk bilan qoplangan, ko’kragi bo’ylab ikkita ravshan yo’l o’tadi, ular uchta zarg’aldoq chiziq bilan chegaralangan, qalqoni oq.
Tanasining pastki tomoni va oyoqlari ustki tomonidan ravshanroq, qanotlarida uchtadan sariq ko’ndalang yo’li bor. Orqa oyoq sonlari birmuncha yo’g’on. Lichinkasi oq, tanasi oldingi uchidan orqa uchiga qarab sekin-asta yo’g’onlashib boradi, qornining orqa uchi tikka kesilib tushgan, so’nggisegmentining uchida ikkita do’mboqcha bor, anal teshigi uzunasiga ketgan, tanasining uzunligi 1 sm gacha boradi. S o x t a p i l l a s i cho’zinchoq oval shaklda, sariq-qo’ng’ir, uzunligi 7-8 sm.Qovun pashshasi yangi mintaqalarga asosan lichinkalik stadiyasida (shu lichinkadan zararlangan qovun va tarvuz bilan) o’tadi. Qovun pashshasi poliz tuprog’ining yuza qatlamida g’umbaklik stadiyasida qishlaydi. Tuproq harorati 20°S dan past bo’lmaganda g’umbakdan pashsha paydo bo’lib, yuzaga chiqadi.
Erkak va urg’ochi pashshalar qovun va tarvuz shirasi bilan oziqlanadi. Urg’ochi pashsha qovun bilan tarvuzni tuxum qo’ygichi bilan teshadi. Pashsha g’umbakdan chiqqach 6-7 kundan keyin tuxum qo’ya boshlaydi; tuxum qo’yish bir oygacha cho’ziladi. Urg’ochi pashsha tuxumlarini qovun-tarvuz po’stining ostiga (ayniqsa qovunga) qo’yadi: pashsha qovun-tarvuzni tuxum qo’ygichi bilan teshib, unga bitta tuxum qo’yib ketadi. Bir qovun yoki tarvuzga bir necha tuxum qo’yishi mumkin. Urg’ochi pashsha umrida 100-200 ta tuxum qo’yadi.2-7 kundan keyin tuxumdan chiqqan lichinkalar qovun-tarvuz eti bilan oziqlanadi. Lichinkalar yozda 8-13 kunda rivojlanadi, kuzda esa rivojlanish 18 kunga cho’ziladi. Oziqlanib bo’lgan lichinkalar qovun-tarvuzdan chiqib, yaqin oradagi tuproqda g’umbakka aylanadi. Soxta pillalardan bir qismi (taxminan 27 %) kelgusi yil ko’klamgacha diapauzaga kiradi, qolganlaridan esa 13-20 kundan keyin yangi nasl pashshalari chiqadi, ular tez orada tuxum qo’ya boshlaydi.Qovun pashshasi yiliga 2-3 nasl beradi, shu bilan birga ikkinchi nasl g’umbaklari diapauzaga birinchi nasl g’umbaklaridan ko’ra ko’proq kiradi.
Qovun pashshasi tushgan joylardan bu hasharot yo’q joylarga qovun-tarvuz keltirishni ta’qiqlash karantin chorasi hisoblanadi.Qovun pashshasiga qarshi kurash uchun kimyoviy usullar hali ishlab chiqilgani yo’q.Qovun pashshasi soxta pilla stadiyasida bo’lgan davrda tuproqqa, masalan, dixloretan yoki serouglerod solib fumigasiya qilishni perspektiv chora deb hisoblashga asos bor, ammo tuproqni bunday fumigasiya qilish hali amaliyotda sinab ko’rilgani yo’q. Agrotexnika choralaridan-qovun va tarvuz ekiladigan dalalarni kuzda shudgorlab qo’yib, qovunni mumkin qadar ertaroq ekib olish usuli qo’llaniladi.Fovaklovchi pashsha - Liriomyza sativae Blanch. Fovaklovchi pashshaning tuxumi, lichinkasi va pupariysining rivojlanishi uchun eng pastki harorat bo’sag’asi 9- 10 °S dir. 25- 30 °S haroratlarda tuxumi va lichinkasini rivojlanishi uchun 7-9 kun o’tadi. Xuddi shu haroratlarda pupariysi rivojlanishi uchun ham 8-9 kun zarur bo’ladi. 15 °S da tuxum, lichinka va pupariylarning rivojlanishi 25-30 kun davom etadi.
Tuxumi - oqish rangda, ellipssimon, shaffof, bo’yi 0,18-0,21 mm, eni 0,11- 0,12 mm atrofida. Pashshalar o’simlik bargini tuxum qo’ygichi bilan teshib zararlaydi va ekskrement chiqarib ifloslantiradi. Urg’ochi imagolar kamida 20-40 ta eng ko’pi bilan 200-300 tagacha tuxum qo’yadi.Lichinkasi - 3 yoshni o’taydi va bu davr mobaynida uzunligi 2,5-3 mm ga yetadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar dastlab rangsiz, keyinchalik sariq rangga kiradi. Lichinkalar 1 yoshdan 2-yoshga o’tguncha po’st tashlaydi va bu po’stlar rangi qoramtir bo’ladi. Lichinkalar bargning mezofill qavatida oziqlanib, bargda g’ovak hosil qiladi. Bargdagi g’ovaklar ilon izi shaklida bo’ladi. Lichinkalar oziqlanib bo’lgandan so’ng g’ovaklarni teshib barg yuzasiga chiqadi. Ular barg ustida, ba’zi hollarda tuproqqa tushib g’umbakka aylanadi.
G’umbagi qizg’ish- qo’ng’ir rangda bo’lib, o’lchami 1,5x0,75 mm., to’g’ri burchakli ovalsimon formada, oxirgi qismi toraygan. Bu faza 9-11 kun davom etadi. G’umbakdan pashsha asosan ertalab uchib chiqadi.Imagosi-mayda pashsha bo’lib, qoramtir va sariq ranglardan iborat. Uzunligi 1,3-2 mm. Erkagi va urg’ochisini oson farqlash mumkin. Urg’ochilarining qorin segmentida teleskopik tuxum qo’ygichi bor. L. sativae imagosida yaltirok qora rangdagi, L. trifoli da esa kulrang qora rangli qismlari bor. Pashshalar 4-20 kungacha yashashi mumkin. Ularning rivojlanishiga harorat kuchli ta’sir qiladi.Agar iqlim issiq bo’lsa, imagolar 4-5 kun ichida, tuxum qo’ygandan so’ng nobud bo’ladi (Parkman, 1989).Iliq sharoitlarda L. sativae yil davomida juda ko’p avlod berishi mumkin. Bu zararkunanda Cucurbitaceae, Fabaceae, Solanaceae, Brassicaceae oilalapura kiruvchi 20 dan ortiq o’simliklarda rivojlanadi. AQSh da L. sativae pomidor, bodring, qalampir, karam, salat, gulkaram, selderey va dukkakli o’simliklarni zararlaydi. Bu tur uchun pomidor va bodring eng yaxshi xo’jayin o’simlik hisoblanadi.Respublikamiz qishloq xo’jalik o’simliklariga keyingi vaqtlarda g’ovaklovchi pashshalarning vakili Liriomyza sativae Blanch (Diptera, Agromyzidae) turi boshqa turlarga nisbatan jiddiy zarar keltirmoqda. Bunga misol qilib, Toshkent viloyatidagi ko’pgina issiqxona xo’jaliklaridagi (Qibray, Toshkent, Zangiota va boshqa tumanlardagi) holatlarni keltirib o’tish mumkin (Xodjayev, 2012).
G’ovaklovchi pashshalarga qarshi kurashda ularning o’simlikda rivojlanish xususiyatlarini bilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Adabiyotlarda keltirilishicha L. sativae ni qovun o’simligida rivojlanish bosqichining davomiyligini, urg’ochi pashshalarning serpushtligini va lichinkalik davrlarida keltiradigan zararini o’rganishni maqsad qilib qo’ydik.Tajribalar o’tkazish xonasining harorati va namligi o’zgaruvchan bo’lib, eng past harorat 18,5°S ni, eng yuqori xarorat 29°S ni, havoning nisbiy namligi esa 50- 65% ni tashkil qildi.Tuxumlik davri: L. sativae ni yangi qo’yilgan tuxumi ellipssimon, oqish rangda, shaffof bo’lib o’rtacha uzunligi 0,18 mm. Qo’yilgan jami 200 ta tuxumdan 2 sutka o’tgach, 10% idan, 3-chi sutkada 76%, 4-sutkada esa 83,5% idan lichinkalar chiqdi. Tuxumlarning 16,5% idan umuman lichinkalar chiqmadi.Lichinkalik davri: G’ovaklarda, tuxumdan chiqqan lichinkalar bargning mezofill qavati bilan oziqlanishni boshlaydi va butun lichinkalik davrida sarg’ish rangda, silindrsimon formada bo’ladi. Lichinkalari 3 yoshni o’taydi.To’liq lichinkalik fazasining rivojlanish davomiyligi o’rtacha 4,5 ± 0,5 kunni tashkil etdi.Pupariy davri: Yangi hosil bo’lgan pupariy sariq rangda bo’lib, keyinchalik jigar rangga aylanadi. U subsilindrik formada, uzunligi o’rtacha 1,54 mm, eni 0,64 mm bo’ladi. Liriomyza sativae ning rivojlanish davrlari ichida pupariy bosqichi eng uzun davom etadigan fazasi hisoblanadi. Bu bosqich bizning tajribamizda o’rtacha 10,5 kun davom etdi (tajribada 9 kun va 12 kun rivojlangan pupariylar ham bo’ldi).
Ma’lum bo’lishicha Liriomyza sativae. ning to’liq bir avlodi 18 kun davomida rivojlanadi. Quyida Liriomyza sativaening O’zbekiston populyasiyasini morfologik belgilari bo’yicha to’xtalib o’tamiz.Imagosi - kichkina pashshacha bo’lib, urg’ochisi 1,44 mm, erkaklari esa 1,32 mm. kattalikda. Imagolari sarg’ish rangda bo’lib, qora rangli dog’chalari bor.Urg’ochi pashshalarni erkak pashshalardan qorin segmentining kattaligi va qora rangli teleskopik tuxum qo’ygichi mavjudligidan farqlash mumkin.
Laboratoriya sharoitida urg’ochilari o’rtacha 6 kun, erkaklari esa 3 kun yashaydilar. Tajribalarimizda urg’ochi pashshalarning serpushtligi ham aniqlandi.Urg’ochi pashshalar o’rtacha 27 ta tuxum qo’ydi. Ayrim variantlarda bu ko’rsatkich 41 ta, eng past serpushtlikda 14 ta tuxumni tashkil qiladi (Xodjayev, 2013).
Ko’pgina olimlar Liriomyza sativae lichinkalarining rivojlanish davomiyligi u oziqlanayotgan o’simlik turiga va havo haroratiga bog’liqligini ko’rsatib o’tishgan (Oatman, 1958; Ned Stam, 1985; Issa, 1990).Lichinkalar g’ovaklardan asosan soat 900 dan 1300 gacha chiqib, avj davri (pik) 1030 ni tashkil qiladi. Lekin Oatman qovunda Liriomyza pictella lichinkalarini g’ovaklardan chiqishini ertalab soat 800 - 900 da yuz beradi deb ta’kidlaydi.Shuningdek, zararlanish darajasi barglardagi lichinkalar miqdoriga bog’liq holda o’zgarib boradi.Amerikalik olimlarning ta’kidlashicha, barg yuzasidagi kichik zararlanish fotosintez jarayonini kamaytirishi mumkin, lekin o’simlik hosildorligiga deyarli ta’sir qilmaydi. Ammo o’simlikda lichinkalar zichligi juda ham yuqori bo’lsa, ular o’simlik holatiga va hosildorligiga jiddiy ta’sir qiladi.Quyruqli buzoqboshi Grullotalpa unispina Sauss.Zarari. Quyruqli buzoqboshi polizdagi turli o’simliklarning ildizlarini va ba’zan poyalarini kemirib va tuproqda o’ziga yo’l ochib, namni kamaytirib yuborish bilan zarar keltiradi.Ba’zan quyruqli buzoqboshi g’o’za, oq jo’xori, makkajo’xori, sholi va shunga o’xshash dala ekinlariga ham zarar yetkazadi, ammo Markaziy Osiyoda sholipoyalardan boshqa dalalarga kamdan-kam katta zarar yetkazadi.Grullotalpa unispina Sauss. turiga kiradigan quyruqli buzoqboshi Markaziy Osiyo, Qozog’istonda, G’arbiy Sibirning janubi-sharqiy qismida, Quyi Volga bo’yi, Sharqiy Kavkaz orti, Eron va Shimoli-g’arbiy Xitoyda uchraydi. MarkaziyOsiyoda quyruqli buzoqboshilarning boshqa ikki turi: G.gryllotalpa L. va G. africana Beauv ham ozroq topilgan.Voyaga yetgan quyruqli buzoqboshining kattaligi 3,0-5,5 sm bo’lib, rangi jigar rang; oldingi orqasi qalin kalta tuklar bilan qoplanganidan duxobaga o’xshab turadi. Oldingi oyoqlari qazuvchi oyoqlardir. Erkagining qanotustliklari qornining yarmigacha boradi; urg’ochisining qanotustliklari yana ham kaltaroq. Yelpig’ichga o’xshab yig’iladigan pastki qanotlari qanotustliklari ostidan ikkita uzun dumsimon o’simta shaklida chiqib turadi. Yevropa quyruqli buzoqboshisi (G.gryllotalpa L) dan orqa boldirlari ustki chekkasining ichki tomonida atigi 1-2 tikani bo’lishi bilan farq qiladi. Yevropa quyruqli buzoqboshisida esa bunday tikanlar uchtadir, bundan tashqari, Yevropa quyruqli buzoqboshisi yo’g’onroq va beo’xshovdir. Tuxumi oval shaklda, sarg’ish, taxminan 1,5 mm dir. L i c h i n k a l a r i voyaga yetganlaridan asosan kattaligi va qanotlari rivojlanmaganligi bilan farq qiladi; lichinkalarning qanot boshlang’ichlari faqat to’rtinchi yoshdan boshlab paydo bo’ladi.Quyruqli buzoqboshi tuproqda 50-60 sm chuqurlikda so’nggi yoshdagi lichinka stadiyasida qishlaydi. Lichinkalarning rivojlanishi ko’klamda tugaydi, voyaga yetgan quyruqli buzoqboshilar may oyida paydo bo’ladi. Quyruqli buzoqboshilar asosan nam tuproqda yashab, uzun, keng yo’llar ochadi va yo’l- yo’lakay uchragan o’simlik ildizlarini kemirib boradi. Ular asosan o’simliklar bilan oziqlanadi, lekin ba’zida hasharotlarning lichinkalarini va tuproqda yashaydigan mayda jonivorlarni ham yeydi. Urg’ochisi tuxumlarini 18 sm ga yetadigan chuqurlikdagi uyasining keng joyiga 200-500 tadan to’p-to’p qilib qo’yadi.Tuxumlardan taxminan 1,5 haftadan keyin lichinkalar chiqadi. Yosh lichinkalar uyada bir qancha vaqt urg’ochi hasharot himoyasida turadi, keyinchalik tarqalishib ketib, mustaqil yashay boshlaydi. Quyruqli buzoqboshi yiliga bir marta nasl beradi.Poliz qandalalari Yeirudyeta sr. sr.Markaziy Osiyoda poliz qandalalarining uch turi: karam qandalasi (Yeurudema maracandica Osh), rang-barang qandala (Ye. Ornata vag. Ventralis Kol.) va kazachok qandala (Ye. fyestiva var, dyesorata N. S.) zarar yetkazadi.Ular orasida karam qandalasi eng ko’p uchraydi.
Poliz qandalalari butgulli ekinlar, ayniqsa karam barglarini so’rib, quritib va so’litib qo’yadi; Turkmanistonda va O’zbekistonning janubiy mintaqalarida qandalalar ko’proq zarar yetkazadi.Karam qandalasi Markaziy Osiyo, Qozog’iston, Shimoliy Kavkazda, Rossiyaning Yevropa qismining janubi-sharqida va Eronda uchraydi.

Download 42.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling